O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarkand davlat universiteti tarix fakulteti


O‘zbekiston respublikasi mustaqilligi to‘g‘risida



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/107
tarix07.06.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#115929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
O‘zbekiston respublikasi mustaqilligi to‘g‘risida
”gi Deklaratsiya matni sessiyada qizg‘in 
muhokama qilindi va bir ovozdan qabul qilindi. 


Mustaqillik Deklaratsiyasida xalqimizning xohish-irodasiga to‘la mos keladigan oliy maqsad 12 
moddadan iborat bo‘lib, ularda quyidagicha muhim tartib-qoidalar belgilab qo‘yildi: 
O‘zbekiston SSR davlat suvereniteti O‘zbekiston SSR demokratik davlatining o‘z hududida barcha 
tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir; 
O‘zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo‘yilmay 
turib o‘zgartirilishi mumkin emas; 
SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston 
SSR Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlangandan keyingina O‘zbekiston hududida kuchga kiradi; 
O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli 
barcha masalalar kiradi va hokazo. 
Sessiyada qabul qilingan “Musatqiliik Deklaratsiyasi” kirish qismiga quyidagicha yozib qo‘yildi: 
“O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy 
tajribasi va tarkib topgan boy an’anasi, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan 
iborat oliy maqsad haqi, O‘zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda xalqaro 
huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratik tamoyillarga asoslanib, O‘zbekiston Sovet 
Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi”. 
Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi mamlakatimizning tom ma’nodagi haqiqiy mustaqillikka 
erishish yo‘lida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shundan e’tiboran mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va 
ma’naviy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal etila boshlandi. 
O‘zbekistonning mustaqillik sari intilayotgani uning yangi Ittifoq shartnomasini ishlab chiqish 
jarayoniga respublika manfaati nuqtayi-nazaridan kelib chiqqan holda, qat’iylik bilan yondashayotganida 
yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasi-ni yangilash zarurligini e’tirof 
etishga majbur bo‘ldi. 1990-yil iyul oyida Moskvada Markaz vakillari bilan respublikalar delegatsiyalari yangi 
shart-noma matnini tayyorlashga kirishdilar. 1990-yil avgust oyida ishlab chiqil-gan Ittifoqni yangilash 
dasturida respublikalar o‘z hududlaridagi butun mil-liy boyliklariga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish 
huquqiga ega ekan-ligi ta’kidlangan edi. 
Ammo shartnomaga bunday yondashuv markazdagilarga yoqmadi va SSSR Oliy Soveti 
respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib 
respublikalarga tarqatdi. Respub-likalar, shu jumladan, O‘zbekiston ham Markaz loyihasini qabul qilmadi. 
1991-yil fevral-mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida ishlashning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. 
Unda Boltiqbo‘yi respublikalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari qatnashmadi, Ozarbayjon vakillari 
kuzatuv-chi bo‘lib qatnashdi. Bu bosqichda Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo‘yishga harakat 
qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolat-lari belgilab qo‘yilgan yangi shartnoma loyihasi matbuotda 
e’lon qilindi. Respublikalarda mazkur loyiha muhokama qilindi. Respublikalar, jumladan O‘zbekiston, 
markaziy idoralar hali o‘zining eskicha hukmron mavqeyini saqlash ruhi singdirilgan bu hujjatdan 
qanoatlanmaganliklarini bildirdilar. 
SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o‘zgartirish, SSSRni teng hu-quqli suveren respublikalar 
Federatsiyasi sifatida yangilash xususida xalqni-ng fikrini bilish maqsadida 1991-yil 17-mart kuni 
Butunittifoq referendu-mini o‘tkazishga qaror qildi. 1991-yil 20-fevralda O‘zbekiston Oliy Kenga-shining 
rayosati ham referendum o‘tkazishni ma’qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten 
bilan birga yana bitta qo‘shimcha byuletenni ovozga qo‘yishga qaror qildi. Qo‘shimcha byulletenga 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə