O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarkand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/107
tarix07.06.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#115929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 
tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?”
degan savolga 
“Ha”
, ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini ma’qullaymiz, deb ovoz berdi. 
Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi ro‘yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy qaramlikdan, 
asoratdan qutuldi. Davlat mustaqilligining qo‘lga kiritili- shi o‘zbek xalqining hayotida muhim tarixiy voqea 
bo‘ldi. Mustaqillik xalqimizga o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zlari uchun munosib turmush yaratish erkinligini 
berdi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi ham qonuniy-tarixiy jarayon bo‘lib, 
xalqimizning uzoq yillar davomidagi milliy istiqlol uchun olib borgan qahramonona kurashining natijasidir. 
1991-yil 31-avgustdan e’tiboran Vatanimiz tarixida yangi davr – milliy istiqlol davri boshlandi. Dunyo 
xaritasida yana bitta mustaqil, to‘la huquqli, suveren davlat – O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. 
O‘zbekiston xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotliligi va qat’iyatligi, uzoqni ko‘ra bilishi natijasida 
uning davlat mustaqilligi tinch, demokratik, parlament yo‘li bilan, ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va 
vayronagarchiliklarsiz amalga oshirildi. Mustaqil O‘zbekiston dunyoga, jahonga yuz tutdi, qariyb yuz yildan 
ortiq vaqt davomida yopib qo‘yilgan chegaralari ochildi. Ja-hon hamjamiyati O‘zbekistonni quchoq ochib 
qabul oldi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston Respublikasini suveren davlat sifatida 
Turkiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Eron, 
Pokiston, Hindiston, Xitoy singari yirik davlatlar tan oldilar. 
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mustaqil demokratik, huquqiy davlatning tashkil topishi va 
rivojlanishining asosiy sharti Konstitutsiyaning mavjudligidir. Mustaqillik qo‘lga kiritilgach, bir qator omillar 
Respublika Konstitutsiyasini yaratishni zarur qilib qo‘ydi. Mamlakatimizda milliy huquqiy davlat qurish, 
demokratik jamiyat barpo etish, bozor munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb vazifalar mustaqil 
O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqozo etardi. Vujudga kelayotgan yangi siyosiy partiyalar
jamoat harakatlari, jamoat tashkilotlarining yuridik manfaatlari, jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, 
milliy totuvlikni ta’minlash masalalari yangi Konstitutsiya qabul qilishga ehtiyoj tug‘dirdi. Shuningdek, 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro huquq sub’yektiga aylanishi, mustaqil davlat sifatida jahonga tanilishi 
ham Konstitutsiya qabul qilishishini talab qilardi. 
“Mustaqillik Deklaratsiyasi” qabul qilingan O‘zbekiston Oliy Kengashining 1990-yil 20-iyunda bo‘lgan 
ikkinchi sessiyasidayoq yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelingan edi. Sessiya 
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat konstitutsiya loyihasini tayyorlash 


bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Komissiya tarkibiga Oliy Kengash deputatlari, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar vakillari, davlat, jamoat tashki-lotlari va xo‘jaliklarning rahbarlari, 
olimlar, mutaxassislar kiritildi. Konstitutsiyaviy komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini 
ishlab chiqish ustida qariyb 2,5 yil ishladi. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston davlat mustaqilligining e’lon 
qilinishi va “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi
bu qonunga konstitutsiyaviy maqom berilishi konstitut-siyaviy komissiya mas’uliyatini yanada kuchaytirdi. 
Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o‘rganildi, inson 
huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo‘lga kiritilgan yutuqlar hisobga olindi. Milliy 
davlatchiligimizning tajribasi, Amir Temur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi 
g‘oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi. 
1992-yil 26-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq 
muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama ikki oycha davom etdi. Muhokama jarayonida 
bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992-yil 26-noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon 
qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga olindi. 
Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy dahosi va tafakkurining mahsuli bo‘ldi. Prezident I.A.Karimov 
O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishga rahbarlik qildi va o‘zining katta hissasini qo‘shdi. 
Oliy Kengashninmg 1992-yil dekabrda bo‘lgan XI-sessiyasi O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi. Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin 
o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992-yil 8-dekabr kuni O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiya qabul qilingan kun 8-dekabr umumxalq bayrami 
– O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e’lon qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. U “Mustaqillik 
Deklaratsiyasi” hamda “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunda 
mustahkamlangan tamoyillar va go‘yalarni o‘zida to‘la mujassamlashtirdi, ularni rivojlantirdi. 
O‘zbekiston Respublikasining asosiy qonuni, pasporti hisoblanuvchi Konstitutsiya sobiq Ittifoq 
davridagi barcha Konstitutsiyalardan tubdan farq qiladi. Birinchidan, yangi qabul qilingan Konstitutsiya 
mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bo‘lib, barcha moddalari haqiqiy mustaqillik go‘yalari 
bilan sug‘orilgan. Ilgarigi Konstitutsiyalar esa O‘zbekistonning mustaqilligini ta’minlay olmaydigan, 
respublikaning “suveren”ligi haqida quruq so‘zlar yo‘zilgan, haqiqiy qoidalari qog‘ozda qolib ketadigan
rasmiy bir hujjat edi. Ikkinchidan, yangi Konstitutsiya xalqimizning xohish-irodasi va dono fikr-mulohazalari 
asosida va jahonda to‘plangan eng ilg‘or Konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini va milliy davlatchiligimiz 
xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil ishlab chiqildi. Ilgarigi Konstitutsiyalar esa Markaziy hokimiyat 
tomonidan tayyorlangan Ittifoq Konstitutsiyasi nusxalaridan ko‘chirib olinar edi. Shu boisdan ham yangi 
asosiy qonunimiz mustaqil O‘zbekiston-ning birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi. 
Shuningdek, Konstitutsiyada O‘zbekiston Respublikasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy 
maqomi, O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlarining huquqiy asoslari belgilab berilgan. 
Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida katta 
ahamiyatga ega bo‘ldi. U mamlakatimizda qonunchilikning rivojlanishi uchun, huquqiy islohotlar uchun asos 
bo‘lib xizmat qildi. Yuzlab qonunlar, kodekslar, milliy dasturlar ishlab chiqildi, umumxalq muhokamasidan 
o‘tdi, qabul qilindi va hayotimizning barcha jabhalarida amal qilmoqda. O‘zbekiston Konstitutsi-yasi 
davlatimiz suverenitetini ro‘yobga chiqardi. O‘zbekistonni dunyodagi barcha nufuzli davlatlar tan oldi, ular 
bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, madaniy aloqalar o‘rnatildi. 
2003-yil 24–25-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
XI-sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish 
to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokama qilindi va mazkur qonun qabul qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi jamiyatni yanada erkinlashtirish va demokratiyalash, 
ikki palatali parlament tuzish zaruriyatidan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi. 
O‘zbekiston Prezidenti vakolatlari hamda vazifalariga doir 89- , 90- , 93- , 95- , 96- , 97-moddalarga ham 
o‘zgartirishlar kiritildi. 89-moddaning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar 
Mahkamasining Raisi hisoblanadi” deyilgan ikkinchi qismi olib tashlandi. 
Muxtasar aytganda, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari o‘rtasidagi vakolatlar yanada 
demokratik ravishda qayta taqsimlandi. Kirtilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi 


Bosh Vazirining, hukumatning mas’uliyatining kuchayishiga, jamiyat siyosiy hayotining faollashuviga, saylov 
tizimining yanada takomillashuviga xizmat qiladi. 
Dunyoda suveren deb e’tirof etilgan har bir mamlakat o‘zining davlat ramzlari – gerbi, bayrog‘i, 
madhiyasiga ega. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o‘zining davlat 
ramzlarini yaratishga alohida e’tibor bilan qaradi. Oliy Kengash Davlat bayro‘g‘i, Davlat gerbi va Davlat 
madhiyasi haqida qonun loyihalarini tayyorlash, Oliy Kengash sessiyalari muhokamasiga taqdim etish 
to‘g‘risida qaror qabul qildi. Oliy Kengash Qo‘mitalari Konstitutsiya komissiyasi bilan hamkorlikda o‘zbek 
xalqining tarixi, ma’naviy qadriyatlari, mustaqil davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyatiga mos davlat 
ramzlari variantlari tayyorlandi. 
“O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining VIII-sessiyasida qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 
ramzi mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo‘lgan eng 
yaxshi an’-analarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va 
madaniy o‘zligini ham aks ettiradi. 
O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i Nyu-York shahrida joylashgan Birlashgan Millatlar 
Taskhiloti qarorgohida dunyodagi suveren davlatlar bayroqlari qatorida turibdi. O‘zbekiston bayrog‘i xorijiy 
mamlakatlarda Prezidentimiz boshliq davlat delegatsiyasini qabul qilish marosimlarida, chet el davlat 
delegatsiyalarini O‘zbekistonda qabul qilish marosimlarida ko‘tariladi. O‘zbekiston bayrog‘i O‘zbekiston 
Prezidenti qarorgohi Oqsaroy binosi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi binosi tepasiga ilib qo‘yilgan. 
O‘zbekiston sportchilari jahon sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, shohsupaga ko‘tarilgan 
paytlarda ham O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tariladi. Shu boisdan ham mamlakatimizda va jahon uzra 
O‘zbekiston bayrog‘ining ko‘tarilishi, bir tomondan davlatimiz shon-shuhratini ko‘tarsa, ikkinchi tomondan, 
barchamizga quvonch, faxrlanish, g‘urur bag‘ishlaydi. 
“O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilindi. Gerb suveren davlatimiz ramzi sifatida ijtimoiy-
siyosiy hayotda keng qo‘llaniladi. O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan bitim va 
shartnomalarida, davlatlararo aloqa va diplomatik hujjatlarda O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi 
tasviri tushirilgan bo‘ladi. Shuningdek, gerb tasviri davlat ahamiyatiga molik ichki hujjatlarda, davlat 
korxonalari va muassasalarining muhrlarida, o‘zaro aloqa hujjatlarida ham bo‘ladi. Milliy valyutamiz – 
so‘mda ham davlat gerbi to‘la ifodasini topgan. 
“O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonun 1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining XI-sessiyasida qabul qilindi. Shoir A. Oripov va bastakor M. Burhonov 
tomonidan tayyorlangan variant tasdiqlandi. Davlat madhiyasi davlat mustaqilligining timsoli bo‘lib, u 
O‘zbekiston fuqarosida vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otadi. O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi 
jamoatchilik oldida ijro etilganida ishtirokchilar uni tik turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib kuylaydilar va tinglaydilar. 
1993-yil 7-mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan birinchi orden – birinchi va 
ikkinchi darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi. 1994-yil 5-mayda “O‘zbekiston Qahramoni” 
unvoni va “Oltin Yulduz” medali, “Mustaqillik” va “Do‘stlik” ordenlari, “Jasorat” va “Shuhrat” medallari ta’sis 
etildi. 1995-yil 30-avgustda “Mehnat shuhrati”, birinchi va ikkinchi darajali “Shon-shuhrat”, 1996-yil 26-
aprelda “Amir Temur”, “Buyuk xizmatlari uchun”, 1998-yil 17-avgustda “El-yurt hurmati”, 2000-yil 30-
avgustda “Jaloliddin Manguberdi” ordenlari ta’sis etildi. 
1996-yil 26-apreldagi Oliy Kengash sessiyasida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy yo‘nalishlarda
O‘zbekiston Respubikasining faxriy unvonlari ta’sis etildi. 
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyunda qabul qilingan “

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə