O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarkand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/107
tarix07.06.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#115929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Dars o’tish vositalari:
(Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, 
tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy 
xaritasi, izohli lug`atlar) 
Dars o’tish usullari:
Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o`zlashtirishni mustahkamlash), 
jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, 
buning uchun har bir talabaga o`tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O`qituvchi va 
talabalar o`rtasida byerilgan savollarni tahlil etish. Talabalarga O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 
e’lon qilinishi . O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va davlat ramzlarining qabul qilinishi 
mavzusining ob’yekti, pryedmyeti va vazifalari borasida tushuncha byerish. Tarqatma tyestlar asosida 
talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga 
o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil byerish. 
Darsning xronologik xaritasi (80 minut)
5 minut – hafta yangiliklari; 
5 minut – yo’qlama; 
5 minut – dars yuzasidan zarur adabiyotlar bilan tanishtirish; 
10 minut – o’tilgan dars yuzasidan savol javob; 
50 minut – ma’ruza; 
5 minut –o’tilgan ma’ruza yuzasidan savollarga javob byerish 
 
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi to‘g‘risida gapirganda, eng avvalo, XII-chaqiriq 
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining II-sessiyasida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi 
to‘g‘risida”gi Deklaratsiyaning o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Bu muhim hujjat 
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishida qo‘yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri edi. Bu 
umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan Deklaratsiyani qabul qilishda Respublika Oliy Kengashi deputatlari 
faollik ko‘rsatdilar. O‘zbekistondagi tarixiy shart-sharoit va vaziyatni hisobga olgan 200 dan ortiq deputat 
1990-yil 18-iyun kuni boshlanishi belgilangan XII-chaqiriq O‘zbekiston Oliy Kengashining II-sessiyasida 
“Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni” qabul qilishni kun tartibiga kiritishni va uni kechiktirmasdan shu sessiyada 
qabul qilishni qat’iy talab qilib chiqdilar. 
O‘zbekiston Oliy Kengashi Rayosati a’zolari, komissiylar raislari va muovinlari “Mustaqillik 
Deklaratsiyasi” xususida fikrlashib, deputatlar fikrini olish va so‘ng uni sessiyaga olib chiqish lozim, deb 
topdilar. Oliy Kengash 19-iyun kuni 40 dan ortiq deputat, doimiy komissiyalarning raislari, huquqshunoslar 
tayyorlagan Deklaratsiya matnini batafsil ko‘rib chiqdi. “Mustaqillik Deklaratsiyasi” deputatlar tomonidan 
moddama-modda, bandma-band muhokama qilindi, har bir millat o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, Deklaratsiya 
qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayta ta’kidlandi. Unda o‘zbek xalqining asrlar davomida qo‘lga kiritgan 
davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tajribasi va an’analari hisobga olinishi uqtirildi. 1990-yil 
20-iyun kuni “

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə