O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarkand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/107
tarix07.06.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#115929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
“Siz 
O‘zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida 
qolishiga rozimisiz?”
degan savol qo‘yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 foizi bu savolga 
“Ha”
deb ovoz berdilar. O‘zbekiston rahbariyati referendum natijalariga asoslanib, respublikalarga to‘liq 
mustaqillik berishni ko‘zlamaydigan shartnoma loyihasini rad etdilar. 
1991-yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belorus, O‘zbekiston, Qo‘zog‘iston Respublikalari 
rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq 
shartnomasini tuzishga yondashish yo‘llari ish-lab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni 
Qirg‘iziston, Tojikiston, Turk-maniston Respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga 
maj-bur bo‘ldi. 
1991-yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari 


bilan uchrashuvi bo‘ldi. Ishtirokchilar tomonidan “Markazdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni 
bartaraf etishga doir kechiktirib bo‘lmaydigan choralar to‘g‘risida qo‘shma Bayonot” imzolandi. Bu hujjat 

9+1
” (9 respublika + markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni Markazning yon berganini, Kiyevda bil-
dirilgan fikr-mulohazalarga rozi bo‘lganini ko‘rsatadi. 
1991-yil Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan respublikalar rah-barlari o‘rtasida 
uchrashuv bo‘ldi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to‘g‘risida keskin munozara bo‘ldi. 
Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosan inobatga olingan “Mustaqil davlatlar ittifoqi 
to‘g‘risida shartnoma” loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha respublikalar Oliy Kengashlariga muhokama 
uchun jo‘natildi. Mazkur shartnoma loyihasi O‘zbekiston Oliy Kengashida 1991-yil 14-iyunda muhokama 
qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. 
Shu bilan birga respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi. 
1991-yil iyul oyining oxirlarida Novo-Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini uzil-kesil tayyorlash 
uchun Markaz vakillari va respublikalar rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Markazni ham, respublikalar 
rahbarlarini ham qanoatlantiradigan “Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma”ni imzolash 1991-yil 
20-avgust kuniga qoldirildi. SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyov Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo‘nab ketdi. 
Markaziy hokimiyatni saqlab qolish, respublikalarga mustaqillikni bermaslik payida yurganlar uchun 
qandaydir bir “imkoniyat” vujudga kelgan edi. 
Moskvada markaziy hokimiyatni saqlab qolishga, respublikalar jilovini ushlab qolishga urinuvchilar 
tomonidan fitna tayyorlandi. Fitnachilar 1991-yil 18-avgust kuni tayyorlangan va 19-avgustda matbuotda 
e’lon qilingan “Sovet rahbariyatining Bayonoti”da M.S.Gorbachyovning salomatligi yomonlashdi, shu 
sababli uning SSSR Prezidenti vazifalarini ijro etish imkoniyati yo‘q”, degan soxta axborot bilan chiqdilar. 
Aslida esa Prezident M.S.Gorbachyov sog‘-salomat edi, ammo o‘zini himoya qila olmadi. Fitnachilar uni 
mamlakatdan, xalqdan, dunyodan ajratib, barcha aloqa vositalarini uzib, 72 soat qamal qilib qo‘ygan edi. 
Fitnachilar tomonidan mamlakatni idora qilish uchun quyidagi tarkibda SSSRda favqulodda holat davlat 
qo‘mitasi (FXDQ) tuzildi. G.I.Yanayev – SSSR Prezidenti vazifasini bajaruvchi, V.S.Pavlov – SSSR Bosh 
vaziri, O.D.Baklanov – SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari, V.A.Kryuchkov – SSSR 
Davlat xavfsizligi qo‘mitasining raisi, B.K.Pugo – ichki ishlar vaziri, V.A.Starodubsev – SSSR dehqonlar 
uyushmasi raisi, I.Tizyakov – sanoat, qurilish, transport va aloqa davlat korxonalari hamda inshoatlari 
uyushmasining Prezidenti, D.T.Yazov – SSSR Mudofaa vaziri bo‘ldi. Shu tariqa fitnachilar 
M.S.Gorbachyovni noqonuniy yo‘l bilan hokimiyatdan chetlashtirib, o‘zlari hokimiyatni egallab oldilar. 
Mazkur qo‘mita sovet rahbariyatining Bayonoti, sovet xalqiga murojaatnoma, davlatlar va hukumatlarning 
boshliqlariga hamda BMT Bosh kotibiga murojaat va boshqa qarorlarni e’lon qildi. Butunittifoq doirasida 
mo‘rtlashib qo‘lgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi. Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vaziyatga 
turlicha munosabat bildirdilar. 
Qaltis vaziyatda 1991-yil 19-avgustda O‘zbekiston Prezidenti I.K.Karimov Hindistonga qilgan rasmiy 
tashrifidan qaytib keldi va 20-avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi rayosati va 
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar 
rahbarlari ishtirokidagi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokama 
qilib Bayonot qabul qildi. Bayonotda O‘zbekiston Respublikasi tinch vaqtda kuch, avvalo, harbiy kuch 
ishlatishga qarshi ekanligi ta’kidlandi. Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday 
ig‘vogarona harakatlarning oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, mish-mishlar va 
ehtiroslarga berilmaslik vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O‘zbekiston davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi 
Deklaratsiya qoidalarini og‘ishmay va izchil amalga oshirish yo‘lidan boraveradi, deb ko‘rsatiladi. 
1991-yil 21-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z farmoni bilan O‘zbekiston hududida 
hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan barcha 
qarorlari va ularning ijrosi SSSR va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so‘zsiz mos kelishi kerak, deb 
belgilab qo‘yildi. Farmonda SSSRda favqulodda holat davlat qo‘mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda 
qonunlariga, O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari 
haqiqiy emas, deb belgilab qo‘yildi. 
Fitnachilarning qonunga xilof ravishda urinishlari natijasida 1991-yil 19–21-avgust kunlari Moskvada 
fojeali hodisalar ro‘y berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi 


Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnani uyushtiruvchilar qamoqqa olindi. M.S.Gorbachyov 
Prezidentlik lavozimiga qaytib keldi. Biroq mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy 
hokimiyat falaj bo‘lib qoldi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi. 
I.A.Karimov favqulodda holat davlat qomitasi faoliyatiga o‘z munosabatini bildirmagan qo‘rqoq va 
prinsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab 
kommunistlarning sha’ni va qadr-qimmatini zarba ostiga qo‘yganini qoraladi. Buning ustiga respublika 
kommunistlarini chalg‘itishga va davlat to‘ntarishini qo‘llab-quvvatlashga majbur qilishga urinish bo‘lganini 
oshkora aytdi. I.A.Karimov bundan keyin KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosining tarkibida qola 
olmasligi to‘grisida bayonot berdi. Mazkur Bayonotni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ byurosi va Markaziy 
nazorat komissiyasi rayosati ma’qulladi. 
1991-yil 25-avgustda O‘zbekiston Prezidentining maxsus farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan 
respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qo‘mitasi O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. 
Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston 
Prezidentiga bo‘ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi, prokuratura va adliya 
organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va 
qo‘shilmalari partiyadan butunlay holi qilindi. 
1991-yil 28-avgustda respublika Oliy Kengashining rayosati “O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 
navbatdan tashqari oltinchi sessiyasini 1991-yil 31-avgust kuni chaqirish haqida qaror” qabul qildi va 
sessiyada O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi haqidagi masalani muhokama qilish belgilab 
qo‘yildi. 
Shu kuni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo‘shma plenumi bo‘lib 
o‘tdi. Plenumda Prezident I.A.Karimovning mamlakatda 19–21-avgust kunlari sodir bo‘lgan voqealar va 
respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum 
Respublika Kompartiyasini KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to‘xtatishga, KPSSning barcha 
tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi. 
1991-yil 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI-sessiyasi 
bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov nutq so‘zlab, Ittifoqda so‘nggi paytlarda yuz 
bergan ijtimoyi-siyosiy voqealarni, davlat to‘ntarishiga antikonstitutsiyaviy urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular 
O‘zbekiston taqdiriga, xalqimiz taqdiriga bevosita dahldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. 
Prezident I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mustaqillik 
to‘g‘risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif etdi. 
Sessiyada “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti” qabul 
qilindi. Bayonotda o‘tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi 
o‘zgarishlarni e’tiborga olib: 
– xalqaro huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga asoslanib; 
– O‘zbekiston xalqarining taqdiri uchun butun mas’uliyatni anglab; 
– shaxsning huquq va erkinliklari, mustaqil davlatlar o‘rtasidagi chegaralarning buzilmasligi 
to‘g‘risidagi Xelsinki shartnomalariga qat’iy sadoqatini bayon etib
– millati, diniy e’tiqodi va ijtimoyi mansubligidan qat’iy nazar, respublika hududida yashovchi har bir 
kishining munosib hayot kechirishini, sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlaydigan insonparvar demokratik 
huquqiy davlat barpo etishga intilib; 
– Mustaqillik Deklaratsiyasini amalga oshira borib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 
O‘zbekistonning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat – O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini 
tantanali ravishda e’lon qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi, – deb ta’kidlanadi Bayonatda, – to‘la davlat hokimiyatiga ega, xalqaro 
munosabatlarda mustaqil davlat, oldindan hech qanday shart qo‘ymagan holda barcha sheriklar bilan teng 
huquqli, o‘zaro manfaatli bitimlar hamda shartnomalar tuzish uchun o‘zini ochiq deb e’lon qiladi. 
Oliy Kengash sessiyasi “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida” 
qaror qabul qilib, O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonotini 
tasdiqladi va Respublikani bundan keyin O‘zbekiston Respublikasi deb atashni belgilab qo‘ydi. 1-sentabr 
O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilandi va 1991-yildan boshlab bu kun bayram va 
dam olish kuni deb e’lon qilindi. 


Oliy Kengash “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” Qonun qabul qildi. 
Bu qonun 17 moddadan iborat bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan 
mustahkamlab berdi. Qonunning birinchi moddasida: “O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir”, – deb qonunlashtirib qo‘yildi. 
Qonunda O‘zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat hokimiyatining birdan-bir 
sohibidir. U o‘z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi, deb belgilab 
qo‘yildi. Mustaqillik asoslari to‘g‘risidagi qonunda O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, 
o‘zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzulishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil 
belgilaydi, davlat chegarasi, hududi daxlsiz va bo‘linmas bo‘lib, uning xalqi o‘z xohish-irodasini erkin 
bildirmasdan turib o‘zgartirilishi mumkin emas, deb qat’iy qonunlashtirilib qo‘yildi. Mazkur qonunda 
respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy 
resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, 
deb belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va toshlarni 
qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, o‘z oltin 
zaxirasini yaratadi, deyiladi bu qonunda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII-sessiyasi 1991-yil 
30-sentabr kuni ushbu qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil noyabrda bo‘lgan VIII- sessiyasi davlat 
mustaqilligi masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdi. 1991-yil 18-noyabr kuni 
sessiya “O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Qarorda 1991-yil 
29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha referendum 
o‘tkazish belgilandi. Referendumga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Markaziy saylov komissiyasi, 13 saylov 
okrugi, 7-ming uchastka saylov komissiyasi tuzildi. 1991-yil 29-dekabrda bo‘lib o‘tgan referendumda 
9.898.707 kishi ya’ni saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda 
qatnashganlarning 98,2 foizi referendumda byulletenga qo‘yilgan 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə