O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarkand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/107
tarix07.06.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#115929
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   107
Samarali iqtisodiy siyosat 

davlatning iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga qaratilgan, 
har tomonlama asoslangan, izchil va o’zaro uyg’unlashtirilgan chora-tadbirlari majmui. 
Sektor
– institusion birliklar yig’indisi bo’lib, ularning maqsadi, moliyalashtirish 
manbalari va funksiyalari bir xil bo’ladi, natijada ularning iqtisodiy huquqi ham o’xshashib 
ketadi. 
Servis
– jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman keng aholi qatlamiga xizmat ko’rsatish; 
ishlab chiqarish-texnika maqsadlarida mahsulotlarni, moddiy-maishiy, xo’jalik va boshqa sanoat 
mahsulotlarini sotish hamda ularni ishlatish bilan bog’liq bo’lgan xizmat ko’rsatish sohalari. 
Siyosiy partiya 
– ijtimoiy sinf, tabaqa va guruhlarning tub manfaatlarini o’z faoliyatida 
ifoda etuvchi, ularni muayyan maqsad – manfaatlarini himoya qilish uchun kurashga qaratilgan 
siyosiy tashkilotdir. 
Soliq imtiyozi – 
soliq to’lovchilarning ayrim toifalariga qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda soliq to’lashdan to’liq, qisman va vaqtincha ozod qilish shakli. 
Soliq krediti – 
byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasini ma’lum muddatga 
kechiktirish, bo’lib-bo’lib to’lash yoki soliqni qaytarish shakli. 
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi – 
soliq solishning ayrim toifadagi soliq 
to’lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va 
to’lashning, shuningdek ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning maxsus qoidalari 
qo’llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibi. 
Soliq stavkasi – 
soliqlarni hisoblashda soliq bazasining har bir birligi hisobiga to’g’ri 
keladigan soliq me’yori. 
Soliq yuki

mablag’larni boshqa foydalanish mumkin bo’lgan yo’nalishlardan olib, 
soliqlarni to’lash uchun yo’naltirish orqali vujudga keladigan iqtisodiy cheklovlar darajasi bo’lib, 
odatda soliq to’lovchining muayyan davrda byudjetga to’langan soliqlar va boshqa majburiy 


to’lovlarning yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi. Mamlakat miqyosida soliq yuki darajasini 
soliqlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog’i orqali ifodalanadi. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə