O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarkand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/107
tarix07.06.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#115929
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
Telekommunikasion infratuzilma
– kompaniyaning telekommunikasion infratuzilmasi – 
bu turli axborotlarni: avtomatlashgan boshqaruv tizimlari ma’lumotlari, elektron xabarlar
internet-grafika, turli fayllar hamda «ovoz» va video ko’rinishidagi axborotlarni uzatish 
vazifasini hal qiluvchi o’zaro aloqador tizimchalar majmuasidir. 
Telekommunikasiya
– simli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlardan 
foydalanib signal, belgi, matn, tasvir va tovushlarni yoki boshqa ko’rinishdagi axborotni uzatish, 
qabul qilish va unga ishlov berish jarayoni. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari asosida 
ma’lumotlarni masofadan uzatish jarayoni.
Tijorat banklari
– sanoat va savdoni qisqa muddatli kreditlar bilan ta’minlash, shuningdek 
xususiy mijozlarga turli turdagi bank xizmatlarini ko’rsatishga ixtisoslashgan banklar. 
Turmush darajasi
– aholining zaruriy, moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda xizmatlar 
bilan ta’minlanganlik hamda ularni iste’mol qilish darajasi. 
To’g’ridan – to’g’ri investisiyalar – 
bevosita mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat 
ko’rsatish jarayonini tashkil etish yoki yanada kengaytirish maqsadida xorijiy sheriklar 
tomonidan uzoq muddatli kapital qo’yilmalar kiritish. To’g’ridan-to’g’ri investisiyalar 
investorlarga mazkur ishlab chiqarish jarayonlari ustidan nazorat qilish imkonini beradi. 
To’lov balansi
– muayyan muddat davomida mamlakatning chet ellarga to’lagan va xuddi 
shu davr mobaynida mamlakatga chet eldan tushgan to’lovlar summalari nisbatini tavsiflaydi. 
To’lov turkumiga tashqi qarz, uning foizi, chetdan olingan tovarlar va xizmatlar haqi, xorijiy 


investisiyalar, xorijda diplomatik ishlarni, iqtisodiy aloqalarni yuritish xarajatlari, fuqarolar va 
qo’shma korxonalarning chet elga pul o’tkazmalari va boshqalar kiradi. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə