O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarkand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/107
tarix07.06.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#115929
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
«Fitch Reytings», «Mudis», «Standart end Purs» xalqaro reyting kompaniyasi – 
faoliyati banklar, 
moliyaviy institutlar, investisiya va aksionerlik kompaniyalarining kredit layoqatini o’z vaqtida 
va aniq baholashga yo’naltirilgan xalqaro reyting agentliklari. 
Fond bozori
– qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning oldi-sotdi jarayonlari 
amalga oshiriluvchi maxsus tashkillashtirilgan bozor. 
Fuqarolik jamiyati – 
Konstitusiyaviy huquq nazariyasida ijtimoiy hayotning huquq va 
demokratiyaga asoslangan zaruriy va oqilona usuli, insonga uning iqtisodiy va siyosiy borliqning 
shakllarini erkin tanlash huquqi kafolatlanadigan, inson huquqlari qaror topadigan, mafkuraviy 
plyuralizm ta’minlanadigan ijtimoiy tuzum. 
Fuqarolik jamiyati institutlari – 
jamiyatda qaror topgan nodavlat tashkilotlari 
hisoblanadi. Ular muayyan ijtimoiy

iqtisodiy, ma’naviy va siyosiy faoliyatni amalga oshiradilar. 
Fuqarolik mas’uliyati – 
jamiyatning demokratik rivojlanishi jarayonida erishgan yutuq va 
muvaffaqiyatiga fuqarolarning ongli munosabati, yutuqlarni yanada ko’paytirish va ulardan 
foydalanishda faol qatnashishi.
Xalqaro valyuta jamg’armasi
– xalqaro savdo va valyuta hamkorligini rivojlantirishga 
ta’sir ko’rsatish maqsadida 1944 yilda tashkil etilgan xalqaro valyuta-moliya tashkiloti. Xalqaro 
valyuta jamg’aramasi – a’zo davlatlar o’rtasida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solib 
turish va ularga to’lov balansining kamomadi bilan bog’liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida chet 
el valyutasida qisqa va uzoq muddatli kreditlar berish yo’li bilan moliyaviy yordam ko’rsatish 
uchun mo’ljallangan hukumatlararo tashkilot. XVJ o’z amaliy faoliyatini 1947 yil 1 martdan 
boshlagan. 


Xalqaro tashkilotlar – 
ularning har biri xalqaro siyosatda o’zlarining faoliyat maqsadlari 
yo’nalishlariga qarab, yer yuzi taraqqiyotida egallab turgan mavqyelariga qarab, umuman 
xalqaro siyosiy-amaliy munosabatlar jarayonida harakatlarga kirishadigan boshqa xalqaro 
tashkilotlar tizimidagi maqomlariga qarab ahamiyat kasb etadilar. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə