O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarkand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/107
tarix07.06.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#115929
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
Xalqaro tranzit - 
xorijiy yuklarni jo’natish va qabul qilib olish punktlari berilgan 
mamlakat hududidan tashqarida bo’lishi shartida tashilishidir. Agar tovarlar bojxona omboriga 
joylashtirilmasdan tashilsa bevosita xalqaro tranzit, bojxona omboridan foydalanilsa – bilvosita 
xalqaro tranzit hisoblanadi. 
Xizmat ko’rsatish sohasi – 
ijtimoiy ishlab chiqarishning
 
moddiy-buyumlashgan ko’rinishga ega 
bo’lmagan iste’mol qiymatlarini yaratishga yo’naltirilgan
 
sohalari. U o’z ichiga moddiy 
xizmatlar ko’rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va boshqalar) hamda nomoddiy 
xizmatlar ko’rsatish (huquqiy maslahatlar berish, o’qitish, malaka oshirish va boshqalar)ni oladi. 
Xususiy tadbirkorlik
– bu fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan o’zlarining 
tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida 
amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo’jalik faoliyatidir. 
Shaxsiy daromad 
– jismoniy shaxslarning soliq to’lagunga qadar daromadi. 
Shaxsni muntazam kamol toptirish – 
fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning muhim sharti va tarkibiy 
qismi. Shaxsni rivojlantirish jarayonlari insonning salohiyat va maqsadlarini ro’yobga chiqarish borasida nafaqat 
davlat, jamiyat ta’siri, balki shaxsning o’z sa’y-xarakatlarini faollashtirishni ham taqozo etadi. 
Eksport 
– tovarlar, xizmatlar, investisiya, qimmatli qog’ozlar, texnologiyalar va 
boshqalarni tashqi bozorga chiqarish. 
Emissiya
– qog’oz pullarning g’aznaxonaga yoki boshqa davlat moliya organlari 
tomonidan muomalaga chiqarilishi; barcha shakldagi pul belgilarini muomalaga chiqarish. 
Erkin industrial - iqtisodiy zona – 
mamlakat hududining xorijiy mamlakatlar tomonidan turli 
shakllardagi hamkorlikdagi tadbirkorlik bilan shug’ullanishlari uchun ruxsat etilgan qismi. 
Mazkur zonalarda maxsus imtiyozli shart-sharoitlar, jumladan, imtiyozli soliqlar, bojxona 
to’lovlari, ijara, viza olish, valyuta ayirboshlash, mehnatga yollashning qulay tartiblari 
belgilangan bo’ladi. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə