O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarkand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/107
tarix07.06.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#115929
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   107
Soliq yukini yengillashtirish – 
soliqlarning foiz stavkalari kamaytirish va imtiyozlar 
yaratish. 
Soliqlar
– belgilangan va muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib 
berilmaydigan va beg’araz xususiyatga ega bo’lgan, byudjetga yo’naltiriladigan majburiy pul 
to’lovlari tushuniladi.
 
Soliqlarni unifikasiya qilish –
soliq mexanizmini soddalashtirish maqsadida iqtisodiy 
mohiyati, soliqqa tortish obyekti o’xshash bo’lgan soliq turlarini birxillashtirish. 
Talab – 
xaridor, iste’molchilarni bozorda muayyan tovarlarni, ne’matlarni sotib olish 
istagi; bozorga olib chiqilgan va pul imkoniyatlari bilan ta’minlangan ehtiyojlar. 
Tannarx
– mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog’liq barcha xarajatlar. 
Tarkibiy 
o’zgarishlar
 
– milliy iqtisodiyotning samarali va barqaror tarkibiy tuzilishini 
ta’minlash maqsadida uning tarmoq va sohalarini izchil ravishda o’zgartirib borish. Tarkibiy 
o’zgarishlar o’z ichiga yangi tarmoqlarni barpo etish, ba’zilarini kengaytirish, ayrim samarasiz
istiqbolga ega bo’lmagan tarmoqlarni qisqartirish kabi chora-tadbirlarni oladi. 
Tashqi qarz – 
mamlakat hukumati, moliya-kredit tashkilotlari, yirik korxonalarining boshqa 
mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan qarzga olgan moliyaviy mablag’larining jami hajmi. 
Tashqi nodavlat qarzlar – 
mamlakatdagi xususiy shaxslar (moliya muassasalari, 
korxonalar va aholi) tomonidan boshqa mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan qarzga olgan 
moliyaviy mablag’larining jami hajmi. 
Tashqi savdo
– bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan savdosi. 
Tashqi savdo siyosati
– bir mamlakatni boshqa mamlakatlar bilan olib borayotgan savdosi 
(eksporti va importi) borasidagi siyosati. Bunga teng huquqlilik va ikki tomonlama manfaat olish ko’zda 
tutiladi. Eksport va importning tovar tarkibi va geografik hajmiga asosan olib boriladi. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə