O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarkand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/107
tarix07.06.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#115929
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   107
Rekonstruksiya 
(qayta tiklash)
 

faoliyat yuritayotgan korxonani ma’naviy va jismoniy 
eskirgan qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizasiyalashtirish va 
avtomatlashtirish, texnologik bo’g’inlar va yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklarni yo’qotish 
yo’li bilan almashtirish yordamida to’liq yoki qisman o’zgartirish. Qayta tiklashda eski sexlar 
o’rniga yangi sexlarni qurishga ruxsat beriladi.


Rentabellik 
– korxona faoliyatining foydalik darajasi. Uning uch xil ko’rsatkichi mavjud: 
korxona aktivlari rentabelligi, xususiy kapital rentabelligi va sotilgan mahsulot rentabelligi. Bu 
ko’rsatkichlarni balansdagi (sof) foyda ko’rsatkichini korxona aktivlarining o’rtacha yillik 
qiymati, muomalaga chiqarilgan aksiyalar miqdori, xususiy kapital miqdori va sotilgan mahsulot 
tannarxiga nisbati bilan aniqlanadi. 
Referendum – 
lotincha so’z bo’lib, davlat va jamiyat hayotining eng muhim masalalarini 
xalq maslahatiga taqdim etish, umumxalq ovoziga qo’yish degan ma’noni bildiradi.
Saylov tizimi
– huquqiy me’yorlarda mustahkamlab qo’yilgan, shuningdek, davlat va 
jamiyat institutlari faoliyatlari tajribasida shakllangan, vakillik organlari yoki ayrim rahbarlik 
lavozimiga saylashni o’tkazish va tashkil etishga doir tartibotdir. Saylovlar tizimi – siyosiy 
tizimning tarkibiy qismidir. 
Saylov huquqi – 
ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchisi, saylovni tashkil etish va 
o’tkazishni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar yig’indisidir; ikkinchi ma’nosi fuqarolarning 
saylov huquqi, ya’ni ovoz berish, saylanish, saylov davrida va boshqa tadbirlarda ishtirok 
etishdir. 
Saylovlar – 
muhim demokratik institut bo’lib, xalqning xohish-irodasini ifodalashning 
asosiy shakllaridan biridir. Xalqning davlat va jamiyatni boshqarishdagi ishtiroki, asosan, 
saylovlar orqali amalga oshiriladi. Shu ma’noda, mamlakatning jahon maydonidagi obro’-
e’tibori, ko’p jihatdan, saylov tizimining ochiqligi va demokratikligi bilan belgilanadi. 
Saldo - 
muayyan vaqt davomida moliyaviy tushumlar va sarflar, eksport va import qiymati 
(savdo balansi saldosi), xorijiy to’lovlar va tushumlar (to’lov balansi saldosi) o’rtasidagi farq. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə