O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari


Zararkunanda dasturiy ta‟minotlar



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/107
tarix21.10.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#129573
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   107
rasmcha

Zararkunanda dasturiy ta‟minotlar 
Zararli dastur - bu kompyuterga, serverga, mijozga yoki kompyuter 
tarmog‗iga zarar yetkazish uchun ataylab yaratilgan har qanday dastur. 
Zararli dasturiy vositalar foydalanuvchini ruxsatisiz hujumchi kabi g‗arazli 
amallarni bajarishni maqsad qilgan vosita hisoblanib, ular yuklanuvchi kod (.exe), 
aktiv kontent, skript yoki boshqa ko‗rinishda bo‗lishi mumkin. Hujumchi zararli 
dasturiy vositalardan foydalangan holda tizim xafsizligini obro‗sizlantirishi, 
kompyuter amallarini buzishi, maxfiy axborotni to‗plashi, veb saytdagi 
kontentlarni modifikatsiyalashi, o‗chirishi yoki qo‗shishi, foydalanuvchi 
komptyuterini boshqaruvini qo‗lga kiritishi mumkin. Bundan tashqari zararli 
dasturlar, hukumat tashkilotlardan va korporativ tashkilotlardan katta hajmdagi 
maxfiy axborotni olish uchun ham foydalanilishi mumkin. 
Zararli dasturlar turlari: 
- viruslar: o‗zini o‗zi ko‗paytiradigan programma bo‗lib, o‗zini boshqa 
programma ichiga, kompyuterning yuklanuvchi sektoriga yoki hujjat ichiga 
biriktiradi. 
- troyan otlari: bir qarashda yaxshi va foydali kabi ko‗rinuvchi dasturiy vosita 
sifatida ko‗rinsada, yashiringan zararli koddan iborat bo‗ladi. 
- Adware: marketing maqsadida yoki reklamani namoyish qilish uchun 
foydalanuvchini ko‗rish rejimini kuzutib boruvchi dasturiy ta‘minot. 
- Spyware: foydalanuvchi ma‘lumotlarini qo‗lga kirituvchi va uni hujumchiga 
yuboruvchi dasturiy kod. 
- Rootkits: ushbu zararli dasturiy vosita operatsion tizim tomonidan 
aniqlanmasligi uchun ma‘lum harakatlarini yashiradi. 
- Backdoors: zararli dasturiy kodlar bo‗lib, hujumchiga autentifikatsiyani 


101 
amalga oshirmasdan aylanib o‗tib tizimga kirish imkonini beradi, maslan, 
administrator parolisiz imtiyozga ega bo‗lish. 
- mantiqiy bombalar: zararli dasturiy vosita bo‗lib, biror mantiqiy shart 
qanoatlantirilgan vaqtda o‗z harakatini amalga oshiradi. 
- Botnet: Internet tarmog‗idagi obro‗sizlantirilgan kompyuterlar bo‗lib, 
taqsimlangan hujumlarni amalga oshirish uchun hujumchi tomonidan 
foydalaniladi. 
- Ransomware: mazkur zararli dasturiy ta‘minot qurbon kompyuterida mavjud 
qimmatli fayllarni shifrlaydi yoki qulflab qo‗yib, to‗lov amalga oshirilishini talab 
qiladi. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə