O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/107
tarix21.10.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#129573
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   107
rasmcha

Mantiqiy bomba 
O‗zidan ko‗payish yo‗q 
Sonini oshib borishi: nol 
Yuqumliligi: mumkin 
Mantiqiy bomba ikki qismdan iborat kod hisoblanadi: 
1. Foydali yuklama qismi bajarilish uchun harakat qismi hisoblanadi. Foydali 
yuklama qismi hohlagan ko‗rinishda bo‗lishi mumkin, lekin zarar keltiruvchi 
effekt ma‘nosiga ega bo‗ladi. 
2. Trigger, mantiqiy shart bo‗lib foydali yuklama qismini bajarilishini 
nazoratga oladi va baholanadi. Triggerning aniq sharti tasavvur bilan 
chegaralangan bo‗ladi va sana, foydalanuvchining tizimga kirishi yoki operatsion 
tizim versiyasi kabi mahalliy shartlarga asoslanadi. Shu tarzda triggerlar 
masofadan to‗rib o‗rnatiluvchi ko‗rinishda loyihalanishi mumkin yoki bo‗lmasa 
qandaydir holatni mavjud emasligiga ko‗ra. 
Mantiqiy bombalar mavjud kodning ichiga kiritilishi yoki bo‗lmasa avtonom 
tarzda bo‗lishi mumkin. Oddiy parazitik (yuqumli) namuna quyida ko‗rsatilgan 
bo‗lib, trigger sifatida aniq sana ishlatilganda kompyuterni buzilishiga olib kelishi 
mumkin: 
legitimate code 
if date is Friday the 13th: 
crash_computer( ) 
legitimate code 
Troyan otlari 
O‗zidan ko‗payish : yo‗q 
Sonini oshib borishi: nol 
Yuqumliligi: Ha 
Ushbu turdagi zarar keltiruvchi dasturlar Greklar va Troyaliklar o‗rtasidagi 
urush dasrida ishlatilgan nayrangga asoslanadi va shu uchun shunaqa nom olgan. 


102 
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarida troyan oti bu dastur bo‗lib, qandaydir 
sodda vazifani bajarishga mo‗ljallangan bo‗ladi. Biroq qo‗shimcha tarzda zarar 
keltiruvchi vazifani xufiyona bajaradi. Klassik namunasi sifatida tizimga kirishda 
parolni ushlab olish dasturini keltirish 
mumkin, u «username» i «password» kabi autentifikatsiya so‗rovlarini qayd etadi 
va foydalanuvchi tomonidan axborot kiritilishini kutib turadi. Ushbu holat yuz 
berganda o‗zining yaratuvchisi uchun parollarni ushlab oluvchi dastur o‗ziga yozib 
quyadi, so‗ngra esa ―noto‗g‗ri parol‖ degan xabarni tizimga real kirish oldidan 
chiqaradi. Hech nimadan shubhalanmagan foydalanuvchi xato qilgandek bo‗ladi. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə