O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi f
Spinoza (1632-1677) ongni katta ko’lamga ega
materiyadan sira qolishmaydigan voqelik, ya'ni yaqqol narsa deb, tushuntirdi. U
determinizm (lotincha demmerminara - belgilayman) tamoyilining, ya'ni tabiat,
jamiyat hodisalarining, shu jumladan psixik hodisalarning ob'ektiv sabablar bilan
belgilanligi haqidagi ta'limot targ’ibotchisi edi.
XVII asrdagi yirik nemis mutafakkiri
Leybnis (1646-1716) ning ta'limoti
matematika, jumladan, integral va differensial hisoblar kashf etilishiga ta'sir etgan
edi. Psixika hayot manzarasi arifmetik yig’indi tariqasida emas, balki integral tarzda
namoyon bo’ladi. Leybnis tasavvurlarning uzluksiz chegaralanishi g’oyasiga
tayangan holda persepsiya (bevosita ongsiz idrok)ni appersepsiyalar di qqat va
xotirani o’z ichiga olgan anglangan idroklardan farqlagan edi. Leybnis
psixologiyaga psixikaning faolligi tabiati va uzluksiz rivojlanishi hamda psixikaning
onglilik va ongsizlik ko’rinishlari o’rtasidagi murakkab nisbat haqidagi g’oyani olib
kirdi.
XVII asrda emperizm va sensualizmni tajriba va his etiladigan bilimning
"sof" aql-idrokdan afzalligi haqidagi ta'limotning, ya'ni aqlda hech qanday tug’ma
g’oyalar va tamoyillar bo’lishi mumkin emasligi haqidagi ta'limotning oldingi
marraga ko’tarilishiga olib keldi. Bu ta'limotni ingliz faylasufi va pedagogi
Jon Lokk (1632-1704) astoydil himoya qilib chiqqan edi. Uni empirik psixologiyaning
asoschisi deb, hisoblash qabul qilingan. Barcha bilimlarning tajribadan kelib
chiqishi haqidagi ta'limoti psixologiya uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan.
Chunki u ruhiy hayotning aniq faktlari oddiy hodisalardan murakkab hodisalarga
o’tish yo’llari puxta o’rganilishini taqazo etadi. J. Lokkning fikricha, tajribaning
ikkita manbai mavjud bo’lib, biri tashqi sezgi a'zolarining faoliyati (tashqi tajriba)
va ikkinchisi o’zining xususiy miyani idrok etuvchi aqlning ichki faoliyati (ichki
tajriba) dir. Kishi hech qanday g’oyalarga ega bo’lmagan holda dunyoga keladi.
Uning ruhi - "toza taxta" bo’lib, keyinchalik unga tajriba yozuvlari bitiladi. Tajriba
oddiy va murakkab g’oyalardan tarkib topadi. Bu g’oyalar yo sezgilardan, yo ichki
idrok (refleksiya) lardan hosil bo’ladi. Ikkinchi holatda ong real narsalarga emas,
balki o’z xususiy mahsuliga yo’naltirilib, o’zi bilan o’zi bo’lib qoladi. J.Lokkning
refleksiya ta'limoti kishi psixologik faktlarni interospektiv tarzda bilib oladi degan
12
taxminga asoslangan edi. Bu bilan yana dualizm ta'limoti ilgari suriladi. Ong va
tashqi olamni prinsipial jihatdan turlicha usullar yordamida bilish mumkinligi
jihatidan ham ular bir-biriga qarama-qarshi qo’yilar edi.
J.Lokkning tashqi va ichki tajriba to’g’risidagi ta'limoti ikki xil xarakterga ega
ekanligi ham materialistik ham idealistik ta'limotlarning taraqqiyotiga turtki bo’ldi.
Materialistlar