10
faolligi orqali ruyobga chiqarishga asoslangan holda
xarakterning faoliyatda
shakllanishi to’g’risidagi nazariyani ilgari surdi.
Psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelish bosqichlari quyidagi jadvalda o’z
aksini topgan.
Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta'limotlari keyingi asrlarda
psixologik g’oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta bo’lib hisoblanadi.
Mazkur davrlarda Sharqda ham ilk psixologik qarashlar yuzaga keldi.
Sharqda psixologik qarashlarning paydo bo’lishida buyuk Sharq mutafakkirlarining
roli katta bo’lgan. Ular orasida Al-Xorazmiy, Al-Forobiy,
Abu Rayhon Beruniy,
Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek kabilar o’zlarining inson psixikasi va yosh
avlodni tarbiyalashga doir boy fikrlar va qarashlarini meros sifatida qoldirganlar.
Ular orasida ayniqsa
Abu Ali ibn Sinoning
mantiq,
metafizika, tabiiy fanlar,
ayniqsa, tibbiyot haqidagi fikrlari o’sha davr ilmiy taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi.
U maxsus psixologik muammolar bilan shug’ullangan olimlardan biridir. Uning ruh,
asab tizimi haqidagi qarashlari katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sinoning
temperament xususiyatlariga qarab yondashish zarurligi haqidagi fikrlari ming
yildan so’ng ham zamonaviy psixologiyada o’z qimmatini yo’qotmagan. Abu Ali
ibn Sino dunyoda birinchi bo’lib psixoterapevtik usullarni qo’llab ko’rgan
olimlardan biridir.
Asta-sekin ruh haqidagi tushuncha hayotning barcha ko’rinishlariga emas,
faqat hozir biz psixika deb atalgan darajaga nisbatan qo’llana boshlandi. Psixika
kategoriyasining negizida idrok va tafakkurdan tashqari
ong tushunchasi yuzaga
keldi, buning natijasida ixtiyoriy harakatlar va ularni nazorat qilish imkoniyati
tug’ildi. Masalan,
Galen
(eramizdan oldingi II asr) fiziologiya va tibbiyot
yutuqlarini
umumlashtirib,
psixikaning
fiziologik
asoslari
to’g’risidagi
tasavvurlarini yanada boyitdi. Uning ilgari surgan g’oyalari "ong" tushunchasi
talqiniga muayyan darajada yaqinlashadi.
2
bosqich
3 bosqich
Psixologiya hulq-atvor
haqidagi fan
Psixologiya ong haqidagi
fan sifatida
1bosqich
Psixologiya jon haqidagi
fan
4 bosqich
Psixologiya, psixikaning
mexanizmlari, qonuniyatlari
va faktlarini o’rganuvchi
fan sifatida
Dunyoga materialistic nuqtai-nazardan qarash
shakllangan. Rossiya psixologiyasining
asosida aks ettirish nazariyasi asosiy
qonuniyat sifatida ko’rsatiladi.
XIX asrdan boshlanadi. Psixologiyaning vazifasi
ko’rgan narsalarni bevosita kuzatish , aniqrog’i
inson
hulq-atvorini
faoliyatini
reaktsiyasini
kuzatish deb hisoblangan.
Bunda motivlarning
o’rni hisobga olinmagan.
XVII asrda tabiiy fanlar rivojlanishi bilan
boshlanadi. Fikrlash, xoxlash, his qilish,
qobiliyatini ong deb atashgan. O’z-o’ini
kuzatish asosiy metod hisoblangan.
Bu yo’nalish psixologiyada bundan 2500 yil
oldin paydo bo’lgan. Inson hayotidagi barcha
narsalar tushunchalarni, tushunarsiz hodisalarni
jon ruh bilan tushuntirishga harakat qilganlar.
11
XVII asr biologiya va psixologiya fanlari uchun muhim davr bo’lib
hisoblanadi. Jumladan fransiya olimi
Dekart
(1596-1650) tomonidan xulq-
atvorning reflektor (g’ayriixtiyoriy) tabiatga ega ekanligini kashf etilishi, yurakdagi
mushaklarning ishlashi (faoliyati) qon aylanishning ichki mexanizmi bilan
boshqarilayotganligini tushuntirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa,
refleks
(lotincha reflexus aks ettirish) organizmning tashqi ta'sirga qonuniy ravishdagi
javob reaksiyasi sifatida talqin qilinib, asab-mushak faoliyatini ob'ektiv tarzda bilish
vositasiga aylandi. Sezgi,
assotsiatsiya, ehtiros yuzaga kelishini izohlashga imkon
yaratildi.
Psixologiya fanining ilmiy asosga qurilishida ingliz olimi
Gobbs
(1588-1679)
ruhni mutlaqo rad etib, mexanik harakatni yagona voqelik deb tan olib, uning
qonuniyatlari psixologiyaning ham qonuniyatlari ekanligini ta'kidladi.
Uning
negizida - epifenomalizm (yunoncha eri - o’ta, rhainominon –g’ayritabiiy hodisa)
vujudga keldi, ya'ni psixologiya tanadagi jarayon-larning soyasi singari ruy
beradigan ruhiy hodisalar to’g’risidagi ta'limotga aylandi.
Niderlandiyalik olim
Dostları ilə paylaş: