6
KIRISH
"Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ning maqsad va vazifalari, davlatimizning
bu borada amalga oshirayotgan siyosati zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimining
tashkil qilishga yo’naltirilgan, Respublikamizdagi uzluksiz ta'lim tizimi strategiyasi,
taraqqiyoti, xalqimizning boy ma'naviy merosi
va umuminsoniy qadriyatlari,
madaniyat, iqtisod, fan- texnika va texnologiyalarda erishilgan yutuqlari negizida
barcha davlat tuzilmalari va jamiyat tashkilotlari oldiga oliy pedagogik maktablar
shuningdek, psixologiya fanlarining ham pedagogik kadrlar
tayyorlash tizimi va
ta'lim islohatlarini hayotga tadbiq etishni jonlantiruvchi asosiy vazifalarini belgilab
bergan.
Aynan mazkur masalalarni keng doirada tadbiq qilish zamon talablariga javob
bera oladigan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.
Albatta buning
uchun insonlar psixologiyasini bilish, ularda kechadigan psixologik o’zgarishlarni
anglagan holda yondashishni talab qilmoqda. Bu jarayonda o’z navbatida psixologik
bilimlarga bo’lgan ehtiyojni ortib borishini ko’rishimiz mumkin. Chunki insonlar
haqidagi bilmlarni qo’lga kiritish uchun avvalo psixologik
bilimlardan xabardor
bo’lishi lozim. Shu bois yozilgan darslik shaxs psixologiyasiga doir dastlabki bilim,
ko’nikma va malakalarni tushuncha va tasavvurlarni hosil qilishga yordam beradi.
Inson psixologiyasini bilish asosida shaxsni shakllantirishga, uning ijtimoiy
taraqqiyotini ta'minlashga jiddiy e'tibor qaratish mamlakatimiz taraqqiyotida muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" o’ziga xos
uzluksiz ta'limning o’zbek modeli sifatida keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Respublika Prezidenti I.A.Karimov tomonidan asos solingan mazkur
modelning diqqat markazida eng avvalo shaxsni shakllantirish va uni barcha ta'lim
islohotlarning sub'ekt sifatidagi faoliyati yotadi. Zero,
mazkur dasturning hayotga
tadbiq etilishining natijasi - bu har jihatdan intellektual salohiyatga, ishlab chiqarish
malakasiga va ijtimoiy-siyosiy bilimlarga ega bo’lgan shaxsdir. Bu ulkan vazifani
yechish inson omili bilan bog’liq bo’lib, bunda psixologiya fanlarining alohida
o’rni, salohiyati hamda ma'suliyati yaqqol sezilib turadi.
Ayniqsa respublika mustaqillikka erishgandan so’ng
psixologiya fanlariga
e'tiborning kuchayishi bu boradagi ishlarni rivojlanishiga turtki bo’ldi. Shu bois
umumiy psixologiya fanidan yozilgan darslik mazkur masalalarni o’zida qamrab
oladi.
Dostları ilə paylaş: