7
1.BO'LIM. PSIXOLOGIYAGA KIRISH
1 Bob. PSIXOLOGIYANING PREDMETI
Psixologiya haqida tushuncha
Inson mavjud ekan, u o’z hayotiy tajribaciga asoslanib, u yoki bu holda idrok
etish, olamni anglash, narsa va hodisalarni ajratish kabi xususiyatlarga ega ekanligi
haqida o’ziga o’zi hisob beradi.
Biz kunda qushlarning sho’x navosini, musiqa asboblarining xonishini, inson
nutqini, uchib o’tayotgan samolyot shovqinini eshitamiz, atrofimizni o’rab
turgan
narsa, daraxt, hayvonlar, mashinalarni ko’ramiz. Ularning
rangi va hajmini ajrata
olamiz. Mazkur jarayonlar insondagi aks ettirish xususiyati bilan chambarchas
bog’liq.
Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy e'tiborni
quyidagilarga
qaratish lozim. Jumladan, shaxs haqida fikr yurituvchi
fanlar sirasiga psixologiya
va pedagogika fanlarini kiritish mumkin. Shunga ko’ra pedagogika shaxsni ta'lim-
tarbiya jarayonida kamol topishini tadqiq qilsa, psixologiya
shaxsda kechadigan
ruhiy jarayonlarni o’rganadi. Shundan xulosa qilishimiz mumkinki, psixologiya
fanining predmetini - shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil
qiladi.
Psixologiya
so’zining lug’aviy ma'nosi grekcha psyuxe - jon, ruh, logos - fan,
ta'limot degan ma'noni anglatadi.
Psixologiya
fan sifatida psixik faktlar,
ularning
qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganadi.
Psixologiya asosan psixikani keng doirada tadqiq qiladi. Shunga ko’ra
psixikaning yuzga keltiruvchi asosiy psixik faoliyatlari ko’rsatilgan. Aynan psixik
faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:
-
Dostları ilə paylaş: