|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. XalilovaPsixologiyaning fan sifatida shakllanishiO’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi f
Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi
Insonda jismoniy tanadan tashqari undan farqlanuvchi yana nimadir borligi
haqidagi tasavvurlar qadimdanoq mavjud bo’lgan. Eng qadimgi davrlardayoq inson
tush ko’rish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, ovdagi
muvaffaqiyatlar) o’lim va boshqa hodisalarning sabablarini tushuntirishga intilgan.
Ammo dastlabki qarashlar mifologik xarakterda edi. Ular fikrlash orqali emas, ko’r-
ko’rona ishonch vositasida egallanardi. Ruh haqidagi qarashlar ko’pincha nafas
bilan bog’lanardi, ruhni esa uchar mahluq sifatida tasavvur etardilar.
Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda
psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushuntirilgan. Jonning o’zi esa odam
tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar
"animizm"
deb ataladi.
Animizm
so’zi -anima "jon" degan ma'noni anglatadi. Jon o’z
mohiyatiga ko’ra olovsimon uchqundan iborat ekanligi
Geraklit
tomonidan, yoki
olovsimon atomdan iboratligi
Demokrit
tomonidan ta'kidlangan.
Platonning
"ideyalar tug’ma bo’ladi" degan g’oyalari psixologik fikr
taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shdi.
Platon
ta'limotiga ko’ra "ideyalar" mohiyati
abadiy va o’zgarmas, ularning tabiiy olamdan tashqarida oliy olam mavjud bo’lib,
ularni odam ko’zi bilan ko’ra olmaydi.
Platon
psixologiyada
"dualizm"
oqimining asoschisi hisoblanadi.
Dualizm
so’zi ikki yoqlamalik yoki ikki mustaqil fikr degan ma'noni anglatadi. Dualizm
ta'limoti mohiyati moddiy va ruhiy olam tana va psixikaning bir-biriga bog’liq
bo’lmagan holda mavjud bo’lib, azaldan qarama-qarshi narsalar deb tushuntiradi.
Platonning dualizm shogirdi
Arastu (Aristotel
eramizdan oldingi IV asr 384-
322 yillar) tomonidan birmuncha muvaffaqiyatli bartaraf etildi. Aristotelning
Dostları ilə paylaş: |
|
|