Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi fargʻona davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti pedagogika kafedrasi muzey pedagogikasi fani boʻyicha


- Mavzu: Mustaqil Oʻzbekistonda muzey pedagogikasining



Yüklə 344,38 Kb.
səhifə22/54
tarix11.12.2023
ölçüsü344,38 Kb.
#145404
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54
Pedagogika-psixologiya fakulteti pedagogika kafedrasi-fayllar.org

7- Mavzu: Mustaqil Oʻzbekistonda muzey pedagogikasining
shakllanish tarixi.
(2 soat)


Reja:
1. Oʻzbekistonda muzey pedagogikasining shakllanish tarixi.
2. Muzeylarning ta’limiy faoliyati va ularning turlari.
Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi iqtisodiy va siyosiy hayotning barcha jabhalarida boʻlganidek madaniy sohada, shu jumladan, boy oʻtmish merosimizni oʻrganish, saqlash va uni keng xalq ommasiga targʻib etish borasida ham tub burilish yasadi. Vatanimiz ijtimoiy hayotidagi oʻzgarishlar, yangilanishlar qatorida Oʻzbekiston hududidagi muzeylar faoliyatida ham yangi davr boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasining “Muzeylar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Birinchi Prezident Islom Karimovning 1998-yil 12-yanvarda “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-martda qabul qilingan “Muzeylar faoliyatini tubdan qoʻllab-quvvatlash masalalari toʻgʻrisida”, 2014-yil 11-iyuldagi “Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Qarorlari qabul qilingan boʻlib, bu muzeylarning jamiyat hayotidagi roli, insonlar va tabiat, insonlar va tarix oʻrtasidagi mustahkam bogʻliqlikni koʻrsatib beruvchi voqelikka aylandi.

Mamlakatimiz hududida mavjud boʻlgan muzeylar faoliyatini takomillashtirish, ularni xalqning ma’naviy axloqiy kamolotida tutgan oʻrnini yanada oshirish maqsadida ― Oʻzbekmuzey jamgʻarmasi tashkil etilgan. Bugungi kunda mamlakatimiz hududidagi turli muassasalar, korxonalar, qurilish tashkilotlari, qishloq, jamoa boshqaruv xoʻjaliklari qoshida, shahar, tuman, viloyat markazlarida, xalq ta’limi tizimida ja’mi 1200 dan ortiq muzeylar boʻlib, ularning eng yiriklari poytaxtda joylashgan. Shu bilan birgalikda oʻnlab yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar va mashhur san’at arboblarining uy muzeylari ham faoliyat koʻrsatmoqda.


Muzeylar madaniy-ma’rifiy muassasa hisoblanib, uning vazifasi tarixiy hujjatlar, madaniy va ma’naviy yodgorliklarni toʻplash, tabiiy boyliklardan namunalar jamlash va saqlash, ularni ilmiy jihatdan oʻrganib koʻrgazmalarga qoʻyish va keng xalq ommasiga havola qilishdan iborat. Muzeylar aholining keng tabaqalari oʻrtasida madaniy-ma’rifiy ishlarni olib boradi. Muzeylar faoliyati xalqning tarixiy taraqqiyot jarayonida rivojlanib borishi, qoʻlga kiritgan yutuqlari hamda qoldirgan boy madaniy-ma’naviy merosi xususida juda katta bilimlar beradi. Muzeylar madaniy-ma’rifiy muassasa sifatida ommaning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, ularni ma’naviy kamolotga yetkazishning eng yetakchi vositalaridan hisoblanadi.
Yurtimizda yangi-yangi muzeylarning tashkil etilishi, poytaxtdagi eng yirik va nufuzli Temuriylar davri tarixi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi, mamlakatimiz janubida joylashgan Termiz shahridagi Arxeologiya muzeyining ochilishi hukumatimiz tomonidan muzey va muzeyshunoslik sohasida nihoyatda katta ishlarning amalga oshirilayotganidan dalolat beradi. Yangi muzeylarning tashkil etilishi bilan bir qatorda shu vaqtgacha ham faoliyat koʻrsatib turgan barcha katta-kichik muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash, milliy istiqlol ruhida qayta tashkil etish masalasiga ham alohida e’tibor bilan qaralmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston tarixi muzeyining qaytadan ochilishi, muzey ekspozisiya zallarining yangi loyiha va rejalar asosida jihozlanishi fikrimizning yorqin dalilidir. Chunki muzeylar shu kunning dolzarb muammolaridan biri boʻlgan har tomonlama rivojlangan, ma’naviy yetuk, komil inson tarbiyasida oʻziga xos alohida oʻrin tutadi. Muzeylarda saqlab, namoyish etilayotgan tarixiy hujjat va xalq madaniyatiga oid ashyolar yangi avlodga ajdodlari oʻtmishi, hayoti, yuksak ma’naviyatidan darak berib, uning vositasida Vatanga boʻlgan muhabbat, ota-bobolari qoldirgan madaniy merosga nisbatan hurmat, e’zoz, ularga munosib vorislar boʻlish tuygʻusini uygʻotadi. Shuningdek, yoshlarni odobu axloqqa, halolligu poklikka, botirlikka, mardlik, vatanni himoya qilish, ajdodlaridek mohir, sabr - qanoatli, aqlli, adolatli, haqgoʻy, mehr-muruvvatli boʻlishga chaqiradi. Madaniy merosimizni har tomonlama oʻrganish jamiyatimiz kelajagi boʻlgan yigit va qizlarda milliy gʻururning, milliy iftixor tuygʻusining shakllanish jarayonini amalga oshiradi.
Jamiyatni ma’naviy, axloqiy kamolga yetkazishga keng aholi ommasini, ayniqsa, yosh avlodni tarbiyalashda muzeylarning katta ahamiyat kasb etishini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, Madaniyat va sport ishlari va Xalq ta’limi Vazirligining 2002-yil iyun oyida qabul qilingan Respublika Oliy va oʻrta-maxsus, kasb-xunar va umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻquvchi va yoshlari oʻrtasida ma’naviy ma’rifiy ishlarni kuchaytirish toʻgʻrisidagi qoʻshimcha buyruqlari va shu asosda viloyat hokimligining qaror, tadbir-rejalari va koʻrsatmalari muzeylar va oʻquv yurtlari oʻrtasidagi mustahkam aloqa oʻrnatish, hamda madaniy ma’rifiy ishlarni hamkorlikda olib borishga keng imkoniyatlar yaratib berdi.
1996-yil 18-oktyabrda Toshkentda ochilgan Temuriylar tarixi Davlat muzeyi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ma’rifiy va ma’naviy ishlar borasida yirik tarixiy va madaniy yodgorlik, ilmiy tafakkur markazi boʻlib qoldi. Muzey eksponatlari juda katta tarixiy qimmatga ega boʻlib, Temuriylar davri ruhini beradi. Muzeyga qoʻyilgan tilla buyumlar, qurol-aslahalar, lashkarboshi va oddiy jangchilarning kiyim - boshlari, musiqa asboblari, oʻsha davrga xos jihozlar, Amir Temur, Bobur qoʻlyozmalari, Ulugʻbekning astranomik qurilmalari va boshqa madaniy boyliklar shular jumlasidandir.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq Oʻzbekistonning yangi tarixini yaratish, xalqimizning boy merosini oʻrganish, buyuk ajdodlarimizning tabarruk nomlari va obroʻ-e’tiborini qayta tiklash va shu negizda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish masalasi davlat siyosatining ustivor yoʻnalishi va vazifasi darajasiga koʻtarildi. Ma’lumki, diyorimiz jahon tarixi va sivilizasiyasining eng qadimiy maskanlari va markazlaridan biridir. Respublika hududida saqlanib qolgan yuzlab bebaho arxeologik me’moriy va yozma yodgorlik, amaliy san’at va xalq ijodiyoti namunalarining barchasi xalqimizning boy va betakror tarixiy ma’naviy merosidir.
Muzey faoliyatida ma’rifiy-madaniy loyihalar hamda dasturlar amalga oshiriladi. Ma’rifiy-madaniy loyihalar hamda dasturlar ma’lum bir yoshdagilar, aniq maqsadli guruhga moʻljallangan, yoshlarda ma’naviy qadriyatlarga asoslangan vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Eksponatlarni tomosha qilish va turli tadbirlarni oʻtkazishda ekskursovod tomonidan muzey pedagogikasining zamonaviy metodlaridan foydalaniladi. Tomoshabin muzey zallari boʻylab aylanarkan, ham tarixiy davr ruhini, ham axborot texnologiyalardan foydalanib amalga oshiriladigan metodikalar vositasida zamonaviy imkoniyatlarini his etishi bilan unda muzey madaniyati shakllanib boradi. Muzey xodimlari tomonidan muzey-pedagogik dasturlarini joriy etilgan boʻlib, dasturlar asosan oʻquvchi-yoshlar, talabalar auditoriyasiga moʻljallangan muzey zallari boʻylab interaktiv sayohat, turli tadbirlardan tashkil etiladi. Umuman olganda, muzeyda ma’rifiy sohada tashkil etiladigan va amalga oshiriladigan ishlarning mazmun-mohiyati juda koʻp qirralidir. Mazkur ishlarning asosiy shakllari: an’anaviy (ekskursiyalar, leksiyalar), ommaviy tadbirlar, oʻquv mashgʻulotlari kabilardan iborat.
Mamlakatimizda juda koʻplab muzeylar mavjud boʻlib, oʻz amaliyotlarini asosan oʻsib kelayotgan avlod tarbiyasi ishiga hissa qoʻshishga qaratganlar. Jumladan, “Aloqa tarixi muzeyi” ham oʻz ishida turli interaktiv tadbirlar, muzey zallari boʻylab sayohat, oʻquvchi va talabalar bilan uchrashuvlarga katta e’tibor qaratadi. Bu muhim ahamiyatga molik ishlarni oldindan tayyorlangan reja asosida hamda muzey-pedagogik dasturlarini yaratib, ularda oldinga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirishga intiladi. “Aloqa tarixi muzeyi”ga tashrif buyuruvchilarni asosiy qismini yoshlar tashkil etganligi sababli ham muzey pedagogikasida asosiy vazifa yoshlarning ta’lim-tarbiyasidagi dolzarb masalalarga qaratilgan. Muzey jamoasi tomonidan tashkil etiladigan tematik ekspozitsiya, koʻrgazma va tadbirlar yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasida muhim oʻrin tutadi.
Ma’lumki, aloqa sohasi tizimida akademik litsey, kasb-hunar kollejlari hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyat yuritadi. Ularda tahsil olayotgan oʻquvchi va talabalarga soha tarixiga oid bilimlarini yanada chuqurlashtirishda muzey qoʻshimcha bilim va ma’lumotlar beradi. Oʻsmir-yoshlarni keng jalb etish uchun barcha imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilgan. Shu maqsadda tizimdagi barcha ta’lim muassasalarining birinchi bosqich oʻquvchi-talabalarining muzeyga tashriflariga katta e’tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, muzeyda soha mutaxassislari, ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari boshchiligida oʻquvchi-yoshlar uchun turli mavzularda seminar-oʻqishlar oʻtkazish alohida koʻzda tutilgan.
Tashrif buyuruvchilarni yanada qiziqtirish maqsadida muzey faoliyatida muzey pedagogikasi elementlari keng qoʻllanilishiga harakat qilinadi. Muzey ekspozitsiyalarini tomosha qilgan oʻquvchilar bilan suhbatlar uyushtirib, ularga tarqatma savolnoma materiallar beriladi. Bu bilan ularning muzeyga tashrif buyurishdan olgan taassurotlari, taklif va mulohazalari haqida ma’lumotlar olinadi.
Muzeyda umumta’lim maktablari bilan hamkorlikni amalga oshirish boʻyicha ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Tashrif buyurgan oʻquvchilar zallarni aylanib chiqqanlaridan soʻng ular bilan savol-javoblar oʻtkaziladi. Ularga pedagogik metodlar asosida ishlab chiqilgan, qiziqarli ma’lumotlar boʻyicha rangli rasmlar bilan bezatilgan varaqchalar tarqatiladi. Varaqchalarni toʻldirgan oʻquvchilarda aloqa tarixiga oid olgan qoʻshimcha bilimlari boyitiladi. Mazkur oʻtkaziladigan qiziqarli tadbirlar muzey tashrifchisining diqqatini barqarorlashtirishi va bilim sohasida faol ishtirokchiga aylanishiga ragʻbatlantiriladi.
“Aloqa tarixi muzeyi”da ommaviy ilmiy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish va oʻtmish qadriyatlarini tashviq qilish maqsadida muzey pedagogikasi yoʻnalishi boʻyicha ishlar tashkil etilgan. “Muzey pedagogikasi” dasturlarida muzey ishi, soha tarixi, xalqimiz ma’naviyati, madaniyati va ma’rifati sohalariga alohida e’tibor qaratiladi. Albatta, muzeyshunoslik sohasida zamonaviy muzey pedagogikasi yoʻnalishi boʻyicha mamlakatimizda ham bir qator ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda. “Aloqa tarixi muzeyi”da ham mazkur yoʻnalish asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan hisoblanadi. Shu maqsadda muzey xodimlari jahondagi ilgʻor tajribalar, pedagog va psixolog olimlarning ilmiy izlanishlariga hamohang tarzda ishlar olib borilmoqda. Tarbiya maskani mutaxassislari bu yoʻnalish boʻyicha dolzarb boʻlgan masalalarni oʻz kelajak rejalariga kiritganlar.
Tarix muzeyi tashabbusi bilan uning qoshida “Moʻjizalar olamida” bolalar muzeyi ish boshladi. Bu esa yurtimizga pedagogikaning yana bir yoʻnalishi – muzey pedagogikasi kirib kelayotganligidan dalolatdir. Bu yoʻnalish dunyoning koʻpgina davlatlarida ommalashgan boʻlsa-da, hali yurtimizda oʻz oʻrnini topgan emas edi. Bolalar muzeyi ularning insoniyat tarixiga, tabiatga boʻlgan qiziqishini oshirish, dunyoqarashini shakllantirishning samarali vositalaridan biri sifatida tan olingan.
Tarix muzeyi qoshida ish boshlagan bolalar muzeyini yosh oʻzbekistonliklarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamiyatda roʻy berayotgan voqea va hodisalarga befarq qaramaslik, ularda mustaqil fikrlashni shakllantirish, madaniy va ma’naviy merosimizni qadrlash tuygʻularini rivojlantirishni oʻz oldiga maqsad qilib olgan. Bolalar muzeyi 4 boʻlimdan tarkib topgan. “Yosh arxeologlar”, “Yosh kulol”, “Yozuv tarixi”, “Oʻzbekiston ne’matlari” boʻlimlari bolalarga Oʻzbekiston tarixi, arxeologik obidalar, madaniy hayot va mamlakatimiz tabiati haqida batafsil ma’lumot beradi. Har bir boʻlimda oʻziga xos eksponatlar mavjud boʻlib, boshqa muzeylardan farqli ravishda ularni ushlab koʻrishga ruxsat etiladi. Shu bilan bir qatorda boʻlimlarda bolalar bilan interfaol mashgʻulotlar, master-klasslar oʻtkazish ham koʻzda tutilgan. Masalan, “Yosh arxeologlar” boʻlimida bolalar Oʻzbekiston hududidan topilgan qadimiy davlatlar tangalarini oʻrganish imkoniga ega boʻladilar. Mashgʻulotlarning oʻziga xosligi shundaki, bolalardan maxsus idishdan tangalarni topish va ta’riflash talab etiladi. Xuddi shunga oʻxshash holatni boshqa boʻlimlarda ham kuzatish mumkin. “Yozuv tarixi” boʻlimida ular yurtimiz tarixida muhim ahamiyat kasb etgan oromiy, soʻgʻdiy kabi yozuvlar bilan tanishib, ularni yozib oʻrganish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi islohotlarida ta’limni insonparvarlashtirish shaxsning ma’naviy dunyosini boyitishga qaratilganligi munosabati bilan, oʻqitishning shakl va metodlarini yangilash va zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ta’limga innovatsion yondashish oʻz aksini topgan.
Bu borada maktab oʻqituvchilari va muzey xodimlari hamkorligini kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalarida tashkil etishdagi innovatsion pedagogik texnologiyalarni amalda joriy etish muhim ahamiyatga ega. Bu oʻrinda maktab oʻqituvchilari oʻz faoliyatida muzey xodimlari bilan hamkorlikni kuchaytirib, oʻquv fanlari dasturlariga «ilovalar» tavsiya etishi va bu ilovalarga asoslanib, oʻz darslarini rejalashtirishlari muhimdir. Buning uchun oʻqituvchilar malakasini oshirish zarurati paydo boʻlib, bu maqsadda oʻqituvchilar uchun malaka oshirish institutlari yoki muzeylarda maxsus kurslar tashkil etilishi maqsadga muvofiq. Zero, hozirgi zamon oʻqituvchisi xalqimizning san’at, adabiyot, tarix va boshqa sohalari boʻyicha muzeylarda saqlanayotgan ma’naviy boyliklarimiz haqida umumiy ma’lumotga ega boʻlishlari bilan birga oʻquvchilarda shu ma’naviy boyliklarni oʻqish, oʻrganish va bilishga boʻlgan ehtiyojni ham paydo qilishlari zarur.
Maktablarda muzey pedagogikasi boʻyicha dasturlarni yaratish va amalga oshirish boʻyicha muzey xodimi va maktab oʻqituvchisining hamkorligiga yoʻnaltirilgan maktab oʻqituvchilari uchun maxsus kurslar tashkil etish zarurati paydo boʻldi. Buning uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarida pedagog-kadrlar tayyorlashda ularni ham maktab, ham muzeylarda ekspozisiyalar bilan ishlash uchun oʻqitish masalasi va bu masalani yechishda muzeylarning hozirgi davrda ma’lum bir ta’lim muassasasi sifatida faoliyat yuritishiga ham toʻgʻri keladi.
Bunda muzeylar oliy ta’lim muassasalarining fan sohalari boʻyicha muzeylar bilan oʻzaro aloqa oʻrnatishida shartnomalar asosida ish koʻrishlari maqsadga muvofiq. Masalan, tasviriy san’at fakultetlari san’at, xalq amaliy san’ati muzeylari bilan, tarix fakultetlari oʻlkashunoslik, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, filologiya fakul’tetlari Davlat adabiyot muzeyi va Davlat san’at muzeyi hamda geografiya, biologiya va boshqa fakultetlar ham boshqa sohaviy muzeylar, viloyatlarda esa oʻlkashunoslik muzeylari bilan shartnoma asosida ishlashlari va boʻlajak pedagog kadrlarni tayyorlashda muzey pedagogikasidan ta’lim berishlari, shu bilan birga institutlar tarkibida bu soha mutaxassislarini tayyorlashda maxsus boʻlimlar tashkil etishlari mumkin. Chunki hozirgi zamon oʻqituvchisi muzeylardagi mavjud san’at namunalari, ma’naviy boyliklarimizdan xabardor boʻlishi bilan birga ular haqida kengroq bilimga ega boʻlishi ham lozim.
Maktablarda muzey pedagogikasiga doir ishlarni olib borish oʻquvchilarning sohalar boʻyicha tassavurlarini boyitishda, bilimlarini mustahkamlashga koʻnikmalar hosil qilishlariga xizmat qiladi. Bu faoliyat ham oʻziga xos xususiyatga ega boʻlib, maktab oʻqituvchilari bilan muzey xodimlari hamkorligida maktablarda tashkil etiladigan ma’ruzalar, tadbirlar, ochiq darslar, amaliy koʻrgazmali chiqishlar va boshqa mashgʻulotlarni oʻz tarkibiga oladi. Lekin bu faqat muzey xodimlarining qoʻshimcha tadbirlari tarzida tashkil etilibgina qolmasdan, koʻproq ma’naviy tadbirlar sifatida maktabning oʻquv-tarbiyaviy ishlari bilan bogʻliq holda tuzilgan rejalariga muvofiqlashtirilib, uzluksiz ravishda olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Muzeylarning ta’lim-tarbiyaga yoʻnaltirilgan muzey pedagogikasiga maktablar ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi sifatida qarash hozirgi davrda oʻqituvchilarni innovasion faoliyatga tayyorlashda ayniqsa dolzarb boʻlib qolmoqda.
Maktab oʻqituvchilari oʻquv-tarbiya jarayonlarini muzey xodimlari bilan birgalikda rejalashtirishda quyidagilarni hisobga olishlari zarur:
    • oʻquvchilarda ma’naviy merosga hurmatni tarbiyalashda muzeylardagi tarixiy, adabiy, san’at namunalarini izchil oʻrganishni ular ongiga singdirish;


    • ma’naviy merosning tarixiy ildizlarini bilishga doir koʻnikma va malakalarni paydo qilish;


    • har bir tarixiy, adabiy, san’at asarlarining ijodkori, uning oʻziga xos xususiyatini anglab yetishni shakllantirish;


    • tarixiy, adabiy, san’at namunalarini bir butun, yaxlit ma’naviy meros sifatida tushunishlariga erishish.


Lekin muzeylarning birortasida ham maktab oʻqituvchilarning ish rejalari, yuqorida bayon etilgan yoʻnalishlar, tamoyillar asosida hamda imkoniyatlardan foydalangan holda oʻquvchilar bilan oʻquv tarbiyaviy, ma’daniy va ma’naviy ishlar olib borish faoliyati amalga oshirilmagan. Vaholanki, muzeylarni rivojlantirish konsepsiyasida Oʻzbekistondagi ma’naviy-madaniy, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlar yangi bosqichining maqsadlari bilan belgilanuvchi ustuvor vazifalar belgilab berilgan.


Agar muzey xodimlarining ishlari maktab oʻqituvchilari faoliyatlari bilan aloqador tarzda hamkorlikda olib borilsa, muzeylarda oʻquvchilar ta’lim jarayonida uchratadigan, lekin hech qachon koʻrmagan narsalari bilan tanishadilar. Shunga koʻra, maktab oʻqituvchilari va muzey xodimlari faoliyatida oʻzaro aloqadorlikni tashkil etishning oʻziga xos didaktik talablari, yoʻnalishlari, tamoyillari va imkoniyatlari mavjud boʻlib, bular pedagogikadagi an’anaviy metodikaga qaraganda innovasion xarakter kasb etadi.
Yuqoridagi fikrlar asosida aytish mumkinki, muzey muhitida bolalar tarbiyalanadi, ya’ni estetik idrok etish, muzey madaniyati, badiiy did shakllanishi asosida tarbiya beriladi. Ijodkor shaxs kamolotga erishib rivojlanadi, shuningdek, muzey yodgorliklarini koʻrish, eshitish, ma’lumot olish orqali bilish (ta’lim olish) faoliyati shakllanadi. Demak muzey va maktablar sharoitida pedagogik faoliyat – ta’lim-tarbiya va rivojlanishning yaxlit majmui boʻlib, shaxsni estetik tarbiyalash, bilim berish va rivojlanishiga asos boʻlib xizmat qiladi. Bularning barchasi muzey va ta’lim jarayonini oʻzaro aloqadorlikda olib borishda, oʻquvchilarni muzeylar vositasida ma’naviy merosga hurmat ruhida tarbiyalash metodikasiga ega pedagog kadrlarni hamda ta’lim muassasalari rahbar kadrlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish pedagogikasining muhim sohasi sifatida takomillashtirishda innovatsion yondashuvni taqozo etadi.

Yüklə 344,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə