Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi fargʻona davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti pedagogika kafedrasi muzey pedagogikasi fani boʻyicha



Yüklə 344,38 Kb.
səhifə50/54
tarix11.12.2023
ölçüsü344,38 Kb.
#145404
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Pedagogika-psixologiya fakulteti pedagogika kafedrasi-fayllar.org

Farg`ona - 2022 y.

Fan dasturi o’quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi. Farg’ona davlat universiteti Kengashining 2022 yil ____ ____________ 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.


Tuzuvchilar: O’rinova Nilufar Muhammadovna – “Pedagogika” kafedrasi dotsenti, p.f.n.,
Marayimova Kibriyo Islomjon qizi – “Pedagogika” kafedrasi o’qituvchisi.
Taqrizchilar: B.Xodjaev – TDPU kafedra mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor,
T.Egamberdiyeva – FarDU professori, pedagogika fanlari doktori.
Fan dasturi Pedadagogika kafedrasining 2022 yil ____ ________ dagi ________ son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashiga muhokama uchun tavsiya etilgan.

Kafedra mudiri: Tuychiyeva I.I.
Fan dasturi Pedagogika fakulteti kengashida muhokama etildi va foydalanishga tavsiya qilingan 2022 yil ___ _______ dagi _____sonli bayonnoma.

Fakultet kengash raisi: Maqsudov U.Q.



Kirish
Mazkur fan dasturida muzey pedagogika sohasidagi dolzarb muammolar, uning nazariy -metodologik asoslari, rivojlanish tarixi, zamonaviy muzey ta’limida innovatsion va axborot texnologiyalaridan foydalanish masalalari keng yoritiladi, bakalavrlar uchun ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar hamda mustaqil ish mavzularini o’z ichiga qamrab olgan.

Fanning maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad – muzey pedagogikasining nazariy – metodologik asoslari, rivojlanish tarixi va innovatsion va axborot texnologiyalaridan foydalanishni talabalarga o`rgatish.
Fanning vazifasi:
- muzey pedagogikasining nazariy – metodologik asoslari, rivojlanish tarixini chuqur o’rgatish;
- muzeyda ta’lim jarayonini tashkil etish, muzey dasturlarini yaratish ko’nikmalarini shakllantirish ;
- zamonaviy muzey ta’limida innovatsion va axborot texnologiyalaridan foydalanish malakasini shakllantirish.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
- Muzey pedagogikasining maqsadi va vazifalari, muzeyda ta’lim jarayonini tashkil etishning prinsplari, shakl, metod va vositalari, muzey pedagogikasining shakllanish tarixi hamda muzeylarning innovatsion faoliyatiga doir bilimga ega bo’lishi ;
- muzeyda ta’lim jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalarini qo’llash va muzey ta’lim faoliyatida axborot texnologiyalari hamda faol va interfaol metodlardan foydalanish ko‘nikmalariga;
- muzeyda ta’lim jarayonini loyihalash, innovatsion dasturlarni tuzish malakalariga;
- muzeyda ta’lim jarayonini tashkil etish metodikasi va innovatsiyalarni qo‘llash bo‘yicha kompetensiyalariga ega bo‘lishi lozim.



Yüklə 344,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə