Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi fargʻona davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti pedagogika kafedrasi muzey pedagogikasi fani boʻyicha



Yüklə 344,38 Kb.
səhifə25/54
tarix11.12.2023
ölçüsü344,38 Kb.
#145404
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54
Pedagogika-psixologiya fakulteti pedagogika kafedrasi-fayllar.org

Master-klass oʻzaro hamkorlik shakllaridan biri boʻlib, kasbiy tajribani olish va almashish, tashrif buyuruvchilarga ustozning oʻzi va uning professional tajribasi bilan tasdiqlangan ma’lumotlar va ayniqsa, amaliy ishlanmalarni metodik ravishda etkazish bilan bogʻliq turli vazifalarni hal etishga qaratilgan.
Muzey bayrami - muzey tomoshabinlari bilan ishlashning murakkab shakli, jumladan, ekskursiya elementlari, mavzuli kechalar, teatr tomoshalari va boshqalarni oʻz ichiga oladi. 1980-yillarga kelib. muzey faoliyati sohasiga muzey bayrami deb ataladigan kunni kiritishni oʻz ichiga oladi - muzey tomoshabinlari bilan ishlashning kompleks shakli, jumladan ekskursiya, tematik kecha, teatrlashtirilgan tomosha va boshqalar. Bunday tadbir, odatda, muzey ekspozitsiyalari va kolleksiyalaridan foydalangan holda senariy asosida amalga oshiriladi.
Oʻyin usuli muzeydagi ta’limiy faoliyatni faollashtiruvchi, muzey merosini idrok etish samaradorligini oshirishga qaratilgan interfaol texnologiyadir. Muzey oʻyinining oʻziga xos xususiyati shundaki, u ishtirokchilarning rol oʻynash xatti-harakatiga asoslangan boʻlib, oʻtmishga shoʻngʻish, tarixiy haqiqatlar bilan bevosita aloqada boʻlish tajribasini topish imkonini beradi.
Auditoriyani faollashtirishning yana bir usuli – muzey musobaqasi.
Muzey musobaqasi muzey ashyolari va muzey maydonlaridan foydalangan holda sintetik kommunikatsiya ta’limini anglatadi, uning asosini raqobat komponenti tashkil etadi, bu esa oʻz navbatida auditoriyani faollashtirishga qaratilgan.
Shunday qilib, muzey pedagogikasida interfaol usullar kelgusi mutaxassisning keng koʻlamli imkoniyatlarini oʻz ichiga oladi. Individual yondashuv talabaga u qiziqayotgan sohada "oʻsishni" imkon beradi. Va foizlar ijtimoiy faol kishini oʻqitish yoʻlidagi birinchi qadamdir. Odam atrofida sodir boʻlayotgan narsaga befarq emas.
Zamon oʻzgarishi bilan insonlarning ongi ham oʻzgarib bormoqda. Endilikda zamonaviy hayotda muzeylar koʻrgazma yaratishda an'anaviy vazifalar va funksiyalardan biroz chetga chiqib, jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga koʻmak beruvchi yanada keng dasturlarni amalga oshirishi zarur. XX asr oxiriga kelib muzey koʻrgazmalari jiddiy tadqiqot obyektiga aylandi. Muzey dinamik tarzda, ideal holatda toʻla qiymatli xususiyatga ega va turli muddatlarda mavjud boʻlishiga moʻljallangan ekspozitsion faoliyatning universal shakli hisoblandi va muzeyga jamoa qiziqishini kuchaytirib beruvchi “muzey kommunikasiyasining fenomeni sifatida qarash lozim”, degan xulosaga kelishga imkon berdi. Bugungi kun muzeylari faoliyati bilan bogʻlangan barcha muassasa va idoralar Internetgacha boʻlgan davrda shakllanib, bir paytlar muzeylarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning biroz oʻtgach, yangi “virtual” makonni oʻzlashtirishlariga toʻgʻri kelishi xayollariga ham kelmagan.
XXI asr muzeylar uchun innovatsiyalar asri deb belgilandi. Soʻnggi yillar mobaynida muzeyshunoslar tomonidan ommaviy auditoriyani jalb etishdagi koʻplab muhim masalalar koʻrib chiqilmoqda. Mazkur masalalar yuzasidan muzeyni tashkil etuvchi ilmiy va koʻngilochar vositalar haqida, muzeyning atrof muhiti va jamiyatning rivojiga qay darajada ta'sir etishi haqida bir qator fikrlar yuritilgan. Muzeylar elitar belgilardan ozod boʻlib, oʻtgan asrning klassik konsepsiyasidan yiroqlashgan holda muzey materiallarini namoyish etishning yangi usullari tatbiq etildi, madaniy-ta'limiy faoliyatning noan'anaviy dasturlari ishlab chiqildi, maxsus muzey strukturalari, qiziqarli turizm dasturlari yaratildi. 1990-yillarda muzeyshunoslikka kirib kelgan “virtual muzey” iborasi bugungi kunda zamonaviy muzeyshunoslikning muhim bir yoʻnalishiga aylandi.
Virtual muzey (virtual – huddi mavjud boʻlgandek) – real hayotda yoki global tarmoqda mavjud boʻlgan muzey haqida ma'lumot36.
Virtual muzey – bu elektron tashuvchilarda interfaol imkoniyatlarni qoʻllaydigan, foydalanuvchiga uch oʻlchovli zallarda harakat qilish, kerakli eksponatlar va ma'lumotlar bilan tanishishga imkon beradigan makon37.
Virtual muzey fenomeni Internet tarmogʻi va axborot texnologiyalari sintezi tufayli yuzaga keldi. Virtual muzeylarni mediamadaniyatning bir qismi, nashrning oʻziga xos turi hamda insonning atrof olamni anglashini yaxshilashga yoʻnaltirilgan kommunikasiyaning yangi koʻrinishi sifatida qabul qilish mumkin38.
Bugungi kunga kelib, virtual shaklda koʻrgazma tashkil etish real koʻrgazma tashkil etishdan koʻra osonroq va soddaroq boʻladi degan, fikrni ilgari suradiganlar ham koʻplab uchramoqda. Vaholanki, virtual koʻrgazma tashkil etish ishni ikki barobar koʻpaytiradi va koʻrgazmani tashkil etishda qatnashuvchilar sonini yanada oshiradi. Misol uchun, oddiy koʻrgazma tashkil etish uchun ma'lum bir ilmiy guruh (ilmiy konsepsiya yaratish uchun), dizayner va bir necha texnik xodimlar ishtirok etsa, virtual koʻrgazmani yaratishda yana ikkita mutaxassis, kompyuter dizayneri (eksponatlarni suratga olish va ularga kompyuter yordamida sayqal berish uchun) va dasturlovchi-animator kerak boʻladi. Internet tarmogʻidagi virtual muzeylarning aksariyati an'anaviy gipermedia texnologiyalarining qoʻllanilishiga asoslangan39.
Aslida, virtual muzeylarning ikki xil koʻrinishi mavjud ekanligini ta'kidlab oʻtish joiz. Ya'ni: huquqiy-normativ hujjatlar va ma'lum bir loyiha asosida muzeyni va undagi eksponatlarni uch oʻlchamli elektron koʻrinishda Internet sahifasiga joylashtirish; muzey ekspozisiya va koʻrgazmalarini boyitish, ma'lumotlarni keng ochib berishda innovasion texnologiyalarning qoʻllanilishi40. Yuqorida biz birinchi turdagi virtual muzeylar haqida toʻxtaldik. Ikkinchi koʻrinishdagi virtual muzeylar koʻproq tashrif etuvchilarning tanqidiy fikrlari asosida vujudga kelgan. Bu borada dastlab AQSh da tadqiqot olib borilgan. Unda asosan, tashrif etuvchilar tomonidan bildirilgan turli e'tirozlar, jumladan, muzey ekspozisiyasining keng yoritilmaganligi, koʻrgazmaning badiiy yechimi talabga javob bermasligi va bir vaqtning oʻzida ekskursiyalarning koʻpayib ketishi va ularning bir biriga halaqit berishi masallari oʻrganilgan. Soʻrovnama tarzida oʻtkazilgan ushbu tadqiqot natijasida tomshabinlarga ekskursiya davomida koʻp ma'lumot bermasdan, balki ularning xohishiga koʻra ekskursiya oʻtish kerakligi, ularni ekskursavodning ma'ruzasi emas, balki eksponat haqidagi ma'lumot koʻproq qiziqtirishi aniqlangan. Bugungi rivojlangan asrda “Muzey va tomoshabin” masalasini hal etishda zamonaviy muzeyshunoslikda “Aqlli servis” yoʻlga qoʻyila boshladi. Ya'ni muzeylarda audiogidlar, sensor kiosoklar, interfaol monitorlar, gologrammalar joriy qilina boshlandi.
Texnologik bazaning turiga qarab, audiogidlarni ikkita asosiy guruhga boʻlish mumkin: - maxsus qurilmalarga asoslangan audiogidlar ("qattiq" audiogidlar); - standart mobil qurilmalar – smartfon, planshetlar (mobil audiogidlar) negizidagi audiogidlar. Koʻpincha maxsus qurilmalar negizidagi audiogidlarni yirik muzeylarda uchratish mumkin, chunki bunda jihozlarni sotib olish va texnik xizmat koʻrsatish, asbob-uskunalarni ijaraga berish punktlarini tashkil qilish, quvvat oldirish va ta'mirlash kabi masalalarni hal qilish bilan bogʻliq sezilarli xarajatlar muzey zimmasiga yuklatiladi. Muzeylarda audiogidlar tashrif buyuruvchilar uchun koʻrsatiladigan xizmatlardan biri boʻlib, ular alohida haq evaziga taqdim etiladi. Ommalashib borayotgan mobil audiogidlarning tashrif buyuruvchilar smartfonlariga oʻrnatilishi mumkinligi muzeydan sarf-xarajat, ijara, texnik xizmat koʻrsatishni talab qilmaydi. Shu bilan qatorda, muzeydan oʻz mobil ilovasini ishlab chiqish va turli mobil platformalarga moslab muntazam yangilab borish talab etiladi41.
Sensor kiosoklar va interfaol monitorlar esa tomoshabinga kerakli ma'lumotni xohishiga koʻra tanlash, koʻrgazmada faol ishtirok etish, real koʻrgazmada namoyish etilmagan ashyolar va tarixiy jarayonlar bilan tanishish, muzey olamida oʻzini estetik va ma'nan erkin his qila olish imkonini beradi. Rivojlangan mamlakatlar tadqiqotchilarining bu boradagi tajribasi shuni koʻrsatadiki, muzey xodimlari koʻrgazmalarni tashrif buyuruvchilarning ongiga ta'sir etishidan avval ularni nimadan ta'sirlanishini bilishlari zarur, insonlar mavzuga emas, koʻproq buyumlarga qiziqadilar va ularni koʻrishga koʻp vaqtlarini sarflaydilar. Qaysi ashyo ularda koʻproq qiziqish uygʻotsa, shu buyum toʻgʻrisida koʻproq ma'lumot olishga intilishlari va bunda informatsion texnologiyalardan foydalanish samarali natija berishi ma'lum boʻldi. Tashrif buyuruvchilarning muzey toʻgʻrisidagi ma'lumotni qabul qilishida kerakli sharoit yaratilishi, auditoriyaning muzey kommunikatsiyasi bilan uzviy bogʻlanishida, zamonaviy texnologiyalarning tatbiq etilishida muzey xodimlari mas'ul ekanligini ta'kidlab oʻtish oʻrinlidir.
XX asrning 60-yillari oxirida muzeyshunoslikda kommunikativ nazariyani kanadalik olim D.F.Kameron42 birinchi boʻlib ishlab chiqdi. Uning ishlari muzeyshunoslik nazariyasi rivojlanishida haqiqiy burilish yasab, muzeyga boshqacha nigoh bilan qarash, ya'ni bu joy muzey eksponatlari bilan muloqot oʻrnatish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan maskan sifatida yondashishga olib keldi. Bu muloqot asosida muzeyga tashrif buyuruvchidan ashyolar “tilini bilish” talab qilinsa, koʻrgazma namoyishi tashkilotchilaridan ashyolarni soʻzsiz tushuna oladigan qilib namoyish etish talab qilinishi yotadi. Masalaga bunday yondashish D.F.Kameronga bir tarafdan, muzey faoliyatini mohirona tashkil etilishini, ashyolarni toʻplash va saqlashni ta'minlash, ikkinchi tomondan esa, muzey bilan odamlar orasida muloqot muhitini yaratish imkoniyatini berishi tahlil qilindi. Aslida, kommunikatsiya (lotincha sommunico – aloqadorman, muloqot qilaman) bu – ma'lumotni bir ongdan ikkinchisiga yetkazib berishdir.
Kommunikatsiya albatta qandaydir vositalar boʻyicha amalga oshiriladi, uning sifatida materiallar, obyektlar, mantiqiy konstruksiyalar, belgili tizimlar, mahalliy shakllar va boshqa namoyon qiluvchi koʻrinishlar boʻlishi mumkin. Kommunikatsiyaning asosi bu – sub'ekt uchun qoʻlga kiritgan ma'lumotni tushunishiga mavjud imkoniyatlarning yaratilishidir43. Bu ish avvalambor namoyish etish muammosiga oid boʻlib, mazkur jarayonda asosiy vazifa tarixni, san'atni yorituvchi ekspozisiyalarni mohirona yarata oladigan tarixchilar, dizaynerlar, rassomlar zimmasiga tushadi. Chunki, ular ekskursovodlar singari ekspozisiyaga joylashtirilgan eksponatlar ma'nosini soʻz bilan ifodalab berishmaydi, balki axborotni tomoshabinlarga soʻzsiz yetkazishni ta'minlaydilar. Ularning vazifasiga (tarixchilar, ilmiy xodimlar va san'atshunoslar yordamida) namoyish etish jarayonining ta'sirchanligini va anglash malakasini oshirish kiradi.
XX – XXI asr muzeylarida kommunikatsiyani rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalar muhim oʻrin tutadi. Bu borada AQSh va Yevropa muzeylarida bir qancha ishlar amalga oshirilgan. 2002-yil Germaniyaning Bauxaus universiteti (Veymer shahri) qoshida 3D oʻlchamli vitrinaning keng ommaga namoyish qilinishi muzey ekspozisiyasini yanada ta'sirliroq koʻrsatish imkonini berdi. Arxeologlar tomonidan topilgan dinozavr bosh chanogʻi 3D oʻlchamli vitrinaga joylashtirilgan. Vitrinaning ichida rekonstruksiya qilingan dinozavr suyaklari va mushaklari galogramma orqali koʻrsatilgan. 2011-yil 10-aprelda esa zamonaviy namoyish texnologiyalaridan biri – “Dreamoc” vitrinasi namoyish qilindi. Mazkur golografik tasvirni qaytaruvchi vitrina – yangi avlod displeylari boʻlib, u reklama sohasida, muzey ishida va boshqa maqsadlar uchun qoʻllanildi.
2011-yilda yaratilgan “Google” tashkilotining “Art Project” loyihasi esa turizm va muzeyshunoslik sohasini tubdan oʻzgartirdi. Yuqorida qayd etilgan skanerlar yordamida elektronlashtirilgan eksponatlarni veb sahifaga joylashtirib, ularni kompyuter ekranidan chetlanmagan holda muzey zallarida sayr qilish intererlar, kartinalar, haykaltaroshlik asarlarini tomosha qilish, ularning yaratilish tarixi haqida, rassomlar hayoti va ijodi haqida mutolaa qilish, fikr-mulohazalarni yozib qoldirish, taassurot almashish, maslahat berish imkoni yaratildi. Dastlab, bu loyiha jahonning 17 ta yirik muzeylarini oʻz ichiga qamrab olgan boʻlib, u doimiy ravishda koʻpayib bormoqda. Jumladan, Smitsonov institutidagi Frier san'at gallereyasi, Metropoliten san'at muzeyi, Frik kolleksiyasi, Zamonaviy san'at muzeyi (AQSh), Qadimgi milliy gallereya, Berlin kartinalari gallereyasi (Germaniya), Qirolicha Sofiya muzeyi, Tissen Bornemislar muzeyi (Ispaniya), Milliy galereya, Teyt galereyasi (Buyuk Britaniya), Amsterdam Davlat muzeyi, Van Gog muzeyi (Niderlandiya), Tretyakov gallereyasi, Ermitaj (Rossiya), Versal saroyi (Fransiya), Uffisi galereyasi (Italiya), Kamp muzeyi (Praga). Ilmiy tadqiqotlar jarayonida mazkur “Art Project” loyihasi kabi loyihalarni yurtimiz muzeylarida keng joriy etilishi, oliy va oʻrta maxsus ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan oʻquvchilarga, qolaversa viloyatda, chekka qishloqlarda yashaydigan tarix va san'at ixlosmandlariga birdek foydali boʻlishi aniqlandi.
Yevropa va AQSh muzeylarining faoliyatida zamonaviy texnologiyalarning oʻrni turli muzeylar misolida koʻrib chiqilib, tajribalari oʻrganildi. Xususan, Britaniyadagi Britaniya muzeyi, Fransiyadagi Luvr muzeyilarining mobil ilovalarining tuzilishi, Leydendagi “Etnologiya” va “Naturalis” muzeyi, Stokgolm musiqa muzeyi, Polshadagi Frederik Shopen muzeylari ekspozisiyalarida multimedia vositalarining qoʻllanilishi, AQShdagi Meropoliten muzeyi, Lyus nomli Amerika san'ati markazida interaktiv koʻrgazmalarni tashkil etilishi, audiogidlardan foydalanish, QR-kodlarning joriy qilinish tajribasi oʻrganildi. MDH va Osiyo mamlakatlarida soʻnggi yigirma yil ichida muzey sohasida kommunikasiyaning yangicha yoʻnalishi – audiovizual kommunikasiya vujudga keldi. Bu 1990 yillarda vujudga kelgan “informasion portlash” koʻrsatkichlaridan biri sifatida namoyon boʻldi. Muzeylardagi audiovizual kommunikasiya san'at olamining yangi shakli boʻlib, an'anaviy ogʻzaki kommunikasiya uchun zamonaviy imkoniyatlarni ochib berdi.
Bu jarayonda informatsion va interaktiv texnologiyalarni qoʻllash muzeyni madaniy, siyosiy va ijtimoiyiqtisodiy hayotda faol ishtirok etishga chaqiradi. Oʻzbekiston muzeylari Oʻzbekiston mustaqilligiga erishganidan soʻnggina oʻzining haqiqiy faoliyatini boshladi. Oʻzbek xalqi tarixi, madaniyati va qadriyatlariga e’tibor mustaqil Oʻzbekistonning davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Mustaqillik sharofati bilan oʻzbek xalqining asrlar davomida butun sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi muzey ekspozitsiyalarida oʻzining aksini topdi44.
Muzeyshunoslik – jamiyatning ta’sir doirasidagi ma’rifat, ta’lim, tarbiya hamda madaniyatning umumlashgan rivojlanish bosqichini oʻtovchi sohasidir. Muzeylarni davr talabidan kelib chiqqan holda yanada takomillashtirish, ularning qiyofasini, ekspozitsiyasini xalqaro standartlarga moslashtirish, fondlarini boyitish, ashyolarini ilmiy oʻrganish, asrab-avaylagan holda zamonaviy uslubda ta’mirlab kelajak avlodlarga etkazish, jahonga namoyish etish yoʻllarini bir tizimga solish muhim masalalardan hisoblanadi. Zamonaviy muzey ishini takomillashtirishning eng asosiy omillaridan biri bu – kadrlar tayyorlash, muzey xodimlarining zamonaviy axborot texnologiyalarini oʻzlashtirishi hamda maxsus dastur yaratilishi yoki sotib olinishidan iboratdir. Muzey xodimlari har erda va har doim millat hamda mamlakatning genofondi boʻlmish muzeylarning ulkan imkoniyatlarini ochib bera olishi lozim45.
Muzeylar nufuzini oshirish, ularni zamonaviy talablar doirasida jihozlash, rivojiga koʻrsatgan ta’sirini belgilashda muhim rol oʻynaydi. Oʻzbekistonda turizmni yuksaltirish, uni xizmatlar eksportining asosiy omiliga aylantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishdagi rolini oshirishning muhim yoʻnalishlaridan biri – tarmoqda innovatsion jarayonlarni kuchaytirishdan iborat. Turizmning rivojlanishiga asos boʻlayotgan qadimiy, tarixiy meros – ochiq osmon osti muzeylari borasida innovatsiyalarning rivojlanishi tarmoqdagi xoʻjalik sub’ektlari faoliyati samaradorligini oshirish, barcha resurslaridan unumli foydalanish, turistik mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish xizmatlar sifatini koʻtarishning asosiy omili. Hozirgi kunda mamlakatimizda turistik xizmatlar bozorini imkoniyatlar darajasida kengaytirishni tarmoqda innovatsion faoliyatni jadal rivojlantirishdan ajralgan holda tasavvur qilib boʻlmaydi. Oʻzbekistonda turizmni innovatsion asosda rivojlantirish, sayyohlarning tarixiy shaharlarga boʻlgan qiziqishini kuchaytirishda virtual namoyishlar, multimedik dasturlardan foydalanish yoʻlga qoʻyib borilmoqda. Sohani rivojlantirishda aynan innovatsiyalar bilan bogʻliq bir qancha imkoniyatlar amalga oshayotgani Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan turistik firmalarning Internet sahifasiga tarixiy shaharlarimiz haqidagi ma’lumotlar kiritilgani bilan izohlanadi. Ta’kidlash joizki, sayyohlik faqat ma’lum bir madaniy obyekt yoki tarixiy obidalar hisobiga rivojlanib qolmaydi, balki soha taraqqiyoti infratuzilmalar, shart-sharoit va e’tiborga ham bevosita bogʻliqdir.
Turizmda axborotlar tez va uzoq masofalarga uzatilishi lozim. Internet-texnologiyalar turizmni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarni yaratib berdi. Aynan Internet-texnologiyalar tufayli turistik xizmatlarni iste’molchilarga multimediyali reklama qilish boʻyicha axborotlarni yigʻish va taqdim etish elektron tizimlarini qoʻllash imkoniyatlari paydo boʻldi. Bu yoʻnalishda virtual vositalardan, ya’ni turistik firma, mehmonxona saytlarini keng joriy qilish, unda tashrif buyurilayotgan shaharlarning tarixini toʻla ochib berish, qadimiy obidalarning virtual koʻrinishlarini saytlarga kiritib borish lozim boʻldi. Bu sayohatchilar uchun oʻrtadagi vositachilarsiz turistik xizmatlar haqida xilma-xil axborotlarni olish, ularni tanlash va ehtiyoj paydo boʻlganida xizmatlarga buyurtmalar berish imkonini yaratib berdi. Oʻzbekiston tarixi va madaniyatini Internet tizimi orqali tanishtirish va zamonaviy dasturlar yaratish istiqbolda muzeylar faoliyatiga yangilanish jarayonlarini tatbiq etishning muhim omilidir. Ta’kidlab oʻtish joizki, muzeylarning Internet tizimidagi keng qamrovli ma’lumotlar bazasi xorijiy sayyohlarning Oʻzbekiston tarixiy-madaniy boyliklari bilan tanishishga boʻlgan qiziqishi ortib borishiga xizmat qiladi.46
XX – XXI asr rivojlangan mamlakat muzeylari an’anaviy vazifalar va funksiyalardan biroz chetga chiqib, jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga koʻmak beruvchi axborot tizimini muzeylarda tatbiq etganligi yaqqol koʻzga tashlanadi. Jahon muzeyshunosligiga 1990-yillarda kirib kelgan “virtual muzey” iborasi bugungi kunga kelib zamonaviy muzeyshunoslikning muhim bir yoʻnalishiga aylandi. Virtual muzeylarni yaratishda cheksizlik imkoniyatlari ochib berildi. Bu muzey maydonining chegaralanganligi sababli ilgari namoyish etilmagan muzey fondlarida saqlanib yotgan eksponatlarni elektron tarzda namoyish etish yoki ularning elektron nashrlarini, muzey boʻylab virtual turlarni muzey saytlariga joylashtirish orqali xarakterlanadi. Virutal muzeylar avvalo imkoniyati cheklangan tomoshabinlarga oʻzlari istagan muzey va u erda namoyish etilgan san’at asarlarini koʻrish, yetarlicha ma’lumotga ega boʻlish va muzey xodimlari bilan muloqot qilish imkonini yaratdi. Virtual muzeylar bir necha kasb vakillari – tarixchi, san’atshunos, dizayner va texnik loyihalovchilarning birgalikda ishlab chiqqan ilmiy konsepsiyasiga tayangan holda yaratilishi ilmiy asoslandi.
Virtual muzey pedagogikasining joriy qilinishi, uni turli ma’naviy-ma’rifiy joylarda, maktablarda, maktabgacha ta’lim muassasalarida tatbiq etilishi va natijada muzey toʻgʻrisidagi bilim va koʻnikmalar elektron tarzda qabul qilinishi yoshlarda vatanparvarlik, milliy gʻurur tuygʻularini oʻstirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston muzeylari faoliyatida namoyon boʻlayotgan mazmunan va shaklan eski, qotib qolgan tasavvurlarni bartaraf etish, muzeylarda toʻlaqonli ish olib borish, ijtimoiy madaniyat muntazam ravishda oʻzgarayotgan bir paytda muzey ishini faollashtirish hamda turli muhim nazariy va amaliy muammolarni echish, zamonaviy muzey ishi sohasida izlanishlar olib borish, qulay konstruktiv echimni topish va Oʻzbekiston muzeylarini jahon muzeylari qatoriga qoʻshishga muzeylarda innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi orqali erishiladi.
Bugungi kunda muzey auditoriyasi bilan ishlashga qaratilgan madaniy-ma'rifiy tadbirlarning xilma-xil shakllari mavjud, biroq ularning barchasi ekskursiyalar, ma'ruzalar va konsultasiyalar kabi shakllarga asoslanadi. An'anaviy ekskursiyalar qatorida muzeyda bugungi kunda eng samarali va ayni paytda talab katta boʻlgan ta'lim interfaol shakllari: ilmiy oʻqishlar (konferensiyalar, sessiyalar, uchrashuvlar), klublar (klublar, studiyalar), musobaqalar (olimpiadalar, viktorinalar), mashxur insonlar bilan uchrashuvlar, konsertlar (adabiy kechalar, teatr tomoshalari, kinofilmlar), muzey bayramlari va tarixiy oʻyinlarni ham qayd etishimiz lozim. Muzey interaktivligi-muzey makonidan yaxshiroq foydalanish uchun shaxsiy tajriba orttirish maqsadida tinglovchilarning muloqot jarayonida faol ishtirok etishini oʻz ichiga olgan texnologiyadir.
Muzeyga ekskursiyalar oʻtkazishda axborot texnologiyalarining joriy etilishi muzey kolleksiyalarini hisobga olish va boshqarishni tashkil etishda ijobiy oʻzgarishlarga, ilmiy tadqiqotlarning rivojlanishiga va yangi muzey ekskursiyalarining paydo boʻlishiga olib keladi. Muzeylarni global axborotlashtirish va ularning axborot resurslaridan foydalanish oʻquvchilarni ma'naviy va madaniy tarbiyalashda ijtimoiy - madaniy muassasalar sifatida muzeylarning asosiy vositasidir. Muzey pedagogikasi pedagogik vazifalardan birini, ya'ni: bolalarni tarixiy va madaniy merosni, ularning "ildizlarini" oʻrganishga qiziqtirish, ularning ona yurti, shahri, ajdodlari, oilasi tarixini muzey orqali bilish imkonini beradi.
Muzey madaniy-ma'rifiy faoliyatining yetakchi shakli ekskursiya hisoblanadi. Bu muzey devorlari bilan cheklanib qolmay, muzey- madaniy hordiq chiqarish muassasalari va oʻquv muassasalari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar sharoitida bilim va tasavvurning eng samarali namoyon boʻlishidir. Ekskursiya - bu atrof-muhitni oʻrganish, tabiat, tarix, kundalik hayot, diqqatga sazovor joylarning xususiyatlari bilan tanishish jarayoni va materialni idrok qilishning oʻtkirligini sezilarli darajada oshirishga hizmat qiladi. Maktab sayohatlari nafaqat darsliklardan chalgʻitish, balki yangi tajriba va yorqin taassurotlar orttirishning yoqimli usuli boʻlib, tarix, adabiyot, geografiya, biologiya va boshqa maktab fanlariga oid materiallarni chuqurroq va yaxshiroq oʻzlashtirishga yordam beradi. "Pedagogika" darsligining muallifi V.A.Slastenin ekskursiyani "tarbiyaviy yoki ta'lim maqsadiga muvofiq muzeylar, koʻrgazmalar va sayoxatlarda oʻtkaziladigan maxsus oʻquv faoliyati" deb ta'riflaydi47. Hozirgi kunda mazmuni, shakllari, mavzulari, oʻtkazish usullari bilan boyitilgan ekskursiya turistik faoliyatning ajralmas qismi hisoblanadi. Bugungi kundagi ekskursiya sayyohlar koʻz oldida turgan obyektlarni tahlil qilish, shuningdek, ular bilan bogʻliq voqealar haqida mohirona hikoya qilishga asoslangan qiziqarli joylar, tarixiy va madaniy yodgorliklarni uslubiy jihatdan namoyish etishdir.
Muzey ekskursiyasi-muzeyning madaniy-ma'rifiy faoliyati shakli boʻlib, oldindan rejalashtirilgan mavzu va maxsus yoʻnalish boʻyicha mutaxassis rahbarligi ostida muzeyni jamoaviy oʻrganishga asoslangan. Muzey ekskursiyasining oʻziga xos hususiyati koʻrgazma va hikoyaning uygʻunligidir. XX asrning 70-yillari oxiri va 80-yillari boshlarida muzeylarda tashkil etiladigan ekskursiyalar yanada faollashdi. "Ekskursiyalarni tayyorlash va oʻtkazish", "Ekskursiyalar asoslari", "Ekskursiya ishlarini tashkil etish" mavzularida ekskursiyalarni tashkil etish boʻyicha bukletlar, koʻrsatmalar monografiyalar chop etildi. Ekskursiya faoliyatining rivojlanishi tarixiy, madaniy va tabiiy yodgorliklar, ansambllar, muzeylar, shuningdek, turli koʻrgazmalar ochilishi bilan birga olib borildi.
Ekskursiya faoliyatidagi innovatsiyalarning maqsadi an'anaviy muzey makonini zamonaviy ta'lim muhitiga integratsiyalashning yangi modelini yaratish boʻlib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va jamiyatni jalb etish orqali oʻquvchilarning tarixga boʻlgan qiziqishini oshirishga yordam beradi48. Ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar sifat jihatidan turli tamoyillar, metod va vositalarga asoslanadi va quyidagilar bilan tavsiflanadigan ta'lim samaradorligiga erishish imkonini beradi:
  • bilimlarning maksimal miqdorini oʻzlashtirish;


  • maksimal ijodiy faoliyat;


  • amaliy koʻnikma va malakalarning keng doirasi.


Muzey pedagogikasida innovatsion faoliyat vazifalari:


  • muzey pedagogikasiga kirish orqali ta'lim sohasini kengaytirish;


  • an'analarni saqlab qolish, asl ma'naviy qadriyatlarga qaytish;


  • yangi muzey auditoriyasini yaratish va muzey maydonini kengaytirish;


  • -oʻqituvchilarning maxsus muzey-madaniy, ma'rifiy dasturlarni, ekskursiyalar va koʻrgazmalarni, talabaning erkin, ijodiy, tashabbuskor shaxsini rivojlantirish uchun muzey pedagogik texnologiyalari sinovdan oʻtkazadigan maxsus ta'lim makonini yaratish.


Ekskursiyalar oʻtkazishning innovatsion shakllari talabalarga qoʻllanma bilan faol oʻzaro muloqotga kirishish va ekskursiya obyektlarini, muzey eksponatlarini mustaqil tadqiq etishga yoʻnaltirish va oʻrganish imkonini beradi. Innovasion shakllar ekskursiyani yanada qiziqarli va esda qolarli qiladi, shuningdek, ta'lim jarayonining moslashuvchanligini ta'minlaydi va zamonaviy ijtimoiy-madaniy sharoitlarda oʻquvchilarning shaxsiy rivojlanishidagi dinamik oʻzgarishlar tufayli ijobiy natijaga erishishga qaratilgan.


Ta'lim muassasalari muzeylarida muzey pedagoglari axborot texnologiyalaridan foydalanishi quyidagi sohalarda muhimdir:
    1. Kompyuter texnologiyasidan foydalanish orqali muzey kolleksiyalarining elektron ma'lumotlar bazasini yaratish, muzey ashyolari tavsiflari, audio va video yozuvlar toʻplami, fotosuratlar toʻplami, muzey fondida mavjud elektron kutubxonani shakllantirish mumkin.


    2. Maxsus muzey muhitini shakllantirgan holda elektron koʻrgazma yaratish, muzeyning virtual diqqatga sazovor joylarini yaratish.


    3. Veb-sayt mehmonlari va maktab muzeyi aktivlari oʻrtasida elektron kataloglar, muloqot forumlarini yaratish va shakllantirish mumkin.


Oʻquv ekskursiyalarining innovasion shakllari – “Teatrlashtirilgan ekskursiya”. Ekskursiyalar davomida teatrlashtirish eng mashhur innovatsion yoʻnalishga aylandi. Innovatsion teatr sayohatlari koʻplab muzeylarda ishlab chiqilib, muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Teatr ekskursiyalari samaradorligining asosiy sharti tarixiy rekonstruksiyalarning yuqori ilmiy darajasidir. Teatrlashtirilgan animasiya loyihalari boshqa tarixiy davrga sayohat qilish, qiziqarli voqealar ishtirokchisi boʻlish va shuningdek muayyan hudud va tarixiy davr xususiyatlari haqida koʻproq bilib olish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Muzey teatr bayramlari – maktab oʻquvchilari orasida eng keng tarqalgan va mashhurdir. Koʻpincha teatr bayramlari ma'lum kalendar sanalariga – hosil bayrami, kuz kuni, yangi yil va boshqalarga bagʻishlanadi. Muzey an'anaviy koʻrgazmalari yoki ekskursiyalarida teatr elementlari – kichik-tomoshalar, kostyum toʻplamlari, tarixiy shaxslar bilan choy ziyofatlari va boshqalar kiradi. Ba'zan ekskursiyalar butunlay teatr harakatlariga aylanadi, lekin ayni paytda ularning bilim ahamiyati saqlanib qoladi. Muzeylardagi teatr tomoshalari va boshqa shu kabi koʻrsatuvlarning muhim farqi-turli hil mavzularda koʻrgazmalardan foydalanish, nodir va hatto noyob eksponatlar bilan tanishish natijasida oʻquvchilarda oʻz mamlakatidan faxrlanish, ajdodlari an'analariga hurmat tuygʻusi tugʻiladi. Oʻquvchilarga “sayohat qilish” davrida kiyiladigan kostyumini tanlash imkoni beriladi, masalan – oʻrta asr risari, ibtidoiy odam, qirol yordamchisi va hokazolarning rolini sinab koʻrish uchun taklif etiladi49.



Yüklə 344,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə