O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti fizika matematika fakulteti



Yüklə 284,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/22
tarix25.12.2023
ölçüsü284,92 Kb.
#161266
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
607d4938802b4

1-topshiriq:
Mening tug’ilgan yilim 11111000100
2
da. Joriy yil 7E2
16
bo’lsa mening yoshimni aniqlang. 
Masalani echimi: 
1. Tug’ilgan yil 11111000100
2
2-li sanoq sistemasidagi sonni 10-sanoq 
sistemasiga o’tkaziladi.
1*2
10
+1*2
9
+1*2
8
+1*2
7
+1*2
6
+0*2
5
+0*2
4
+0*2
3
+1*2
2
+0*2
1
+0*2
0
→1988
10
11111000100
2
→1988
10


2. Joriy yil 7E2
16
16-li sanoq sistemasidagi sonni 10-sanoq sistemasiga 
o’tkaziladi. 7E2
16
→2018
10
7E2
16
→2018
10
3. 2018
10
-1988q30 Javob: Mening yoshim 30 da 
Yuqoridada berilgan masalani boshqa usullar bilan ham echish mumkin, 
ya’ni berilgan ikkilik sanoq tizimidagi sonni 16 sanoq tizimiga o’tkaziladi va 
natijani joriy yildan ayriladi. Hosil bo’lgan 16 li sonni 10 li sanoq tizimiga 
o’tkaziladi. 
Ushbu berilgan topshiriqni bajarish jarayonida o’quvchilarda sonlar ustida 
arifmetik amallarni bajarish ko’nikmalari shakllantiriladi. 
2-topshiriq. Yqlog2X funktsiya berilgan. X
ϵ[2:15] da funktsiyaning 
qiymatini hisoblang va grafigini quring. 
Ushbu berilgan masalani Excel elektron jadvalida bajariladi. 
Axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga tadbiq etishning muhim 
yo’nalishlaridan biri elektron o’quv adabiyotlar, qo’llanmalar va kurslar 
yaratishdir. Elektron o’quv adabiyotlar va qo’llanmalar ma’ruza mazmunini 
boyitish, yangi materiallar bilan to’ldirishga imkoniyat yaratadi. Bundan ko’rinib
turibdiki, ta’lim muassalarida yagona katalog tizimiga ega bo’lgan 
kutubxonalarning paydo bo’lishi va lokal tarmoqning yaratilishi kutubxonalarga 
bog’liq muammolarni yechishga olib kelishi bilan bir qatorda, ular faoliyatining 
samaradorligini oshirishga va muvofiqlashtirishga imkon beradi. 
Ta’lim tizimida AKTning qo’llanilishi o’quv jarayonini pedagogik dasturiy 
vositalar yordamida amalga oshirishdek muhim imkoniyatni yaratdi. Bunday 
yondashish o’quv jarayoni didaktik kategoriyalarining o’zaro aloqasini va 
bog’liqligini o’rganishga olib kelishi bilan bir qatorda, o’quv jarayonini to’liq 
darajada o’rganishga imkoniyat yaratadi. Shu o’rinda AKTining multimediali 
vositalaridan foydalanib o’qitishning an’anaviy uslub bilan o’qitishga ko’ra farqini 
tahlil qilganda quyidagi asosiy: 

dars o’tishda ma’ruzachining o’quv materiallarini tushuntirish 
jarayonining yengillashtirilishi; 



o’quv jarayonida original o’rnida kompyuter tomonidan 
modellashtirilgan obyektning imitasiya qilinishi va bu jarayonni ichkarisidan 
kuzatish mumkinligi; 

o’quv jarayonida berilayotgan materiallarni takroriy holda berish 
imkoniyatining mavjudligi; 

kompyuter texnologiyalari asosida o’tkazilayotgan darslarni 
o’zlashtirish darajasining yuqoriligiga erishilishi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, o’quv jarayonini AKT asosida tashkil qilishdan 
asosiy maqsad o’qish sifatini va samaradorligini oshirish bilan bir qatorda,
kompyuter va axborot texnologiyalarini o’qituvchi-o’quvchilarning kundalik ish 
quroliga aylantirishga erishishdan iborat. 
Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyotining rivojlanishi, yosh avlodga
ta’lim-tarbiya berishda o’qituvchilar oldiga yangi talablar qo’ymoqda. Ayniqsa
matematika fani o’sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda o’quv fani 
sifatida keng imkoniyatlarga ega. Bu fan o’quvchilar tafakkurini rivojlantirib, 
ularni maqsadga yo’nalgan matiqiy fikrlash malakalarini shakllantiradi.
Shu sababli o’quvchi yoshlarni matematika faniga bo’lgan qiziqishlarini 
kamol toptirish har bir o’qituvchining eng yuksak vazifalaridan biri bo’lmog’i 
kerak. Matematika fanini o‘qitishda o‘quvchilarning olgan bilimlarini
chuqurlashtirish uchun zamonaviy innavatsion texnologiyalar va ulardan 
foydalanish, amaliyotga tadbiq qilish, ko‘nikmalar shakllantirish, o‘quvchilarga 
faqatgina tushunchalar berib qolmasdan ular yordamida mustaqil mantiqiy
fikrlash, erkin matematik mushohada yurita olish, ma’lum qarorlar qabul qila 
olish kabi xislatlarni shakllantirishdan iborat.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari 
ta’limining ahamiyati, uning fan va texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish 
sohasida va kundalik hayotda tutgan o’rni bilan belgilanadi. Maktabda 
informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish ta’limning umumiy 
maqsadlariga xizmat qilishi, ya’ni o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy 
tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o’z-o’zini anglash salohiyatini 


shakllantirishi va o’stirishi, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib 
toptirishi hamda ijtimoiy hayotlari va ta’lim-tarbiya olishni keyingi bosqichlarida 
davom ettirishlari uchun zarur bo’lgan bilimlarni egallashi lozim. 

Yüklə 284,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə