O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti fizika matematika fakulteti



Yüklə 284,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/22
tarix25.12.2023
ölçüsü284,92 Kb.
#161266
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
607d4938802b4

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


XULOSA 
Ilg’or pedagogik tajribalar va ta’lim nazariyasiga oid yutuqlarni amalyotga 
joriy etish bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etmoqda. O’qituvchining 
pedagogik faolyatiga joriy etish uchun ko’plab tajribalar vujudga kelmoqda va 
to’planmoqda. O’qituvchining pedagogik faoliyati ommaviy hamda ilgor bo'lishi 
mumkin. Hozirgi vaqtda ta’lim –tarbiya sifatini oshirish dolzarb masala bo’lib 
qolgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va ta’lim to’g’risidagi Qonun talablari 
asosida respublikamizda umumiy o’rta ta’limni rivojlantirishda inavatsion 
g’oyalar keng ko’lamda amalga oshirilib kelmoqda. Ta’limning asosiy 
Vazifalaridan kelib chiqib, barcha o’quv fanlari, shu jumladan aniq fanlarni 
o’qitishni yuqori saviyada rivojlanishiga alohida e’tibor berilmoqda.
Bugungi kunda umumiy o’rta ta’limda fanlarni o’qitishda inovatsiya va 
axborot texnologiyalardan foydalanib dars o’tish yuqori natijalarga erishishda 
muhim ahamyat kasb etmoqda. Shundan kelib chiqib, mazkur zamonaviy o’qitish 
usulini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim tizimida to’g’ri tashkil etishga erishish 
o’qituvchilar uchun dolzarb muammo hisoblanadi.
Hozirgi davr talabi yosh avlodni har tomonlama yetuk, jismonan sog’lom, 
o’rgangan fanlarini erkin ifodalab, amalyotda qo’lay oladigon, keng doirada 
fikrlaydigan barkamol avlod qilib tarbiyalashdan iborat. Yoshlarda ushbu 
fazilatlarni shakllantirish uchun tabiy va aniq fanlardagi bilimlari muhim 
ahamyatga ega. 
Shunday qilib, o’qitishda fanlararo aloqadorlikni hisobga olish va amalda 
qo’llash ta’lim-tarbiyada samarali omildir. Bu usul talaba-yoshlarning bilimini 
mustahkamlaydi, dunyo qarashini kengaytiradi. Matematika va fizika fanlarini 
boshqa fanlar bilan aloqadorlik asosida o’qitishni amalga oshrilishi yuzasidan 
quyidagi xulosalarni qilish imkonini beradi:


1. Umumtalim va kasbiy fanlarning o’quv jarayonidagi o’zaro bog’lanish 
ikkita aloqador yo’nalishlar bilan taminlanadi: umumtalim fanlarining kasbga 
yo’naltirilishi va kasbiy tayyorgarlikning ilmiy-texnik darajasini oshirish.
2. Matematika va maxsus fanlarning o’zaro bog’lanishini amalga oshirish 
quyidagi bosqichlari asoslandi: matematika va maxsus fanlarning o’zaro 
bog’lanish masalalari va ularning asosida yotuvchi tamoyillarni o’rganish 
(o’quvchilarning nazariy tayyorgarligi); fanlararo aloqadorlik tamoyillari asosida 
bilimlarni differensiallash (ma’lum darslarga tayyorlanish); fanlararo aloqadorlik 
tamoyillari asosida o’rganiladigan bilimlarni tegishli mavzular bo’yicha 
integrallash; darsni fanlararo aloqadorlik asosida tashkil etish.
3. Darsni fanlararo aloqadorlik asosida tashkil etilishi quyidagi natijalarga: 
talabalani ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishga; kasbga, shuningdek, fanga 
bo’lgan qiziqishlarni oshirishga; olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llash, 
mehnat faoliyatiga tatbiq etish ko’nikmalarni shakllantirishga; tanlagan 
ixtisosliklari bo’yicha maxsus fanlar asoslarini egallashlari uchun zarur bilimlar 
bilan taminlashga; mustaqil va ijodiy fikrlash, uni ravon bayon etish malakalarini 
shakllantrishga olib keladi 
Ta’kidlash joizki, aniq fanlarni o’qitishda yangi inavatsion g’oyalardan va 
axborot texnologiyalardan foydalanish zamon talabidir. Ana shundagina iqtidorli, 
bilimdon, zukko o’quvchi yoshlar sonini kengaytirib, O’zbekistonni kelajagi 
buyuk davlatga aylantirish kabi ezgu maqsadga erishishga o’z hissamizni 
qo’shamiz. 



Yüklə 284,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə