O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti fizika matematika fakulteti



Yüklə 284,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/22
tarix25.12.2023
ölçüsü284,92 Kb.
#161266
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
607d4938802b4

Topshiriq.
Mashinaning tezligi V bo’lganda mashina 210 km masofani 
qancha vaqtda bosib o’tadi. Mashinaning turli tezliklarida belgilangan masofani 
qancha vaqtda bosib o’tishini aniqlang. Berilgan masalani algoritmini tuzing. 


Masalani echimi. Fizika fanida tezlikning formulasi V=S/T ga asosan vaqtni 
quyidagi formula bilan hisoblaymiz. T=S/V
Berilgan masalani echish algoritmi quyidagicha: 
1. Boshlash 
2. S=210 
3. V tezlik kiritiladi 
4. T=S/V hisoblanadi 
5. T natija chiqariladi 
6. Tamom 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni ta’lim tizmining ajralmas bir 
bo`lagi hisblanaib, talim tizimini, shu bilan birga, jamiyatimizni ham 
axborotlashirishda, respublika iqtisodiyotini rivojlanishga va jahon va axborot 
tizimida vatanimiz o`zining munosib o`rniga ega bo`lishida muhim ahamiyat kasb 
etmoqda. 
Fizika ta’limi tizimiga innovatsion pedagogik va axborot 
texnologiyalarni uyg‘unlashgan holda qo‘llash orqali ta’lim samaradorligini 
yuqori pog‘onalarga ko‘tarishni amalga oshirish mumkin. 


2.3. Informatika va axborot texnologiya fanini o‘qitishda matematika 
fanidagi misol va masalalarni xisoblash 
Matematika fanlarini o

qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, 
kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi 
davrida fanlararo uzviylikni ta’minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan 
foydalanish dolzarb masalalardan biridir. 
Kompyuter texnikalarini ta’lim muassasalariga tatbiq etish, o‘qitish 
jarayonini optimallashtirishga keng yo

l ochib beradi. 
Keyingi o‘n yillikda matematika fanini o‘qitishda kompyuterlardan 
foydalanish bir necha asosiy yo‘nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter 
yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o‘rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va 
rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o‘yinlarni ishlab chiqish va boshqalar 
kiradi. 
Matematika o‘qitishda kompyuterlarni qulayligining yana bir yo‘nalishi 
ayrim o‘quv holatlarini modellashtirishdir. Modellashtirilgan dasturlardan 
foydalanishning maqsadi, o‘qitishning boshqa usullari qo‘llanganda tasavvur 
qilish, ko‘z oldiga keltirilishi qiyin bo‘lgan materiallarni tushunarli bo‘lishini 
ta’minlashdan iborat. Modellashtirish yordamida o‘quvchilarga ma’lumotlarni 
grafik rejimda kompyuter multimediasi ko‘rinishida taqdim qilish mumkin. Shu 
boisdan ular matematikani chuqur o‘rganish va o‘quv jarayonida sezilarli darajada 
mustaqillik namoyon etishga moyil bo‘ladilar. 
Ko‘p holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va berilgan 
aniqlikda hal etish uchun professional matematikdan o‘z kasbi bilan bir vaqtda 
ma`lum bir algoritmik til va dasturlashni bilishi talab qilinadi. Shu maqsadda XX 
asrning 90-yillarida matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bo‘lgan 
matematik sistemalar yaratilgan. Bu maxsus sistemalar yordamida turli sonli va 
analitik matematik hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to xususiy 
hosilali differensial tenglamalarni yechishdan tashqari grafiklarni yasashni ham 
amalga oshirish mumkin. 


Axborotlarni ifodalash va uzatishga bo‘lgan ehtiyoj so‘z, yozuv, tasviriy 
san’atda, kitob chop etish, pochta aloqasi, telegraf, telefon, radio, oynai jahon va 
ishlab chiqarishning boshqa jabhalarini boshqarishning barchasi kompyuter 
texnologiyalari yordamida osongina hal qilinmoqda. 
Buning siri shundaki, axborotning katta qismi, shu paytgacha asosan, 
qog‘ozlarda, magnit tasmalarida, ya’ni EHM dan tashqarida saqlanmasdan, matn, 
chizmalar, sur’atlar, tovushlarning barchasini axborot shaklida EHM larda saqlash, 
qayta ishlash va uzatish usullarini ishlab chiqilganligidadir.
Kompyuter texnologiyasida matnlar, tasvirlar, ovozlar, shakllar va shunga 
o‘xshash boshqa ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari maxsus dasturlash 
yordamida juda yengil va tezkorlik bilan hal etilmoqda. Shuning uchun 
matematika, fizika, kimyo, biologiya va boshqa fanlarni o‘qitishda kompyuter 
texnologiyasidan foydalanish ijobiy natijalarni olib kelmoqda. 
Haqiqatdan, o‘qituvchi Windows operatsion tizimi bilan ishlatiladigan 
Word matn muharriri, Power Point, Excel va boshqa maxsus amaliy dasturlar
Multimedia vositalari yordamida yengilgina o‘z darsini kompyuter 
texnologiyasidan foydalanib tashkil etishi mumkin. 
Buning natijasida o‘quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqish ortadi, o‘tilgan 
mavzuni tushinish, kerakli tushunchani anglash va o‘zlashtirish jarayoni tez 
kechadi. 
Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo‘ljallangan 
bo‘lsada, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni 
yechishga ham, masalan, formulalar bo‘yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik 
va diagrammalar qurishga katta yordam beradi. 
Elektron jadval yordamida berilgan algoritm asosida masalalarni hal etish, 
jadvaldagi qiymatlar bo‘yicha turli shakllar yasash va bosmaga chiqarish ishlarini 
bajarish mumkin. 
Exceldagi avtomatik to‘ldirish imkoniyatidan foydalanib sonli qiymatlarni 
va matn elementlarini kiritishni osonlashtirish mumkin. Bu imkoniyat ayniqsa 
funksiya qiymatlarini jadvallashtirishda katta yordam beradi. 


Funksiya qiymatlarini ma’lum qadam bilan hisoblash matematikaning juda 
ko‘p bo‘limlarida uchraydi. Ayni shu imkoniyatlardan foydalanib matematika 
fakultetidagi talabalar funksiyalarning grafiklarini hosil qilishlari va shu tariqa 
ayrim murakkabroq funksiyalarning xossalarini ekranda aniq ko‘rishlari mumkin.
Exceldagi funksiya ustasi funksiya va uning argumentlarini yarim avtomatik 
tartibda kiritishga yordam beradi. Funksiyalar ustasini qo‘llash funksiyaning 
yozilishi va uning hamma argumentlarini sintaktik to‘g‘ri tartibda kiritilishini 
ta’minlaydi. Bu esa o‘z navbatida talabalarning funksiyalarning xossalarini 
qiynalmay va tezda o‘rganishlariga juda katta yordam beradi. 
Ma’lumotlarni diagrammalar shaklida namoyish etish, bajarilayotgan ishni 
tez tushunishga va uni tez hal etishga yordam beradi. Jumladan, diagrammalar juda 
katta hajmdagi sonlarni ko‘rgazmali tasvirlash va ular orasidagi aloqadorlikni 
aniqlashda juda foydalidir. 
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda matematika, fizika, 
tarix fanlari bilan fanlararo integratsilarni joriy etishda innovatsion yondashuvlarni 
ko’rishimiz mumkin. 
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda matematika fani 
bilan fanlararo integratsiyalarni quyidagi mavzularda joriy etish mumkin. 
7-sinfda Sanoq sistemalari mavzusini, 9-sinfda “Algoritmlash asoslari
dasturlash asoslari, elektron jadvallar mavzularini o’qitishda matematika fani
bilan fanlararo integratsiyalarni qo’llash mumkin.
Jumladan: Sanoq sistemalari mavzusi bo’yicha quyidagi topshiriqlarni
berish orqali: 

Yüklə 284,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə