O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti fizika matematika fakulteti


II.BOB. INFORMATIKANI FANINI FANLARARO



Yüklə 284,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/22
tarix25.12.2023
ölçüsü284,92 Kb.
#161266
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
607d4938802b4

II.BOB. INFORMATIKANI FANINI FANLARARO 
ALOQADORLIKDA O‘QITISH MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISH 
METODIKASI 
 
2.1. Informatika va axborot texnologiyalari fanining boshqa fanlar bilan 
uzviy bog‘liqligi
 
Ta’limning globallashuvi sharoitida fanlararo uzviylikni kengroq 
qo’llashayni zaruriyatdir. Fanlararo uzviylik tamoyiliga tayanish ta’lim 
muassasalari o‘quv jarayoni uchun tatbiqiy tus olishi lozim. fanlararo 
aloqadorlikning mazmuni va materiallar hajmi ta’lim tizimining o‘quv dasturi 
orqali aniqlanadi. o‘quv fanlari orasida o‘zaro bog‘liklik ikki turga bo‘linadi: 
xronologik va g‘oyaviy. birinchisi, turli fanlar dasturlarining o‘zaro 
mutanosibligiga, ikkinchisi esa, bir xil yo’nalishdagi ilmiy tushunchalarning 
umumiy metodik holatlar asosida singdirilishiga asoslanadi.
Fanlararo bog’lanish fanlarning turiga qarab umumiy metodlar birligi bilan 
ham izohlanadi. masalan, matematika va fizikada modelli metod, ekspermental 
metod umumiyligi ko‘zgatashlanadi. amaliyotda matematika o’qituvchilari 
fanlararo xronologik bog’lanishning ilgari, hozir, kelgusi kabi uch turidan bevosita 
foydalanadilar. ilgari fanlararo bog’lanish informatika kursi materiallarini 
o’qitishda oldin boshqa fanlardan olingan bilimlarga tayaniladi. hozir fanlararo 
bog‘lanish-barcha fanlardan materiallar bir vaqtda o’tiladi. Kelgusi fanlararo 
bog’lanish-informatikada o’tilgan materiallar kelgusida boshqa fanlarning 
o’qitilishida asqotadi. ma’lumki, matematika, fizika fanlari aniq fanlarning ilmiy 
asosi hisoblanadi. Buning uchun ta’lim tizimida barcha fanlarning o’zaro 
bog’likligini o’qitishning dastlabki bosqichlaridayoq o’quvchilarga tushuntirib 
borish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu esa o’quvchilarning barcha fanlardan 
olayotgan bilimlarining bir-biriga bog’langanligini, tashqi muhitning bir 
butunligini tushunishiga yordam beradi. 


Ta’lim tizimida informatika va axborot texnologiyalari ahamiyati, uning fan
va texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohasida va kundalik hayotda tutgan
o’rni bilan belgilanadi. Ta’limda informatika va axborot texnologiyalari fanini
o’qitish ta’limning umumiy maqsadlariga xizmat qilishi, ya’ni o’quvchilarning 
ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o’z-
o’zini anglash salohiyatini shakllantirishi va o’stirishi, ularda milliy va 
umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirishi hamda ijtimoiy hayotlari va 
ta’lim-tarbiya olishni keyingi bosqichlarida davom ettirishlari uchun zarur
bo’lgan bilimlarni egallashi lozim. 
O`quv jarayonida yangi texnologiyalarni qo`llash ilg`or pedagogik
metodlarning rivojlanishiga, masalalar yechish jarayonida o`qituvchi ish 
uslubining o`zgarishiga olib keladi. Shuning uchun yangi axborot – 
kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib dars o’tish maqsadga muvoffiqdir
Birinchi Prezidentimizning quyidagi so`zlari ibratlidir: “Shuni unutmasligimiz 
kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi”, boshqacha aytganda 
xalqimizning ertangi kuni qanday bo`lishi farzandlarimizning bugun qanday 
ta`lim va tarbiya olishiga bog`liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va 
murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko`rishi zarur.Ana shu oddiy 
talabdan kelib chiqqan holda,farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash 
qobiliyatiga ega bo`lgan ongli yashaydigan komil inson etib voyaga yetkazish 
ta`lim tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo`lishi lozim, deb qabul
qilishimiz kerak. Bu esa ta`lim va tarbiya ishini uyg`un holda olib borishni talab 
etadi. 
Ta’lim sifatini oshirish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Chunki 
bugungi kunda insoniyat rivojlanishi shunday bosqichga yetib bordiki, bu 
bosqichda inson aql -zakovati, bilimi va uning mutaxassis sifatidagi malakasi hal 
qiluvchi ro‘l o‘ynaydigan bo‘lib qoldi. Ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan 
foydalanish o‘quv jarayonida o‘quvchilarni faqat nazariy bilimlari bilan cheklab 
qolmasdan balki, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda, ularning har tomonlama yetuk
kadrlar qilib tayyorlashida muhim rol o‘ynaydi. Ta’limdagi axborot texnologiyalari 


keng me’yoriy tushuncha bo‘lib, olib borilayotgan har bir mavzu ana shu texnika, 
texnologiyadan foydalanishni taqazo etadi. Chunki, zamonaviy o‘qitish 
texnikasidan foydalanish ijobiy natijalar beradi. 
Yoshlarga ta`lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish 
o`qituvchilarning g`oyaviy e`tiqodiga, kasb mahoratiga, iste`dodi va madaniyatiga, 
hozirgi zamon pedagogik va axborot texnologiyalarini qo`llash, o’quvchilarni 
o`zaro faollikka olib kelishiga bog`liq.
Zamonaviy axborot texnologiyalari- bu ma`lumotlarni olish, saqlash, 
qidirish, qayta ishlash va axborot uzatishdir. Zamonaviy axborot texnologiyalarini 
quyidagilarga ajratish mumkin: audio video, kompyuter, multimediya va 
kompyuter konstruktor. 
Axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga tadbiq etishning muhim 
yo’nalishlaridan biri elektron o’quv adabiyotlar, qo’llanmalar va kurslar 
yaratishdir. Elektron o’quv adabiyotlar va qo’llanmalar ma’ruza mazmunini 
boyitish, yangi materiallar bilan to’ldirishga imkoniyat yaratadi. Bundan ko’rinib
turibdiki, ta’lim muassalarida yagona katalog tizimiga ega bo’lgan 
kutubxonalarning paydo bo’lishi va lokal tarmoqning yaratilishi kutubxonalarga 
bog’liq muammolarni yechishga olib kelishi bilan bir qatorda, ular faoliyatining 
samaradorligini oshirishga va muvofiqlashtirishga imkon beradi. 
Ta’lim tizimida AKTning qo’llanilishi o’quv jarayonini pedagogik dasturiy 
vositalar yordamida amalga oshirishdek muhim imkoniyatni yaratdi. Bunday 
yondashish o’quv jarayoni didaktik kategoriyalarining o’zaro aloqasini va 
bog’liqligini o’rganishga olib kelishi bilan bir qatorda, o’quv jarayonini to’liq 
darajada o’rganishga imkoniyat yaratadi. Shu o’rinda AKTining multimediali 
vositalaridan foydalanib o’qitishning an’anaviy uslub bilan o’qitishga ko’ra farqini 
tahlil qilganda quyidagi asosiy: 

dars o’tishda ma’ruzachining o’quv materiallarini tushuntirish 
jarayonining yengillashtirilishi; 



o’quv jarayonida original o’rnida kompyuter tomonidan
modellashtirilgan obyektning imitasiya qilinishi va bu jarayonni ichkarisidan 
kuzatish mumkinligi

o’quv jarayonida berilayotgan materiallarni takroriy holda berish 
imkoniyatining mavjudligi; 

kompyuter texnologiyalari asosida o’tkazilayotgan darslarni
o’zlashtirish darajasining yuqoriligiga erishilishi; 

Shuni ta’kidlash lozimki, o’quv jarayonini AKT asosida tashkil 
qilishdan asosiy maqsad o’qish sifatini va samaradorligini oshirish bilan bir
qatorda, kompyuter va axborot texnologiyalarini o’qituvchi-o’quvchilarning 
kundalik ish quroliga aylantirishga erishishdan iborat. 
Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyotining rivojlanishi, yosh avlodga
ta’lim-tarbiya berishda o’qituvchilar oldiga yangi talablar qo’ymoqda. Ayniqsa
matematika fani o’sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda o’quv fani 
sifatida keng imkoniyatlarga ega. Bu fan o’quvchilar tafakkurini rivojlantirib, 
ularni maqsadga yo’nalgan matiqiy fikrlash malakalarini shakllantiradi.
Shu sababli o’quvchi yoshlarni matematika faniga bo’lgan qiziqishlarini 
kamol toptirish har bir o’qituvchining eng yuksak vazifalaridan biri bo’lmog’i 
kerak. Matematika fanini o‘qitishda o‘quvchilarning olgan bilimlarini 
chuqurlashtirish uchun zamonaviy innavatsion texnologiyalar va ulardan 
foydalanish, amaliyotga tadbiq qilish, ko‘nikmalar shakllantirish, o‘quvchilarga 
faqatgina tushunchalar berib qolmasdan ular yordamida mustaqil mantiqiy 
fikrlash, erkin matematik mushohada yurita olish, ma’lum qarorlar qabul qila olish 
kabi xislatlarni shakllantirishdan iborat.
Dars davomida kompyuter ma`lumotlar bazasi bilan yaqindan tanishib,
audio-video yozuvlardan keng foydalanish,darslikdagi ko`rgazmali qurollardan 
kompyuterda foydalanish o`quvchilarni darsga jalb qilishda katta yordam beradi. 
Uch tomonlama, ya`ni o`qituvchi, o`quvchi va kompyuter birgalikdagi 
faoliyati ko`pgina qulayliklarni keltirib chiqaradi. Ya`ni o`quv jarayonida 
o`qituvchi va o’quvchi hamkorligi o`rnatiladi, ular fikr almashadi. O`quvchilarga 


bilim olishning turli ko`rinishi o`rgatiladi, ularning ilm olish jarayoni ilmiy 
xarakterga ega bo`ladi,yangi materiallarni o`zlashtirishlari osonlashadi. 

Yüklə 284,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə