O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti fizika matematika fakulteti


Informatika fanini o‘qitishda dasturlash tillari asosida fizika



Yüklə 284,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/22
tarix25.12.2023
ölçüsü284,92 Kb.
#161266
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
607d4938802b4

2.2.Informatika fanini o‘qitishda dasturlash tillari asosida fizika 
fanidagi misol va masalalarni xisoblash 
XX asrning buyuk mo`jizasi bo`lmish kompyuterlar XXI asr- axborot asri 
bo`lishiga zamin yaratadi. Hozirgi paytda kompyuterlar kirib bo`lmagan xalq 
xo`jaligini bironta soxasini ko`rsatish qiyin. Ayniqsa, ularning fizikada qo`llanish 
ko`lami benihoya kengdir. Hozirgi kunda kosmik kemalardan yuborilayotgan 
axborotlarni qayta ishlash tezlatgichlardagi zarralar harakatini boshqarish, 
fizikadan o`ta nozik tajribalar o`tkazish nazariy fizikaning murakkab masalalarni 
yechishni kompyuterlarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi.
Respublikamizda kadrlar tayyorlash milliy dasturning amalga oshirilishining 
asosiy mazmuni ta`limda nazariya bilan amaliyotning bog`lanishi, o`quv 
materiallarining o`quvchi qiziqarli bo`lishi ya`ni ta`lim motivlariga katta e`tibor 
berilishi talab qilinadi. Fizika fanida nazariy bilimlarni amaliyotga bog`langan 
holda bir tizimga keltirib, o`quvchiga yetkazish dolzarb hisoblanadi. Fizika fanini 
o`qitish nazariy va amaliy jihatdan chuqur va mazmunli tanlanishi maqsadga 
muvofiq hozirgi zamon o`qituvchisi uchun mos o`quv materiallari tanlanishi va uni 
pedagogik texnologiyalardan foydalanib turli variantda qayta ishlash orqali 
o`rganilishi ta`limda o`qitishning yangi metodikasini yaratishga olib keladi. Har 
tomonlama rivojlanayotgan jamiyat taraqqiyotini axborot texnologiyalarsiz
kompyuterlarsiz tasavvur etish qiyin. Mana shu yangi texnologiyalar jamiyat 
rivojlanishining barcha yo`nalishlariga, shu jumladan ta`lim sohsaiga ham jadal 
sur`atlarda kirib kelmoqda. 


Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan talabalarga talim berish va qayta 
tayorlshjarayonida keng foydalanish, kelajakda yetuk va yuqori malakali mutaxassi 
slarni kamol topdiradi. Ma`lumki, fizika ta`limida eksperimentlarga katta o`rin 
beriladi. Fizikada xar bir qoyida eksperimental isbotini topganidan keyingina 
qonun,tamoyil va qoyida huquini oladi. Psixologik jihatdan ham o`quvchilarning 
bilim olishlarida ko`rgazmali qurollar va naoyish tajribalar muhim rol egallaydi.
Fanga oid qonun va tushunchalarni o`quvchilarga usullarda o`rgatish 
maqsadida Respublika ta`lim markazi, Multimediya umumta`lim dasturlarni 
rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan elektron darslik, o`quv 
filmi,virtual labaratoriya ishlari animatsiyali ko`rgazmalar ishlab chiqilmoqda. 
Ulardan amalda samaralai foydalanish uchun fizika fani o`qituvchisi kompyuter va 
boshqa elektron qurulmalarni muayyan darajada ishlata olish ko`nikmasiga ega 
bo`lishi lozim. Bu dars tuzilishini o`zgartiradi, pedgog faoliyati samaradorligini 
oshirib,vaqtni tejaydi,o`quvchi diqqatini jamlab,fanga bo`lgan qiziqishini 
kuchaytiradi.Fizikani o`qitishda o`qituvchi qanchalik mohirona o`z fikrini bayon 
etmasin, barbir tabiatda yuz beradigan hodisa va jarayonlarni o`quvchi anglab 
olishi qiyin. Shu sababli tabiatda sodir bo`ladigan jarayonlarni o`z ko`zi bilan 
ko`rib, mantiqan fikirlab hamda u bo`sunadigan qonun qoyidalarni o`zlashtirsa 
o`qitishning samarasi yanada oshadi.Namoyish tachribalarni har biri o`ziga xos 
harakterga ega bo`lib, ma`lum bir maqsadni ko`zda tutadi. Shuning uchun 
namoyish qilinayotgan tajriba o`tkazilgan yoki yangi bayon qilinayotgan mavzuga 
doir hodisa va jarayonlarni aniq ko`rsatib berishi, ya`ni nazari olingan bilimlarni 
amaliyotda tasdiqlashi lozim.
Shunday nomoyish eksprementlari borki,ularni qo`l bilan bajarib, ko`z bilan 
ko`rish imkoniyati mavjud emas. Masalan,malekulalarning harakatini oddiy 
tajribalar asosida ko`rsatish imkonitai yo`q. Shu sababli ayrim tajribalarni media 
resurslardan foydalanib o`quvchilarga yetkazilsa,darsning samardorligi ortadi. 
Mediaresurslardan foydalanishning o`ziga xos muhim tomonlari shundaki: 

Turli xil fizika qurilmalar va asboblar tayorlash shart emas; 

Hodisalarni jonli va tabiiy ko`rinishda tasvirlash; 



Tajribani oz fursat ichida istalgan marta takrorlash; 
Kuzatish qiyin bo`lgan va umuman kuzatilishi mumkin bo`lmagan 
jarayonlarni ham nomoyish eta olish imkoniyatiga ega bo`linadi. Media 
resurslardan samarali foydalanish natijasida o`qituvchi faoliyatida: 
Mavzularni to`liq yoritib (fizik hodisa va jarayonlarni, fizik 
qonunlar)berishga imkon yaratiladi; 
Fizika fani amaliyotda tajribalarga tayangan eksperimental fan bo`lganligi 
sababli,o`tiladigan xar bir mavzuni tajribalar asosida ko`rgazmali o`tish faning 
samardorligini oshirishga zamin yaratadi.Shunday ekan, dars jarayonida 
zamonaviy o`quv labaratoriya jihozlaridan samarali foydalanib,ko`rgazmali tajriba 
namoyishlarni, labaratoriya ishlarni bajarish maqsadga muvofiq. 
Fizika fani amaliyotda tajribalarga tayangan eksperimental fan bo‘lganligi 
sababli o‘tiladigan har bir mavzuni tajribalar asosida ko‘rgazmali o‘tish fanning 
samaradorligini oshiradi. Dars jarayonida zamonaviy o‘quv laboratoriya 
jihozlaridan foydalanib, ko‘rgazmali tajriba namoyishlarni, laboratoriya ishlarini 
bajarish maqsadga muvofiq. Fizika darslarida vertual laboratoriya orqali nazariya 
bilan amaliyot mujassam holatda o‘qitilishi o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, 
malaka va kompetensiyalarni shakllantiradi va amaliyotda qo‘llashga zamin 
yaratadi
O‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy tashkillashtirishning xarakterli 
xususiyatlaridan biri –o‘quv jarayonini boshqarishning samaradorligini oshirish 
maqsadida axborot texnologiyalaridan keng foydalanishdir. Bunda kompyuter 
nafaqat hisoblash ishlarini bajarish hamda fizikaviy jarayonlarni modellashtirish 
asosi hisoblanadi.
Kompyuter texnologiyalari yordamida o‘qitish quyidagi ko‘rinishlarda 
amalga oshirilishi mumkin: 

«Kirib boruvchi» texnologiyalar (alohida mavzular va bo‘limlar 
bo‘yicha ma’lum bir didaktik masalalar uchun kompyuter o‘qitishni qo‘llash). 

Asosiy, qo‘llanayotgan aniq texnologiyadan o‘ta muhim qismini 
aniqlovchi. 



Monotexnologiyalar (ta’lim, o‘quv faoliyatini boshqarish, tashxis va 
monitoringni amalga oshirishda kompyuterlarni qo‘llashga asoslanadi). 
Kompyuter o‘qitish vositasi sifatida o‘quvchiga ham, o‘qituvchiga ham 
yordamchi bo‘la olishi mumkin. O‘qituvchi uchun u – avtomatlashgan sinf
jurnali, savol-javob qilish va o‘qitish natijalarini ishlab chiqish vositasi, darslarga 
tayyorlanish va laboratoriya praktikumlari va namoyish tajribalarni o‘tkazish 
uchun asos hisoblanadi. O‘quvchi uchun – vazifalarni bajarish vositasi, ikkovlari 
uchun esa – real olamni modellashtirish vositasi hisoblanadi. Kompyuter o‘quvchi 
uchun turli funksiyalarni: o‘qituvchi, o‘qitish ob’ekti, hamkorlikdagi jamoa, dam 
olish (o‘yin) muhiti hisoblanadi. 
Fizikadan masala yechish mashg‘ulotlarini pedagogik dasturiy vositalar 
yordamida tashkillashtirish o‘quv samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Dars 
berish davomidagi tajribalardan ma’lumki, ko‘pgina talabalar fizika fanidan 
berilgan masalaning shartini tushunishda ma’lum bir qiyinchiliklarga uchrashadi. 
Talaba masala shartini tushunmasdan yechish uchun masala shartida 
qatnashayotgan fizik kattaliklarni o‘zida aks ettirgan formulani topishga harakat 
qiladi. Bu holatda vujudga keladigan didaktik muammolardan biri berilgan fizik 
masalada kechayotgan fizik jarayonning hayoliy modelini tassavur eta 
olmasligidadir. Bu holatda o‘qituvchi talabaga berilgan masalani tushunib olishi 
uchun chizma chizishni taklif qiladi, lekin chizilgan chizma orqali kechayotgan 
fizik jarayonni to‘laqonli tasvirlash qiyin hisoblanadi. Ayniqsa, fizikaning 
mexanika bo‘limiga oid masalalarning aksariyati harakat bilan bog‘liq bo‘lgan 
masalalardir. Masalani yechish uchun chizilgan chizma esa qaralayotgan fizik 
jarayonni statik ko‘rinishdagina tasvirlash mumkin bo‘ladi, bu esa kechayotgan 
fizik jarayonning ayrim bir holatinigina aks ettira oladi. 
Informatika fanining chiziqli algoritmlar mavzusida fizika fani bo’yicha 
integratsion bog’lanishni quyidagi misolni ko’rsatishimiz mumkin. 

Yüklə 284,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə