O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti fizika matematika fakulteti



Yüklə 284,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/22
tarix25.12.2023
ölçüsü284,92 Kb.
#161266
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
607d4938802b4

Ogzaki metodlar. 
Agar o’quvchilar asosiy o’quv axborotini o’qituvchining 
o’quv mulokazalari va isbotlari jarayonida yoki darslik mavzulari asosida olsalar
bunday metodlar ogzaki metodlar (tushuntirish, xikoya, suxbat va x.k.) jumlasiga 
kiradi. 
Ogzaki metodlardan foydalanish muvaffakiyatining asosiy ko’rsatkichlari 
o’quvchilarning yangi bilimlarni eslab kolishlari va aytib bera olishlaridir. 
O’quvchi o’qituvchining tushuntirish mantikiga kanchalik yakinlashsa. 
materialni shunchalik muvaffakiyatli o’zlashtiradi. Ogzaki metodlardan asosan 
yangi materialni urganish paytida foydalaniladi va bilimlarni egallashning boshqa 


usullari bilan kushib olib borilsagina, ular ta’limda yaxshi samara beradi. 
Kurgazmali metodlar 
deganda, ta’lim jarayonida qo’llaniladigan 
kurgazmali kurollar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va vositalariga kup 
darajada boglik bulgan o’quv materialini o’zlashtirish shakllari tushuniladi. 
Ta’limning bunday metodlaridan foydalanilganida o’quvchilarning bilish 
faoliyati kurgazmali vositalar yordamida shakllanadigan yoki esga tushiradigan 
xissiy obrazlariga, tasavvurlarga boglik bo’ladi. Kurgazmali kurollar bilimlarni 
tartibga solish va boyitishga, shuningdek, 
o’quvchilarning fikr yuritish faoliyatini faollashtirishga yordam beradi. 
Ta’limning kurgazmali metodlari o’quvchilarning bilim faoliyatida obrazli 
va mantikiy, aniq va mavxum, xissiy va akliy jixatlar nisbatini chukur tushunishni 
talab etadi. 
Amaliy metodlar. 
Nazorat va mustakil ish topshiriqlari, amaliy- 
laboratoriya ishlari asosida o’quv materialini egallash kurinishlari ta’limning 
amaliy metodlari jumlasiga kiradi. Ana shu metodlar yordamida amaliy ko’nikma 
va malakalar shakllantiriladi. 
Ko’nikmani egallashning muvaffakiyati uni shakllantirish sharoitining 
quyidagi shartlariga boglik: 

ko’nikma nima maqsadda shakllantirishini anglash; 

mashqdar muntazam bulishi kerak, ya’ni uning kiyinlik darajasi birin-
ketin oshib borishi lozim

amaliy xarakatlar anglangan xolla bajarilishi lozim; 

dastlabki amaliy xarakatlar va jarayonlarga puxta tayyorlanish, ya’ni 
o’quvchilar nazariy bilimlarni yaxshi egallashlari lozim

mashqdarni mustakil bajarish va uzini - uzi nazorat kilish; 

bajarilgan nazorat topshiriqlar, amaliy ishlarni taxlil kilish va 
baxolash. 

O’qituvchining o’qitish metodlarini tanlashi quyidagi xolatlarga 
bog’liq: 

darsdan ko’zda tutilgan o’quv maqsadlariga; 



o’rganiladigan fanning mazmuni va darsning muayyan materialiga

o’qituvchining tayyorgarlik darajasi va shaxsiy tajribasiga, pedagogik 
maxoratiga bog’liq. 



Yüklə 284,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə