O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti fizika matematika fakulteti



Yüklə 284,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/22
tarix25.12.2023
ölçüsü284,92 Kb.
#161266
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
607d4938802b4

1.3.
 
Informatika fanini o’qitish jarayonida o’qitishning tamoyillari, 
shakli va metodlari 
Informatika o’qitishda didaktik tamoyillar o’qitish nazariyasining 
boshlang’ich qoidalari bo’lib, o’qituvchi o’quv jarayonini tashkil etishda ularga 
amal qilishi kerak. 
O’qitish tamoyillariga quyidagilarni kiritish mumkin: 

faollik tamoyili

ko’rgazmalilik tamoyili; 

o’qitishning tarbiyalovchi xarakteri tamoyili; 



ilmiylik tamoyili; 

o’qitishda muntazamlilik va izchillik tamoyili

o’qitishning tushunarli bulishi tamoyili; 

bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishning puxtaligi tamoyili.
Faollik tamoyili.
Talabalar kar bir darsga faol qatnashishi kerak. 
U o’zi harakat qilgan taqdirdagina yaxshi o’rganadi va o’zlashtiradi. 
Nazariyaning o’qitish amaliyoti bilan bog’liqligi tamoyili.
Talabalarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlar berish jarayonida 
boshlanib, tajriba va amaliy mashg’ulotlarda davom etadi. Bu mashg’ulotlarda 
talabalar o’qituvchi rahbarligida amaliyot jarayonida olingan bilimlarning ishonarli 
ekanligini tekshiradilar, mustahkamlaydilar kamda ularda ana shu bilimlarni 
amalda qo’llash ko’nikmalari va malakalari hosil bo’ladi. 
Kurgazmalilik tamoyili
. O’qitishning ko’rgazmaliligi shuni tasdiqlaydiki, 
agar talabalarda o’rganilayotgan jarayonlarni bevosita idrok qilish bilan bog’liq 
muayyan xissiy amaliy tajriba bo’lgan taqdirdagina ular bilimlarni ongli suratda 
o’zlashtiradilar kamda ularda ilmiy tasavvur va tushunchalar hosil bo’lishi 
mumkin. 
Bilimlarni iloji boricha ko’rgazmali va real hayotga yakin qilib tadbiq etish - 
tilning tushunarliligini va o’qitish jarayonida audio-vidio va zamonaviy 
multimedia vositalaridan foydalanishni talab qiladi. 

Yüklə 284,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə