O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti fizika matematika fakulteti



Yüklə 284,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/22
tarix25.12.2023
ölçüsü284,92 Kb.
#161266
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
607d4938802b4

ta’limning vazifalari 
deyiladi, bunday ma’noda ta’lim vazifalari o’quvchi 
mashg’ulotning oxirida bilishi yoki bajara olishi mumkin bo’lgan tushunchalarni 
anglatadi. Vazifalarni o’lchash, aniqlash, o’qitishni qayta takrorlash imkoniga ega 
bo’lish uchun xar bir maqsadga erishish mezonini bilish kerak, ya’ni ta’lim 
maqsadini unga erishganlik xakida aniq xulosa chiqarish mumkin bo’ladigan qilib 
qo’yilishi kerak. 
Pedagogik adabiyotlarda vazifalar ba’zan "taqqoslanadigan pedagogik 
maqsadlar" deb xam qaraladi. O’qitish vazifalarini ya’ni, taqqoslanadigan 
maqsadlarni ishlab chiqishni engillashtirish uchun ularning ta’rifida o’zlashtirgan 
talabalar egallagan malakalarini ifodalovchi fe’llardan foydalanish mumkin. 
Masalan, talaba: 

foydalanish qoidasini biladi; 



berilganlardan natijalarni keltirib chiqaradi; 

qoida(qonun)ni ishlatadi; 

fikrlash mantikida xato va kamchiliklarni topadi va x.k. 
Ta’lim vazifalarini (taqqoslanadigan ta’lim maqsadlarini) belgilashda 
qiyinchiliklar xam bo’lishi mumkin. Masalan, o’qitish natijalarini bo’laklarga 
bo’lish va alohida - alohida taxlil kilish zarur bo’lganda ayrim ta’lim maqsadlarini 
bo’laklarga bo’lish va to’g’ri taxlil qilish qiyinlashadi. 
Pedagogik texnologiyalarning asosi-o’qitish natijalarini tashxisli va 
operatsional ifodalangan maqsadlar sifatida rejalashtirish va ta’lim jarayonining 
natijaliligini uzluksiz tashxis qilishdan iborat. Aniq va maqsadli kuyilgan va 
erishiladigan maqsadlar pedagogikadagi mos metodlarni, shakllarni, usullar va 
ularga erishish vositalarini tanlab olishga imkon beradi. Hozirgi ta’lim 
texnologiyasida tashxis xar bir talabaning rivojlanishini ertarok aniqlash va 
bashorat qilishga qaratilgan. Tashxis natijalari bo’yicha xar bir qadamdagi jarayon 
loyihalanadi. 
Xozirgi pedagogikada talabalarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirishga 
qaratilgan bir nechta o’qitish uslublari mavjud. Bu uslublarda amaliy mashg’ulotlar 
o’z o’rniga ega bo’lib, ularning asosiy maqsadi talabalarga o’zlarining kelajakdagi 
faoliyatlarida zamonaviy kompyuterlarni qo’llash imkoniyatini ta’minlaydigan 
amaliy bilim va malakalar berish. Amaliy mashg’ulotlarning maqsadi, vazifalari va 
ularning turlari, yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan amaliy 
mashg’ulotlar mazmunini ajratish quyidagi talablarga asoslangan bo’lishi lozim: 
-
amaliy mashg’ulotlarning bajarilish darajasi (ular turt xil murakkablik 
darajada berilgan) talabalarning o’quv materialining kay darajada 
o’zlashtirilganlini aniqlashga yordam beradi
-
amaliy mashg’ulotlar mazmunini ajratishda mashqlar tizimidagi xar bir 
nazorat topshiriqlarini ta’lim maqsadlarining ma’lum kategoriyalari bilan 
taqqoslash katta axamiyatga ega bo’lib, bu o’rinda B.Blum taksonomiyasidan 
foydalanish, turli xil murakkablik darajali nazorat topshirig’ining xar biri bu 
taksonomiyada ko’rsatilgan kategoriyalardan biriga to’g’ri kelishi lozim. 


Xar bir fan o’qituvchisi ta’lim - tarbiya jarayonini xozirgi kun talablari 
asosida tashkil eta olishi lozim. Shu sababli, «Informatika va axborot 
texnologiyalari» fani o’qituvchisi oldida quyidagi vazifalar turadi: 
1.
 
Talabalarga quyidagi bilimlar bo’yicha umumiy ma’lumotlar berish: 

«Informatika va axborot texnologiyalari» fanining talabalar ilmiy 
dunyoqarashini shakllantirishdagi axamiyatini ochib berish

talabalarning bilish faoliyatini xamda mustaqil o’zlashtirishini 
rivojlantirish maqsadida o’qitishning usul va shakllarini takomillashtirish; 

kompyuter kurilmalari vazifalari bilan tanishtirish va ular bilan ishlay 
olish; 

operatsion tizimlar va ularning imkoniyatlari bilan tanishtirish; 

qobiq dasturlar va ular bilan ishlay olish malakasini xosil qilish

kompyuterning matn va grafikli muxarrirlari vositalarining 
imkoniyatlarini o’rgatish; 

ma’lumot va dasturlarning nusxalarini olish usullarini o’rgatish; 

kompyuterda mustaqil ishlay olish malakasini xosil qilish; 

dasturlar tuza olish malakasinni oshirish; 

tarmoq bilan ishlay olish malakalarini xosil qilish. 
2.
 
Talabalarda mashqlar (masalalar) bajarish ko’nikmalarini shakllantirish va 
rivojlantirish: 

kompyuterda masala echish bosqichlari; 

mashqlar bajarish jarayonida nazariy bilimlarni masala echishga 
tadbiq qilish; 

mashqlar bajarish jarayonida talabalarning ijodiy fikrlash malakalarini 
rivojlantirish. 
Xar bir fan kabi «Informatika va axborot texnologiyalari» fani xam o’zining 
didaktik tizimiga ega bo’lib, u o’rganilayotgan fan tizimidan boshlab, eng zaruriy 
didaktik koidalarni xisobga oladi, ya’ni pedagogikaning ma’lum tamoyillari, ya’ni 
noma’lumdan ma’lumga, engildan murakkabga (osondan qiyinga) kabilarga 
tayanadi. 


Psixologik tadqiqot natijalariga qaraganda talabalarning faol fikrlash 
faoliyati mavzusiga aylangan ma’lumotgina yaxshi o’zlashtiriladi. Shu nuqtai 
nazaridan o’qituvchi amaliy mashg’ulot jarayonida asosiy e’tiborni talabalar 
bilimini faollashtirishga qaratishi, ularga xar bir mashqning ta’limiy xarakterini, 
ya’ni xar bir mashq echimi ularni turli muammoli vaziyatlarda to’g’ri yo’l topishga 
o’rgatishni, ularning bilim va tajribasini boyitishni tushuntirish kerak. 
Xulosa qilib aytganda, yaratilgan topshiriqlar tizimi ta’limni kafolatlangan 
natijaga ega bo’lgan o’ziga xos texnologik jarayonga aylantirish lozim. Bu 
jarayonda oliygox «Informatika va axborot texnologiyalari» fani o’qituvchisi 
odatda o’z oldiga «talaba o’quv materialining mazmunini tushunib, o’zlashtirib 
olsin, ma’lum bilimlarni egallab amaliyotga qo’llashga o’rgansin» degan maqsadni 
qo’yadi. 
Yangi pedagogik texnologiyalariga asoslangan bunday maqsadning moxiyati 
topshriqlar tizimini yaratishda talabalar xarakatida ifodalanadigan natijalar bilan 
belgilanadi. Bu natijalar talaba mashg’ulotning oxirida bilishi yoki bajara olishi 
mumkin bo’lgan tushunchalarni anglatadi. 

Yüklə 284,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə