O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti fizika matematika fakulteti



Yüklə 284,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/22
tarix25.12.2023
ölçüsü284,92 Kb.
#161266
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
607d4938802b4

1.2.
 
«Informatika» fanidan talabalarning bilim olishlariga oid didaktik 
materiallaridan foydalanishning pedagogik asoslari 
Talabalarning fanlarni mustaqil o’zlashtirishida ma’ruza mashg’uloti asosiy 
o’rinni egallaydi. Uqitishning qiyin masalalaridan biri talabalarda ma’ruza eshitish 
jarayonida diqqatlilik va faollik ko’nikmalarini shakllantirishdir. 
Ma’ruza qiziqarli, samarali, mantiqan to’g’ri tuzilgan va muammoli vaziyat 
tug’dirishga mo’ljallangan bo’lishi lozim. Ma’ruza mobaynida imkoni boricha 
talabalar ma’ruza materiallarini o’zlashtirishga xarakat qilishi lozim. 
Pedagogikada talabalarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirishga 
qaratilgan qator o’qitish metodlari ma’lum, ular qatoriga muammoli o’qitish, 
kontekst uqitish, ish faoliyatini ifodalovchi o’yinlar, rollar bajarish va boshqalarni 
kiritish mumkin. Ammo bunday uqitish metodlaridan uquv jarayonida keng 
foydalaniladi deb bo’lmaydi, chunki xar bir mashg’ulotga tayyorgarlik uziga xos 
pedagogik izlanishni, yuksak kasbiy maxoratni, ijodiy yondashuvni va ko’p vaqtni 
sarflashni ko’zda tutadi va talab etadi. Bir so’z bilan aytganda, xar bir bunday 
mashg’ulot stsenariysi o’ziga xos xususiyatga ega va qaytarilmaydigan jarayondir. 
Ma’ruza mashg’ulotlarini tashkil etishning bir-biridan tubdan farq qiluvchi 
uch xil yondashuv mavjud: 
og’zaki-illyustrativ, texnologik va izlanuvchi-ijodiy.
Og’zaki-illyustrativ yondashuv,
asosan uqituvchining axborot berishi, 
talabalarning qabul qilayotgan bilimini to’plashi va xotirasida saqlashi bilan 
belgilanib, u an’anaviy metod xisoblanadi. 
Talaba tomonidan olingan bilimlarni amalda qullash ko’nikmalari sinov va 
imtixonlarda tekshirib ko’riladi, ya’ni talaba xotirasidagi bilimlarga qaratilgan 
to’g’ridan-to’g’ri savollarga javoblar ifoda etiladi. 
Bu tizimdagi bilimlar «Informatika va axborot texnologiyalari» fanida 
asosiy tushunchalarni talabalarning esda saqlab qolishi natijasi xisoblanadi. Shu 
sababli, o’qituvchining asosiy vazifasi zaruriy axborotni ma’lum qilish va uni 
xotirada mustaxkamlash ustida ishlashdir. 
Ta’limda og’zaki-illyustrativ yondashuv juda katta tajribadan o’tgan va 


qismlarga ajratilib ishlab chiqilgan bo’lsada, uni tashkil etish xanuzgacha 
takomillashuvda davom etmoqda. Bu takomillashuvning imkoniyatlari 
cheklanganligi yondashuvning o’ziga qo’yilgan tamoyillaridadir. Jadal suratlar 
bilan o’sib borayotgan fan va texnika talablari, ta’lim tizimidagi isloxatlar
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, shaxsni rivojlantirish, uning ma’lumot olish 
istaklarini qondirishga bo’lgan jamiyat extiyojlari o’qitish metodlari o’rtasida 
ziddiyatlar tug’ilishiga olib kelmokda. 
Ta’limga texnologik yondashuvning umumiy xarakteristikasini (qismlarga 
ajratmagan xollarda) ta’limning reproduktiv darajasi sifati misolida qaraymiz. 
Bunday variantning tanlanishi M.V.Klarinning tadqiqot ishida o’z aksini topgan. 
Ma’lumki, reproduktiv ta’lim talabalarning yod olingan va o’zlashtirgan 
bilimlariga tayanadi. Shuni ta’kidlash joizki, xattoki talabalardan bir xil vaziyatda 
bo’lmagan vazifalarni xal etish ko’nikmalarini talab etuvchi ma’lum qoidalar 
kombinatsiyasi asosida echimning yangi sub’ektiv algoritmini ishlab chiqish zarur 
bo’lgan o’zlashtirishning produktiv darajasi kuzda tutilgan takdirda xam 
reproduktiv element ko’plab o’quv predmetlarining ichiga kirib borgan. Pedagogik 
texnologiya doirasida reproduktiv darajasidagi ta’limga asoslangan ma’ruza 
mashg’uloti aniq qayd etilgan va qismlari tavsiflanib, kutilgan natijalari bilan asl 
xoliga qaytarish lozim bulgan konveyrli jarayon sifatida kuriladi. 
Ma’ruza matni aniq kayd etilgan o’quv maqsadiga mos xolda tuzilgan, 
maxsus qismlarga ajratilgan o’quv materialini tavsiya etishning al’ternativ 
yo’llarini kuzda tutadi va o’quv ishlari yukori natijalarga erishishiga karatilgan. 
Bunday yo’naltirilganlik mashgul bulish, musobakalashish va o’zaro 
yordamlashish elementlaridan xoli emas, shuning uchun u talabalarda minimal
ya’ni o’zlashtirishi zarur bulgan bilim, ko’nikma va malakalarni egallatish 
jarayonida ko’proq 
samara beradi. Texnologik yondashuvni ma’ruza 
mashg’ulotlarida qo’llash o’qituvchi tomonidan qo’yilgan uquv maqsadlariga 
kafolatli erishish imkonini beradi. 
Ta’limga izlanuvchi-ijodiy yondashuvdagi matssad-talabalarda ma’ruza 
matnidagi muammolarni xal etish, yangi, oxirigacha tugallanmagan tajribani 


mustaqil o’zlashtirish qobiliyatlarining shaxsiy ma’no kasb etishini 
rivojlantirishdan iboratdir. Bunday yondashuv ta’lim mazmuni shaxsni 
tadqiqotchilik yo’liga boshlash va uning jadal ijodiy faoliyati xarakteri bilan 
bog’liq. 
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, pedagogikada xam texnologik, xam izlanuvchi-
ijodiy yondashuvlar zarur, ularning xar bir ma’ruza matnlarida qullanishi bo’yicha 
o’z o’rniga ega, shu jixatdan ularning optimal ravishda birga qushib olib borilishi, 
bizningcha, maqsadga muvofiqdir. 
Ta’lim tizimi tuzilishidagi keng kamrovli islohotlarni respublika pedagoglari 
ilgor pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va o’quv jarayoniga qo’llash bilan 
mustahkamlashlari zarur deb o’ylaymiz. Buning uchun pedagoglarni o’quv 
jarayoniga, texnologik yondashuvga o’rgatish talab etiladi, bu esa nafaqat 
foydalanish, balki uni O’zbekistan tajribalari, an’analari, madaniyatini hisobga 
olgan holda rivojlantirish imkonini beradi. Texnologik yondashuv doirasida 
yaratilgan «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan ma’ruza matniga doir 
didaktik loyihalash usullariga bo’lgan munosabat o’quv jarayonini oqilona, shu 
bilan birga ijodiy rejalashtirish, yangi fikrlar bilan boyitish, ularning natijalarini 
bauolashga yordam beradi. Shuni qayd etish joizki, an’anaviy o’quv jarayonida 
texnologik yondashuvni to’laligicha emas, balki uning elementlarini qo’llash 
(ularni o’zlashtirilgan va tegishli metodik ta’minotning tayyorgarlik darajasida) 
mumkin. Bu eng avvalo pedagogik texnologiyaning yadrosi yoki markaziy nuqtasi 
deb atash mumkin bo’lgan alohida o’quv maqsadlarini aniqlashtirish 
(konkretlashtirish) yo’llariga tegishlidir. 
Ma’ruza mashg’ulotlarida texnologik yondashuv, rejalashtirilgan natijani 
amalga oshirish imkonini beruvchi konstruktiv, ko’rsatmali shaklda o’z ifodasini 
topadi. Ya’ni: "maqsadga yo’naltirilganlik", "ta’limni alohida o’rgatuvchi 
ko’rinishlarga bo’lish", "jarayon natijalarini tashhisli tekshiruv" kabilar shular 
jumlasidandir. 
Ma’ruza mashg’ulotlarining asosiy texnologik jihat-o’quv jarayonining 
so’nggi natijalariga yo’naltirilganligini kuzatishdan iboratdir, ya’ni talaba o’z 


imkoniyati darajasiga mos kafolatlangan bilim olishga e’tibor qaratilgan. Bu esa 
ma’ruza mashg’ulotlarida berilgan bilimlarni o’zlashtirishda talabalarning 
yakkalashishiga olib keladi. Ma’ruza mashg’ulotlaridagi bunday texnologik 
yondashuv tarkibiga quyidagilar kiradi: 

"Informatika va axborot texnologiyalari" fanining uar bir ma’ruza 
mashg’uloti bo’yicha maqsad va vazifalar ro’yxatini ishlab chiqish; 

o’quv maqsadlarini nazorat topshiriqdariga o’tkazish (aylantirish); 

maqsadga erishish usullari

erishilgan o’quv maqsadlarini baxolash. 
Pedagogik texnologiyada nazarda tutiladigan maqsadlarni qo’yish o’ziga xos 
bo’lib, bu xoslik, ta’lim maqsadlari o’quvchilar xarakatida ifodalanadigan va aniq 
ko’rinadigan, shuningdek, o’lchanadigan natijalar orqali belgilanadi. 
Rivojlangan mamlakatlardan, jumladan, Amerika Kushma Shtatlari va 
Angliya davlatlarida talaba va o’qituvchi uchun maqsadlarni aloxida - aloxida 
belgilash odat tusiga kirgan. Bu esa mantikan to’g’ri, chunki o’qitish-pedagog va 
ta’lim oluvchining o’zaro xamkorlikdagi faoliyati xisoblanadi. Bunda maqsadlar 
(o’rgatish, tushuntirish, ko’rsatish, aytib berish va x.k.) o’qituvchining faoliyatidan 
kelib chiqqan xolda quyiladi. Talabaning xarakterlarida ifodalanadigan natijalar, 

Yüklə 284,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə