O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti fizika matematika fakulteti


Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va xajmi



Yüklə 284,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/22
tarix25.12.2023
ölçüsü284,92 Kb.
#161266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
607d4938802b4

Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va xajmi
. Kirish, 2 ta bob, xulosa va 
foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat bo’lib, ____ betda ifoda etilgan. ___-
rasm. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


I.BOB. INFORMATIKA FANINI O’QITISH JARAYONIDA 
O’QITISH METODLARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK 
ASOSLARI
1.1.
 
Informatika fanini o’qitish jarayonida qo’llaniladigan o’qitish 
metodlarining ilmiy-nazariy asoslari. 
«Metod» so’zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish 
yo’li» kabi ma’nolarni anglatadi. Filosofiya lug’atida ushbu tushuncha umumiy 
tarzda «maqsadga erishish usullari» deya sharxlangan. 
Ayni vaktda pedagogik manbalarda «ta’lim metodi» tushunchasiga berilgan 
ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvox bo’lish mumkin. 
Shuningdek, ta’lim metodlarining o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro 
xamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to’g’risidagi fikrlar xam 
mavjud. 
Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo’nalishdagi 
faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo’ladi. Ta’lim jarayonida 
mazkur loyixa amaliyotga o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining o’zaro tutashuvi, 
o’qitish va o’qishga qaratilgan aniq xarakatlar, amallar yoki usullar majmuasi 
sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo’lmaydi, buning boisi 
ta’lim metodi o’zida umumiy xolda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi. 
Qayd etilayotgan tushuncha moxiyatini to’laqonli yorituvchi ta’rifni 
aniqlashga bo’lgan urinish bugun xam davom etyapti, yangi-yangi ta’riflar ilgari 
surilmokda. Biroq, «ta’lim metodi» tushunchasi moxiyatini yoritishga nisbatan 
turlicha karashlarning mavjudligiga karamay, ularni o’zaro yakinlashtiruvchi 
umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta’lim metodlari o’quvchilarning o’quv-
bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan qarashga yon bosadilar. Demak, 
ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi 
usullar majmuidir. 
Ta’lim jarayonida ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat 
qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o’zlashtirish yo’llari ifoda etiladi, o’qituvchi 


va o’quvchilarning o’zaro xarakati, xususiyati aks ettiriladi. 
Ta’lim jarayonida ta’lim metodlari doimo u yoki bu o’qish vositalari 
yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o’zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz. 
Tabiiyki, ta’lim jarayonida umumiy xolda erishilgan natija xar doim xam 
o’qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta’lim 
maqsadi o’qituvchi va o’quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari 
yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga yo’naltirilgan mexanizm 
ishga tushadi. 
«Ta’lim metodi» atamasi bilan birga ko’p xollarda «metodik usul» 
(sinonimlari - pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi xam qo’llaniladi. U 
ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muxim unsuri, metodni joriy qilishdagi 
alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Xar bir metod ma’lum ta’limiy vazifani 
muvaffaqiyatli xal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo’lishi mumkin. 
Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan 
yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin. 
Ta’lim jarayonida ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida 
aniqyolanadi: 

didaktik maqsad asosida; 

ta’lim mazmuni asosida; 

o’quvchilarning o’quv ko’nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi 
asosida; 

o’qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida. 
Ta’lim metodlaridan foydalanish ko’lami, xolati o’qituvchining kasbiy 
tayyorgarligi va maxorati darajasiga bog’lik xolda o’zgaradi. 
Didaktikada munozaralarga sabab bo’layotgan yana bir muxim ob’ekt ta’lim 
metodlarining tasnifidir. Ta’lim jarayonida ta’lim metodlarini tanlash muammosi 
uzoq davrdan buyon tadqiq qilib kelinmokda. Biroq tadqiqotlar soni ko’p bo’lsada, 
bu borada yagona tuxtamga kelinmagan. 
Mualliflar tavsiya etilayotgan metodlarni quyidagicha qo’llash maqsadga 
muvofiqligini ta’kidlaydilar: 


1.

Yüklə 284,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə