O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti fizika matematika fakulteti



Yüklə 284,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/22
tarix25.12.2023
ölçüsü284,92 Kb.
#161266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
607d4938802b4

Laboratoriya ishlari. 
Mazkur jarayonda aniq vazifa, ya’ni, ma’lum 
sharoitda muayyan xodisalarni kuzatish yuklanadi. O’quvchilar xodisalarni kechish 
jarayonini kuzatadilar va taxlil qiladilar. 
Bilimlar manbai kuzatilayotgan xodisalar va ularning kechish jarayonidir. 
O’qituvchi vazifa moxiyatini ifodalaydi, o’quvchilarni nazariy bilimlar bilan 
qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqichlarni kuzatish yo’llari xamda yakuniy 
xulosa chiqarishni o’rgatadi. 
6.
Mashq 
(aqliy va faoliyatli mashqlar). O’quvchilar tomonidan 
bilimlarni o’zlashtirish jarayonining o’ziga xosligi, nazariy asoslar o’zlashtirilgach, 
ayrim materiallardagi o’xshash xarakatlarning ko’p bora takrorlanishi kuzatiladi. 
Bilimlar manbai: o’zlashtirilgan bilimlar va xususiy tajriba sanaladi. 
O’qituvchi mashqni bajarish uchun joy xamda vaqtni belgilaydi, topshiriqni 
ifodalaydi, uni bajarish bosqichlarining borishini nazorat qiladi, boshqaradi, 
shuningdek, yakuniy natijalarni tekshiradi. 
7.
Ijodiy mashq. 
Ushbu metod uziga xos xususiyatga ega bo’lib, o’ziga 
xoslik masalaning moxiyatini chuqur anglash, uni bajarishga nisbatan mustaqil 
yondashish, dalillarni saralash va o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni ijodiy 
bajarish jarayonida bilimlarni qo’llash va kengaytirish kabi xolatlar bilan 
tavsiflanadi. 
Bilimlar manbai va materiali sifatida avval egallangan ijodiy ishlar tajribasi, 
mavjud bilimlar, kuzatuvlar, shaxsiy tajriba, o’qilgan xikoya, ijtimoiy-foydali 
ishlarni boshqarish kabilar qayd etiladi. 
Keltirilgan tasnif «bilimlar manbai» bo’yicha tizimlashtirilgan metodlar - 
og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlarni u yoki bu darajada o’zida 
mujassamlashtiradi. 
Izoxli-tasvirli ta’lim metodlari (boshqa nomlanishi axborotli- 
reptseptsiya)ning moxiyati: odatda nazariy bilimlar tayyor xolda uzatiladi, 
o’quvchilar esa ularni qabul qiladilar (reptseptsiya). Bu yo’lda turli ta’lim 
vositalari (shu jumladan, ko’rgazmali vositalar)dan foydalaniladi. Boshlang’ich 


ta’limda o’qituvchi faoliyati bunda nafaqat axborotlarni uzatish, balki ularning 
o’quvchilar tomonidan qabul qilinishini xam tashkil etishdan iborat bo’ladi. Izoxli-
tasvirli metoddan ta’lim jarayorida foydalanishda quyidagi xolatlar yuzaga keladi: 
Ta’lim jarayonida reproduktiv ta’lim metodlari yukorida keltirilgan 
metodlardan quyidagi unsurlarning mavjudligi bilan farqlanadi: o’qituvchining 
bilimlarni tushuntirishi, ularni o’quvchilarning yodida saqlanishini ta’minlashi va 
qayta ishlab chiqishi (reproduktsiya). O’zlashtirilgan bilimlarning mustaxkam 
bo’lishiga ularni ko’p marta takrorlash evaziga erishiladi. Mazkur metod 
ta’limning barcha 
bosqichlarilarida turli xarakatlarni amalga oshirish 
ko’nikmalarini o’zlashtirishda muxim o’rin tutadi. 
Ta’lim jarayonida muammoli metodning moxiyati informatika 
mashg’ulotlari jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish va echishdan iborat 
bo’lib, uning asosida didaktik ziddiyatlar yotadi. Ziddiyatlarni bartaraf etish 
nafaqat ilmiy bilish yo’li shu bilan birga o’quv yo’li xamdir. Bu metodni quyidagi 
chizma yordamida ifodalash mumkin: 
1 - rasm. Muammoli o’qitish metodining tuzilmasi 
Muammoli ta’lim kontseptsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli 
vaziyat», «muammo», «muammoni topish» kabilar xisoblanadi. Chizmadan 
anglanadiki, muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko’rinishi xisoblanib, 
o’zida sub’ektning aniq yoki qisman tushunib etilgan muammoni ifodalaydi, uni 
bartaraf etish yangi bilimlar, usullar va xarakat ko’nikmalarini o’zlashtirishni 
taqozo etadi. Agar o’quvchida qiyinchiliklarni yo’qotish yo’llarini izlab topish 
uchun boshlangich ma’lumotlar bo’lmasa, shubxasiz, muammoli vaziyat echimini 
u qabul qilmaydi, ya’ni, muammoning echimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash 


muamo moxiyatini tushunib etilishi, ifodalanishi, mavjud bilim va ko’nikmalar 
majmuasi va izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq 
boshlanadi. Bu xolda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Xar bir muammo 
muammoli vaziyatni o’zida namoyon etadi, biroq, barcha muammoli vaziyat 
muammoga aylanavermaydi. 
Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo echimini topishga 
yordam beruvchi yo’nalishlar ko’rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat 
muammoli masalaga xosdir. Muammoda echimning qandaydir parametrlari 
ko’rsatilsa, u muammoli masala xisoblanadi. Xar qanday muammoli topshiriq 
ma’lum muammoni, demak, muammoli vaziyatni xam qamrab oladi. Biroq, 
yuqorida ta’kidlanganidek, barcha muammoli vaziyat muammo bo’la olmaydi. 
Inson xar doim muammoli masalalarni xal etadi. Agar uning oldida muammo 
paydo bo’lsa, uni muammoli masalaga aylantiradi, ya’ni, uning echimi uchun 
o’zidagi bilimlar tizimiga tayanadi va ma’lum ko’rsatishlarni belgilab oladi. 
Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda u boshqa ko’rsatkichlarni qidiradi va shu 
muammo bo’yicha yangi variantlardagi masalalarni loyihalaydi. 
Ta’lim jarayonida muammoli metodni qo’llashda o’qituvchi va o’quvchilar 
tomonidan quyidagi xarakatlar amalga oshiriladi: 

Yüklə 284,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə