O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov


geologik-razvedka ishlarining regional etapi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

geologik-razvedka ishlarining regional etapi: 
O‘rganilmagan va kam 
o‘rganilgan 
cho‘kindi 
havzalarining 
va 
ayrim 
litologik-stratigrafik 
komplekslarning geologik tuzilishining asosiy qonuniyatlarini o‘rganish, 
mahsuldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan qatlamlarni ajratish, yirik hududlarni neft-
gazga istiqbolliligini baholash, neft va gaz resurslarini 
D
2
va 
D
1
toifalar bo‘yicha 
bashoratli baholash; neft-gaz to‘planishi mumkin bo‘lgan zonalarni ajratish va 
chegaralash hamda shu asosda izlov ishlari birinchi navbatda bajariladigan 
rayonlarni va komplekslarni tanlash. Regional etap ikki bosqichga bo‘linadi: 
neft-
gazlilikni bashoratlash va neft-gaz to‘planishi mumkin bo‘lgan zonalarni 
baholash. 
gumbaz: 
Antiklinal burmaning eng yuqori qismi, odatda cho‘ziqroq 
ko‘rinishda bo‘ladi. YUmaloq gumbazlar qubba deb ataladi.
 
struktura qudug‘i: 
YAkka strukturalar va tutqichlar mavjudligini hamda 
izlov-razvedka burg‘ilashiga istiqbolli hisoblangan maydonlarni aniqlash va 
tayyorlash maqsadida, shuningdek geologik-izlov masalalarini geofizik razvedka 
usullarini qo‘llab hal qilib bo‘lmaydigan yoki ularni qo‘llanishi murakkab va 
iqtisodiy jihatdan samarasiz hisoblanganda qaziladigan quduq.
 


300 
quduqlar fondi strukturasi:
Korxonalar, konlar va o‘zlashtirilayotgan 
ob’ektlardagi quduqlarni funksional vazifasiga va holatiga qarab, ma’lum bir sanada 
qabul qilingan qoidalarga ko‘ra ishlatish fondiga kiritilgan va kiritilmagan (haydash, 
vaqtincha to‘xtatilgan, nazorat, tugatilgan va b.) quduqlarni guruhlab hisobga olish 
va fondga kiritish. 
chuqur burg‘ilashga tayyorlangan struktura:
Mahsuldor (istiqbolli) 
yotqiziqlar tuzilishini ifodalaydigan tayanch gorizontlarda ushbu rayon uchun 
samarali hisoblangan geologik-geofizik usullar bilan xaritaga tushirilgan antiklinal 
yoki boshqa tipdagi tutqich. Bunday gorizontlar qulay geologik sharoitlarda izlov 
quduqlarini qazishni ta’minlaydigan samarador qatlamlar tuzilishini aks ettiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə