O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

kon va uyumlar razvedkasi:
Neft va gazlar uchun bajariladigan geologik-
razvedka ishlarining yakuniy bosqichi bo‘lib, razvedka burg‘ilashi natijalariga
geologik-geofizik va laboratoriya tadqiqotlari tahliliga asoslanadi, uning asosiy 
vazifasi kon (uyum)lar zaxirasini S
1
, qisman S

toifalarda hisoblab, ishlab 
chiqarishga tayyorlashdan iborat. Razvedka ishlari zaxiralari S
1
+S
2
va b. toifalarda 
hisoblangan va geologik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha sanoat miqyosida ijobiy 
baholangan neft va gaz konlarida olib boriladi. 
neft (gaz) zaxiralari:
Burg‘ilash natijalariga ko‘ra hozirda va kelajakda 
sanoat miqyosida ishlab chiqarish uchun etarli miqdorda aniqlangan neft, gaz, 
kondensat, tabiiy bitum resurslari va ularning tarkibidagi foydali komponentlar. 
gaz (neft, kondensat) resurslari:
Er qa’rining geologik jihatdan kam 
o‘rganilgan komplekslarida bo‘lishi mumkin bo‘lgan foydali qazilmalarning 
miqdori, ular yirik regionlar, neft-gazli provinsiyalar, akvatoriyalar, oblastlar, 
rayonlar va maydonlar chegarasida baholanadilar. 
gaz (neft) zaxiralari va resurslarini geologik-iqtisodiy baholash:
Hozirgi 
davr va kelajak uchun gaz (neft) zaxiralari va resurslarini tayyorlash va 
o‘zlashtirishning qiymat (bahosi) ifodasiga ko‘ra maqsadga muvofiqligini va 
ularning sifat ko‘rsatkichlariga ko‘ra majmuaviy baholash.
izlov quduqlari:
Geofizik metodlar va kolonkali burg‘ilash bilan 
tayyorlangan maydonlarda parametrik burg‘ilash va geofizik ishlar ma’lumotlari 
bo‘yicha loyihalashtirilib, bunday quduqlarni qurishdan maqsad yangi 
maydonlarda neft va gaz uyumlari mavjudligi yoki yo‘qligini aniqlashdan va 
ishlatilayotgan konlarda neft va gazning yangi uyumlarini topishdan iborat. 
razvedka qudug‘i:
Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan neft-gazliligi 
aniqlangan maydonlarda konning chegarasini belgilash va uni ishlatish loyihasini 
tuzish uchun dastlabki ma’lumotlarni to‘plash maqsadida loyihalashtiriladi va 
burg‘ilanadi. Razvedka burg‘ilashi jarayonida kesimni va uning neft-gazliligini 


304 
tadqiq qilish uglevodorod xom ashyosining joylashish chegarasini aniqlash 
maqsadida izlov burg‘ilashi paytidagidek hajmda davom ettiriladi. 
Birinchi bosqichda (dastlabki razvedkada) ulardan maqsad konning 
(uyumning) sanoat ahamiyatiga ega ekanligini baholashdan iborat. Ikkinchi 
bosqichdagi (mufassal razvedkada) ularning vazifasi sanoat toifasi (A+V+S
1
)
zaxiralarini tayyorlashdan va konlarni (uyumlarni) ishlatishning loyihalarini tuzish 
uchun ma’lumotlar to‘plashdan iborat.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə