O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

 
 
 


297 
GLOSSARIY
gaz (neft) zaxiralari va resurslarini geologik-iqtisodiy baholash:
Hozirgi 
davr va kelajak uchun gaz (neft) zaxiralari va resurslarini tayyorlash va 
o‘zlashtirishning qiymat (bahosi) ifodasiga ko‘ra maqsadga muvofiqligi bo‘yicha 
va ularning sifat ko‘rsatkichlariga ko‘ra majmuaviy baholash. 
qatlam-kollektorning qiyiqlanish chegarasi:
Qiyiqlanayotgan qatlamning 
yuqori va pastki qismlarining struktura xaritalarini bir-birining ustiga qo‘yganda bir xil 
qiymatli ikkita izogips chiziqlarining kesishgan nuqtalarini tutashtiruvchi, ya’ni 
qatlamning nul qalinligini ifodalovchi chiziq. 
qatlam-kollektorning o‘rin almashinish chegarasi:
Qatlam-kollektorning 
maydon bo‘ylab tarqalishini chegaralovchi shartli vertikal yuzaning gorizontal tekislikka 
bo‘lgan proeksiya chizig‘i. 
neft va gaz uyumi:
Turli tipdagi tutqichlarda neft va gazning to‘planishi, 
bunda uyumning o‘lchami va shakli ko‘p hollarda tutqichlar tarkib topgan 
jinslarning genetik tipi va rezervuarning parametrlari bilan aniqlanadi. 
qatlam uyumi: 
Qatlam tipli saqlagichdagi neft va gaz uyumi; u yuqori va 
pastki tomonlaridan o‘zidan suv o‘tkazmaydigan jinslar bilan chegaralanadi, ostida 
saqlagich hajmining katta qismini to‘ldirib turuvchi suv bilan tiralgan bo‘ladi.
gumbazsimon qatlam uyumi:
Mahsuldor maydonning hamma qismida 
qatlamga xos xususiyatlarga ega saqlagichdagi uyum bo‘lib, gumbaz shaklida 
egilgan bo‘ladi. 
struktura xaritasi:
Biron-bir struktura yuzasi (qatlamning yoki svitaning 
ustki yoki pastki qismi, rif massivlari yuzasi va sh.k.) ning absolyut balandliklari 
qiymati (xarita parametri)ning maydon bo‘ylab taqsimlanishini ma’lum 
masshtabda chizmali (izoliniyali) ifodalash. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə