O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

 
(M.A. Jdanov) 
 
Strukturalarning ayrim maxsus xaritalari 
Ayrim paytlarda maxsus vazifalarni hal qilish uchun strukturalar xaritasini 
tuzishda alohida usullarni qo‘llashga zaruriyat tug‘iladi. Bunday xaritalarga 
buzilish yuzasi xaritalari va qiya struktura xaritalari mansub. Biz quyida ushbu 
xaritalarning tuzilish usullariga to‘xtalib o‘tamiz. 
 
Buzilishlar yuzasi xaritasi 
Bunday xarita buzilish yuzasining tuzilishi murakkab bo‘lib, buzilish yuzasi 
bilan tektonik ekranlashgan neft uyumlari bog‘liq bo‘lgan geologik holatlar uchun 
tuziladi. Bunday xarita uchburchak yoki profillar metodlarini qo‘llash asosida 
alohida quduqlarda ochilgan buzilishlar yuzalarining mutlaq balandlik belgisi 
bo‘yicha tuziladi. Mazkur xaritalar orqali buzilishlar yuzasining ochiladigan 
chuqurligi aniqlanadi va neft uyumlari etarlicha razvedka qilinmagan taqdirda ham 
ishlatish quduqlarini aniqlik bilan loyihalashtirishga imkon beradi.
Misol:
9.7.12-rasmda profillar metodi asosida tuzilgan buzilish yuzasining 
xaritasi tasvirlangan. Xaritada interval quduqlardan olingan ma’lumotlar ham 
Dengiz sathi 


293 
inobatga olingan. Neft uyumining joylashishi faqat I-I va II-II kesmada
ko‘rsatilgan.
9.7.12-rasm.
 
Buzilish yuzasi xaritasi
 
1 – buzilish yuzasi izogipslari, m; 2 – uyumning surilmaosti qismidagi holati 
Profillar bo‘yicha olingan ma’lumotlarni struktura xaritasiga tushirib, neft 
uyumining joylashishi (abcd) va uning buzilish yuzasi bilan bog‘liqligi aniqlanadi. 
Qiya strukturaviy xaritalar 
Qiya strukturaviy xaritalarni tuzishda biror yuzani yoki strukturani bazis 
yuzada ifodalash uchun dengiz sathi o‘rniga qiya yuza qabul qilinadi. 
Tarix: 
Birinchi marta qiya strukturaviy xaritani 1911-1912 yillarda I.M. 
Gubkin Apsheron neft konidagi ba’zi bir neft uyumlari joylashgan erozion botiq 
uchun tuzgan. Bu xaritasi orqali I.M. Gubkin neft uyumlarining tarqalishi 
to‘g‘risida to‘g‘ri yo‘nalish bergan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə