O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov


Tutashish metodini qo‘llab strukturaviy xaritani tuzish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

Tutashish metodini qo‘llab strukturaviy xaritani tuzish 
Tutashish metodini qo‘llashdagi shartlar
.
 
Tutashish metodi faqat yagona 
quduqlar bilan ochilgan tayanch qatlam yuzasi bo‘yicha struktura xaritasini 
tuzishda qo‘llaniladi. Buning uchun quyidagilar zarur: maydonda kesimning yuqori 
qismida joylashgan va ko‘p quduqlar bilan ochilgan belgili gorizontning 
mavjudligi, uning yordamida ishonchli struktura xaritasini tuzish mumkinligi va 
h.k. Mazkur metodning asosiy mohiyati qatlamlarning ikki yuzasi oralig‘idagi 
masofalarning o‘zgarish qonuniyatini tadqiq qilishdan iborat. Agarda pastki va 
ustki yuzalarning strukturaviy plani bir-biriga mos kelsa, u vaqtda ular orasidagi 
masofalar o‘zgarmaydi, bunday hollarda xarita tuzishda tutashish metodini ishlatib 
bo‘lmaydi. 
Tutashish metodini qo‘llab struktura xaritasini tuzish

Misol:
Faraz 
qilaylik, faqat uchta quduq bilan ochilgan mahsuldor qatlam ustining struktura 
xaritasini tuzish zarur bo‘lsin (9.7.10-rasmda 1, 2, 3-quduqlar). YUqorida 
joylashgan belgili gorizont bo‘yicha esa struktura xaritasini tuzish uchun 
maydonda ko‘pgina struktura quduqlari qazilgan va ular bo‘yicha etarli 
ma’lumotlar to‘plangan bo‘lsin.
Bunday sharoitda, avvalo struktura xaritasi yuqorida joylashgan belgili 
gorizont bo‘yicha tuziladi (9.7.10-rasm, a) va pastki mahsuldor gorizontni ochgan 
quduqlarga, mahsuldor qatlam va belgili gorizontning joylashgan chuqurliklari 
orasidagi farq qiymati yozib qo‘yiladi. 
Birinchi va uchinchi quduqdan o‘tuvchi I-I kesmaga (9.7.10-rasm, b) 
parallel qilib ikkinchi quduqning izogips chizig‘i o‘tkazilgan. Rasmdan ma’lum 
bo‘lishicha, belgili gorizont bilan mahsuldor qatlam orasidagi masofa birinchi 
quduqdan 3-quduqqa tomon ortib boradi. Mahsuldor qatlamni ochgan quduqlar 
belgisi yoniga yozilgan interval masofalar o‘lchamini interpolyasiya qilamiz. 
 


290 
9.7.10-rasm.
 
Tutashish metodi bo‘yicha struktura xaritasini tuzish (M.A. 
Jdanov, 1981) 
a – izoxoralar o‘tkazilgan belgili gorizontning ustki qismi bo‘yicha tuzilgan struktura 
xaritasi; b – tayanch gorizontining ustki qismini va mahsuldor qatlamning tuzilishini I-I kesmada 
ifodalanishi; v – A nuqtada mahsuldor qatlam ustki qismining mutlaq chuqurligini aniqlashga 
misol; g –mahsuldor qatlam ustki qismining tutashish metodi bilan tuzilgan struktura xaritasi; 1 – 
tayanch gorizontning ustki qismining izogipslari, m; 2 – teng masofali chiziqlar (izoxoralar), m; 
I-I kesmada qatlam ustki qismlarini joylashgan holatlari: 3 – tayanch gorizont holati; 4 – 
mahsuldor qatlam holati; 5 – tutashish nuqtalari; 6 – mahsuldor qatlam ustki qismining 
izogipslari, m
Interpolyasiyani belgili gorizont ustining struktura xaritasining izogipsi 
kesimiga teng bo‘lgan intervallar bo‘yicha bajarish tavsiya etiladi. Masofasi bir 
xil bo‘lgan nuqtalar birlashtirilib, izoxoralar (bir xil masofali chiziqlar) hosil 
qilinadi. SHunday qilib, tutashish xaritasi, ya’ni belgili gorizont ustining 
izogipslarini izoxoralar bilan kesib o‘tilgan xaritasi tuziladi (9.7.10-rasm, a). Bu 
chiziqlarning kesishgan hamma nuqtalarida mahsuldor gorizont ustining yotgan 
chuqurligini hisoblash mumkin. Misol uchun kesishish nuqtasini A harfi bilan 
belgilaymiz (9.7.10-rasm, a). Bu nuqtada belgili gorizont ustining yotgan 
chuqurligi 

 250 m ga teng, belgili gorizont va mahsuldor qatlam ustlari orasidagi 
masofa esa 500 m ga teng.
Dengiz 
sathi 
Dengiz sathi 
Mahsuldor
qatlam 
Belgili 
gorizont 


291 
Demak, mahsuldor qatlam ustining A nuqtada yotgan chuqurligi dengiz 
sathidan 250+500=750 m pastda joylashgan (9.7.10-rasm, v). Mahsuldor 
qatlamning yotgan chuqurligi qiymatlarini belgili gorizontning izoxor va 
izogipslarini hamma kesishgan nuqtalarida hisoblab chiqib, mahsuldor qatlam 
ustining struktura xaritasini tuzish mumkin (9.7.10-rasm, g). Buning uchun bir xil 
qiymatli belgilar tekis chiziq bilan birlashtirib chiqiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə