O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov


Strukturalar xaritasini tuzishda quduqning qiyshayishini hisobga olish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

Strukturalar xaritasini tuzishda quduqning qiyshayishini hisobga olish 
 
Quduqning qiyshayishini hisobga olmaslik asoratlari.
 
Struktu-ralar 
xaritasini tuzishda yanglishishlar bo‘lishining oldini olish maqsadida quduq 
tanasining qiyshayishini hisobga olish zarur. CHunonchi, quduq tog‘ jinslarining 
yuqoriga ko‘tarilishi bo‘yicha qiyshaysa, struktura xaritasida aslida yo‘q bo‘lgan 
struktura do‘ngligi paydo bo‘lishi mumkin va aksincha, quduq tog‘ jinslarining 
pastga og‘ishi bo‘ylab qiyshaysa, xaritada struktura botiqligi paydo bo‘ladi. 
Quduqning qiyshayishini hisobga olish metodikasi. 
Quduqning 
qiyshayishini hisobga olishda, eng avvalo uning fazoviy qiyshayishi aniqlanadi va 
uni bir tekislikdagi qiyshayishga keltiriladi (qiyshayishning soxta tekisligi). 
Bu ish berilgan izohdagi metodika bo‘yicha bajarilib, uning vertikal tashkil 
etuvchisi aniqlanadi. Natijada tayanch yuzaning quduq bilan uchrashgan 
nuqtasining joylashgan chuqurligi belgilanadi. 
9.7.8 -rasm. Balandlik “arfasi” 
(A.M. Agadjanov)


288 
Quduqlar joylashgan planshetda struktura xaritasini tuzish uchun qiyshaygan 
quduqlar og‘zi va ularning tayanch yuza bilan kesishgan nuqtalari tasvirlanadi (bir 
tekislikka keltirilgan quduq tanasining gorizontal proeksiyasini ifodalovchi vektor 
oxirida).
Bu nuqtalarga (vektor oxirida) ularning yotgan chuqurliklarini mutlaq 
balandlik qiymatlari metrda qo‘yiladi, ya’ni 
х
-N, bunda 
х

vertikal tashkil 
etuvchi; N 

quduqning altitudasi. 
Keyinroq mazkur quduqning tayanch yuzasi bilan kesishgan nuqtalari 
(vektorning oxirida) uchburchak usulida tutashtiriladi. YUqorida qayd etilgan 
qoidaga 
ko‘ra quduqlarning keltirilgan qiymati chuqurliklari bo‘yicha 
interpolyasiya qilinadi va struktura xaritasi tuziladi (9.7.9-rasm). 
9.7.9-rasm.
 
Quduqning qiyshayishi hisobga olinmaganda yuzaga keladigan 
hatoliklar sxemasi va strukturalar xaritasini tuzishda ularning qiyshayishini 
hisobga olish (M.A. Jdanov, 1981) 
Quduqlarning qiyshayishi hisobga olinmaganda sodir bo‘ladigan hatoliklar: a – 
qatlamlarning yuqoriga ko‘tarilishi bo‘yicha; b – qatlamlarning pasayishi bo‘yicha; v – 
quduqning qiyshayishini hisobga olib struktura xaritasini tuzish. 
A, S – quduqlar og‘zining holati; V, D – quduqlar ostki qismlarining holati; kasr suratida 
– quduqlar soni, kasr maxrajida – quduq chuqurligining belgisi (metrda) 


289 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə