O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov


Quduqlar oralig‘idagi belgilarni topishda balandlik “Arfa”si yoki



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

 
Quduqlar oralig‘idagi belgilarni topishda balandlik “Arfa”si yoki 
paletkadan foydalanish 
Belgilarni tez topishda grafik metodidan foydalaniladi. Bunda balandlik 
“Arfa” si (yoki paletka) ishlatiladi. Kalka qog‘ozda chizilgan va bir-biridan bir xil 
masofada parallel joylashgan chiziqlar “Arfa” nomi bilan yuritiladi (9.7.8 -rasm). 
Eng chekkadagi to‘g‘ri chiziqda O-belgisi, yon tarafidagi hamma to‘g‘ri chiziqlar 5 
va 10 ga karrali yozilgan.

Arfa

dan foydalanish: Aytaylik, balandlik belgisi 7,5 m bo‘lgan 7-quduq 
va 32 m bo‘lgan 10-quduqlar oralig‘ida gorizontallarning to‘g‘ri chiziq bilan 
kesishgan joyini topish kerak. Gorizontallar kesimi (mutlaq balandliklar farqi) 5 
m. Xaritaning ustiga 

Arfa

ni shunday joylashti-rish lozimki, bunda 7-quduqning 
markazi 7 va 8 m belgili to‘g‘ri chiziqlarning qoq o‘rtasiga joylashsin. So‘ngra 
aniqlangan nuqtani joyidan siljitmay turib, 22 m belgili to‘g‘ri chiziqni 10-


287 
quduqning markaziga o‘rnashguncha 

Arfa

ni aylantiramiz. Ikki quduqni 

Arfa

ning 10, 15 va 20 m belgili to‘g‘ri chiziqlari bilan birlashtiradigan 
chiziqning kesishgan joylarida teshikchalar hosil qilib, izlanayotgan nuqtalar 
topiladi. 
Topilgan bir xil belgili nuqtalar keskin egilishlar hosil qilmay, chiziq bilan 
birlashtiriladi. Bunda nuqtalar soni ko‘p bo‘lmagan izogipsning yo‘nalishi nuqtasi 
ko‘p bo‘lgan izogips chiziqlari yo‘nalishiga moslab chiziladi.
Nuqtalar soni kam bo‘lgan uchastkalarda esa izogipslar shartli ravishda 
punktir (uzuq) chiziqchalar ko‘rinishida chiziladi. Mutlaq balandliklarni 
interpolyasiya qilish metodi bilan struktura xaritasini tuzishda, qatlamlarning 
buzilish chizig‘ining o‘rni faqat taqribiy aniqlanadi. Buzilishlar chizig‘ining o‘rnini 
aniq topish uchun kesma chiziqlariga tushirilgan quduq kesimlaridan foydalaniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə