O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

suv-neft tutash yuzasi (SNTYU): 
Neft uyumida neftga to‘liq to‘yingan zonani 
o‘tish zonasidan shartli ravishda ajratadigan yuza bo‘lib, unda neftga to‘yinganlik 
chuqurlik bo‘yicha kamayib boradi, suvga to‘yinganlik esa 100 % gacha ortadi. SNTYU 
odatda gorizontal, ayrim hollarda bir oz qiya holatda bo‘ladi. 


298 
gaz-suv tutash yuzasi (GSTYU): 
Gaz uyumida gazga to‘liq to‘yingan zonani 
o‘tish zonasidan shartli ravishda ajratadigan yuza bo‘lib, unda gazga to‘yinganlik 
chuqurlik bo‘yicha nulgacha kamayib boradi. GSTYU odatda gorizontal, ayrim hollarda 
bir oz qiya holatda bo‘ladi.. 
gaz-neft tutash yuzasi (GNTYU):
Neft-gaz uyumida neftni gazdan ajratuvchi 
shartli yuza bo‘lib, unda neft-gaz aralashmasiga to‘yingan oraliq zonaning qalinligi 
uyumning hosil bo‘lish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. 
qiya tutash yuzalar:
Neft va gaz uyumlaridagi suv-neft va gaz-suv tutash yuzalari 
bo‘lib, ular qiya holatda uchraydi. Qiyalik gidrodinamik yoki kapillyar kuchlar ta’sirida 
hamda tutqichlarning tektonik qayta shakllanish jarayonlarida vujudga keladi. 
neftlilik (gazlilik) konturi:
Suv-neft (GSTYU, GNTYU) tutash 
yuzalarining mahsuldor qatlamning ustki qismi (tashqi kontur) yoki pastki qismi 
(ichki kontur) bilan kesishgan chizig‘ining gorizontal tekislikdagi proeksiyasi. 
Neftlilik (gazlilik)ning ichki konturi doirasidagi neft (gaz) uyumining bir qismi 
qatlamning “neft (gaz)ga to‘liq to‘yingan zonasi” deb ataladi.
kontur chegarasi: 
Bloklar oralig‘idagi chegaralar bilan kesishgungacha 
bo‘lgan hamda uyumning taxmin qilinayotgan konturiga parallel joylashgan yopiq 
chiziq. Kontur chegarasi tashqi va ichki turlarga bo‘linadi.
neft (gaz)ga to‘yinish koeffitsienti:
Qatlamning g‘ovaklari (bo‘shliqlari)dagi neft 
(gaz) hajmining qatlam sharoitidagi neft (gaz)li qatlamning umumiy g‘ovak (bo‘shliq)lari 
hajmiga nisbati. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə