O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

quduqlar fondi: 
Neft qazib chiqaruvchi korxonaga biriktirilgan, hisobot 
davri (kvartal, yil) oxirida foydalanish ob’ektida (kon, korxona) burg‘ilangan 
quduqlarning umumiy soni. 
ishlatish quduqlari fondi: 
Ishlatish ob’ekti (kon, korxona)dagi quduqlar 
fondining asosiy qismi bo‘lib, unga ishlayotgan va ishlamayotgan fondlar hamda 
burg‘ilashdan so‘ng o‘zlashtirilayotgan va o‘zlashtirilishini kutayotgan quduqlar 
ham kiradi. 
foydali qalinlik:
Flyuidlar (neft yoki suv, gaz) harakatlanishi mumkin bo‘lgan 
o‘tkazuvchan qatlar qalinligining yig‘indisi.
neft (gaz)ga to‘yingan foydali qalinlik: 
Qatlam (gorizont, ishlatish ob’ekti)dagi 
jins-kollektor qatlarining neft (gaz)ga to‘yingan qalinligi yig‘indisi. 
uyumning foydali hajmi:
Uyum chegarasida sanoat miqyosidagi neft-gazga 
to‘yingan jins-kollektorlarning hajmi bo‘lib, uning miqdorini uyumning umumiy 
maydonini neft(gaz)ga to‘yingan qalinlikning o‘rtacha qiymatiga ko‘paytirib aniqlanadi. 
neft va gaz uchun geologik-razvedka ishlari (GRI):
Er osti boyliklarini 
geologik o‘rganish, istiqbolli hududlarni aniqlash, konlarni ochish, ularni baholash 
hamda neft va gaz zaxiralarini o‘zlashtirishga tayyorlash maqsadida bajariladigan 
ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot ishlari majmui. 
GRI ning asosiy prinsiplari: 
Er osti boyliklarini geologik o‘rganish majmui 
bo‘lib, unda neft va gaz konlarini izlash va razvedka qilish bilan birga barcha 


301 
yo‘lakay komponentlar (neft gazi va uning tarkibi, gaz kondensati va uning tavsifi, 
oltingugurt, nodir metallar va b.), ularni qazib chiqarish yoki ulardan 
foydalanishning mumkinligi va maqsadga muvofiqligi o‘rganiladi, shuningdek
injenerlik-geologik, gidrogeologik, tog‘-texnik va boshqa tadqiqotlar bajariladi
tabiiy-iqlimiy, ijtimoiy-iqtisodiy, geologik-iqtisodiy sharoitlar va ularning konni 
o‘zlashtirish istiqboli bilan bog‘liq o‘zgarishlari tahlil qilinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə