O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

GRI ning bosqichlari:
Er qa’rining neft-gazliligini reja asosida o‘rganish, 
neft, gaz kondensati va tabiiy gazlarning razvedka qilingan zaxiralarini oqilona 
tayyorlash hamda ushbu konlarni sanoat miqyosida belgilangan talablarga muvofiq 
o‘zlashtirishni ta’minlash uchun bajariladigan ishlarning eng maqbul ketma-ketligi. 
GRI ning regional etapi:
 
O‘rganilmagan va kam o‘rganilgan cho‘kindi 
havzalarining 
va 
ayrim 
litologik-stratigrafik 
komplekslarning 
geologik 
tuzilishining asosiy qonuniyatlarini o‘rganish, mahsuldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
qatlamlarni ajratish, yirik hududlarni neft-gazga istiqbolliligini baholash, neft va 
gaz resurslarini D
2
va D
1
toifalar bo‘yicha bashoratli baholash; neft-gaz to‘planishi 
mumkin bo‘lgan zonalarni ajratish va chegaralash hamda shu asosda izlov ishlari 
birinchi navbatda bajariladigan rayonlarni va komplekslarni tanlash. Regional etap 
ikki bosqichga bo‘linadi: 
neft-gazlilikni bashoratlash; neft-gaz to‘planishi mumkin 
bo‘lgan zonalarni baholash.
GRI ning izlov etapi:
Izlov burg‘ilashi uchun ob’ektlarni aniqlash va 
tayyorlash, S
3
toifadagi uglevodorodlarning istiqbolli resurslarini dastlabki 
baholash, neft va gaz konlarida yoki avval ochilgan konlarda yangi uyumlarni 
aniqlash hamda S
1
va S
2
toifalardagi zaxiralar miqdorini hisoblash. Izlov etapi ikki 
bosqichga bo‘linadi: 
izlov burg‘ilashi uchun ob’ektlarni aniqlash va tayyorlash
kon (uyum)larni izlash va baholash

GRI ning razvedka etapi:
Kon (uyum) larning sanoat miqyosidagi 
miqdorini belgilash hamda S
1
va S
2
toifalar bo‘yicha uglevodorodlarning razvedka 
qilingan zaxiralarini uyumlarni uzil-kesil chegaralash va suvneft tutash yuzasini 
(SNTYU), gaz-suv tutash yuzasini (GSTYU), gaz-neft tutash yuzasini (GNTYU) 
aniqlash asosida hisoblash, kon (uyum)larni ishlatishning (tajribaviy-sanoat 


302 
ishlatish loyihasining) texnologik sxemasini yoki gaz kon (uyum) larini ishlatishni 
(o‘zlashtirish loyihasini) asoslash hamda ishlatilayotgan ob’ektlarning sanoat 
miqyosidagi xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Razvedka etapi ikki bosqichga 
bo‘linadi: 
kon (uyum)larni razvedka qilish va ishlatishga tayyorlash; kon 
(uyum)larni qo‘shimcha razvedka qilish


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə