O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

GRI ning samaradorligi:
Neft va gaz uchun bajarilgan GRI ning etaplari va 
bosqichlari natijalarini unga sarflangan moddiy mablag‘lar va pulli xarajatlarga 
nisbati bilan belgilanib, u O‘zbekiston Respublikasida DZK tomonidan 
tasdiqlangan sanoat miqyosidagi zaxiralar hajmi bilan aniqlanadi va zaxiralar 
ko‘rsatkichlari majmui bilan baholanadi. 
GRI ning umumiy iqtisodiy samaradorligi:
Neft va gaz zaxiralarini 
tayyorlashdan olingan yoki kutilayotgan foydaning ularni aniqlash va razvedka 
qilishga sarflangan xarajatlar bilan o‘zaro solishtirib aniqlanadi. 
GRI ning qiyosiy iqtisodiy samaradorligi:
Taqqoslanayotgan variantlar 
ichida eng yaxshisini tanlab olish maqsadida eng kam xarajat bilan baholangan 
ob’ektlar solishtiriladi. 
izlov-razvedka ishlarining tezkor tahlili:
CHuqur burg‘ilash va UCHNM-
2D va -3D seysmorazvedka materiallarini kompleks tahlil qilish, chuqur quduqlar 
qazish, kon va maydonlar tuzilishi modelini aniqlash, sinash ob’ektlarini ajratish 
uchun ochilgan kesimni tahlil qilish, salbiy natijalar sababini o‘rganish va keyin 
bajariladigan ishlar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, geologik-razvedka 
ishlarining samarali yo‘nalishlarini tanlash va joylashtirish.
neft va gaz uyumi:
Turli tipdagi tutqichlarda neft va gazning to‘planishi, 
bunda uyumning o‘lchami va shakli ko‘p hollarda tutqichlar tarkib topgan 
jinslarning genetik tipi va rezervuarning parametrlari bilan aniqlanadi. 
neft va gaz konlari:
YAgona tektonik struktura bilan bog‘liq bo‘lgan va bir 
maydon chegarasida joylashgan neft va gaz uyumlarining majmui, ular bir uyumli 
va ko‘p uyumli bo‘lishi mumkin. 
konlar va uyumlarni izlash:
Neft va gazga istiqbolli maydonlarni aniqlash 
uchun bajariladigan GRI ning izlov etapini yakuniy bosqichi bo‘lib, bunday ishlar 


303 
chuqur burg‘ilashga geologik-geofizik metodlar bilan aniqlangan lokal strukturalar 
yoki «uyum» turidagi anomaliya (UTA) va boshqa turdagi tutqichlar mavjud 
bo‘lganda amalga oshiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə