O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “MA’mun universiteti” ntm “ijtimoiy-gumanitar fanlar” fakulteti



Yüklə 195,97 Kb.
səhifə2/13
tarix28.11.2023
ölçüsü195,97 Kb.
#133070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
USLUBIY KO\'RSATMA (2)

Taqrizchilar:




Raximov T.

– UrDU, “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri, PhD

Cho`ponov S.

– “Ma’mun universiteti” NTM, “Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi” kafedrasi dotsenti, PhD











KIRISH
Mamlakatimizda keyingi yillarda taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘yildi. Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, modernizatsiya, tarkibiy o‘zgarish va diversifikatsiya natijasida yangidan-yangi zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish quvvatlari, yangi energiya manbalari, turli xil infratuzilmalar, yo‘llar, transport vositalari ishga tushirilmoqda. Milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilishga kirishildi. Bu o‘zgarishlar va xalqimizning fidokorona mehnati natijasida yaratilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat turlari hajmi ko‘payib, sifati tubdan yaxshilanib borishiga, aholi daromadlari va turmush darajasining keskin o‘sishi, ularning ijtimoiy- iqtisodiy faolligi ertangi kunga bo‘lgan ishonchining tobora oshib borishiga olib kelmoqda.
Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida sodir bo‘layotgan qarama- qarshiliklarning kuchayib borishi, jahon bozorida vaziyatning tez o‘zgarayotgani dunyoning ko‘plab mamlakatlarida investitsion faollikning susayishi real iqtisodiyotda ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati susayishi ro‘y berib, jahon bozorida xarid talabining kamayishi davom etmoqda, ishsizlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda, ijtimoiy keskinlik kuchaymoqda. Mamlakatimiz va xorijiy davlatlar iqtisodiy sohalari faoliyatini, jumladan, xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyati va ushbu sohada olib borilayotgan so’nggi tadqiqot ishlarini nazariy va amaliy jihatdan bog‘liq holda mukammal o‘rganish uchun talabalar belgilangan kurs ishi mavzularini tanlaydilar. Ushbu tanlangan kurs ishi mavzulari bo‘yicha talabalar mahalliy va xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda, uni amaliyot bilan bog‘lab kurs ishini mustaqil tayyorlashlari zarur.
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishining yozilishi talabalarni ushbu fandan nazariy va amaliy jihatdan olgan bilimlarini kengroq, chuqurroq, mukammal o‘zlashtirishlari hamda ilmiy xulosa va tavsiyalar ishlab chiqarishi uchun ijobiy ta’sir etadi.



Yüklə 195,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə