O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “MA’mun universiteti” ntm “ijtimoiy-gumanitar fanlar” fakulteti



Yüklə 195,97 Kb.
səhifə8/13
tarix28.11.2023
ölçüsü195,97 Kb.
#133070
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
USLUBIY KO\'RSATMA (2)

Ball

Baho

Talabaning bilim darajasi

5

“A’lo”

- o‘rganilgan mavzu bo‘yicha mustaqil ilmiy xulosa va qaror qabul qilish;
- mavzu yuzasidan xorij tajribasini o‘rganishi;
- keltirilgan rasm va chizmalarni mustaqil tahlil qila olish;
- foydalanilgan me`yoriy hujjatlarni qiyosiy tahlil qilish;
- ijodiy fikrlay olish;
- kurs ishida me`yoriy – huquqiy hujjatlardan foydalanish;
- mustaqil mushohada yurita olish;
- olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;
- mohiyatini tushunish;
- bilish, aytib berish;
- tasavvurga ega bo‘lish
- kurs ishini to‘g‘ri rasmiylashtirish.

4

“Yaxshi”

- kurs ishida me`yoriy-huquqiy hujjatlardan foydalanish;
- ishda turli xil rasm va chizmalardan foydalanish;
- mustaqil mushohada yurita olish;
- olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;
- mohiyatini tushunish;
- bilish, aytib berish;
- tasavvurga ega bo‘lish
- kurs ishini to‘g‘ri rasmiylashtirish.

3

“Qoniqarli”

- mohiyatini tushunish;
- bilish, aytib berish;
- tasavvurga ega bo‘lish
- kurs ishini to‘g‘ri rasmiylashtirish.

2

“Qoniqarsiz”

- aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik;
- bilmaslik.

Kurs ishi bo‘yicha saralash baho 3 bahoni tashkil etadi.




V. KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Kurs ishining matni 210 x 297 mm o‘lchamdagi A-4 formatdagi yozuv qog‘ozining bir tomoniga, fanning ishchi o‘quv va ishchi o‘quv dasturlariga muvofiq, qo‘lyozma yoki elektron chop etilgan shaklda yozib tayyorlanadi. Qo‘lyozma shaklda bo‘lsa 35 – 40 betdan kam bo‘lmagan hajmda, kompyuterda tayyorlanib chop etilgan bo‘lsa 25 betdan kam bo‘lmasligi hamda Times New Roman tilida, 14 o‘lchamli shriftda, 1,5 intervalda yozilishi lozim. Har bir bet hoshiyasi yuqori va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm bo‘lishi, xatboshi besh-olti belgiga teng va bir xilda bo‘lishi lozim. Kurs ishining titul varag‘i va ilovalaridan tashqari barcha varaqlari raqamlanadi. Kurs ishi kirishining varaq raqami 3 raqamidan boshlanadi. Kurs ishining grafik, chizmalar qismi qo‘lda yoki maxsus dasturlar yordamida komputerda bajariladi.
Kurs ishini yozish davomida matnda darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya, gazeta va jurnaldan ko‘chirmalar keltirilganda, avvalambor jumla muallifining familiyasi, ismi, otasining ismi, kitob nomi, nashriyot nomi, nashr qilingan yili, foydalanilgan beti hoshiya sifatida keltirilishi lozim. Agar ma’lumotlar gazeta va jurnaldan olingan bo‘lsa, bunda ham avval muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi, maqola nomi, gazeta yoki jurnalning nomi, soni, yili (qachon nashr etilgani) ko‘rsatilishi lozim.
Kurs ishi uchun zarur bo‘lgan formula yoki rasmlar qaysi manbadan olinganligi aniq ko‘rsatiladi. Sarlavhalar simmetrik ravishda yoziladi. Sarlavha va matn orasidagi masofa 3-4 interval bo‘lishi lozim. Kurs ishida keltirilgan rasm, jadval hamda chizma (sxema)larning barchasi ketma-ket raqamlanadi. Rasm va jadvallarning rasmiylashtirish tartibi 5-ilovada keltirilgan.


  1. Yüklə 195,97 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə