O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “MA’mun universiteti” ntm “ijtimoiy-gumanitar fanlar” fakulteti



Yüklə 195,97 Kb.
səhifə6/13
tarix28.11.2023
ölçüsü195,97 Kb.
#133070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
USLUBIY KO\'RSATMA (2)

KURS ISHINING ASOSIY QISMI
Kurs ishining asosiy qismi butun ishning deyarli 80-90 foizini tashkil qiladi. Ushbu qismda tanlangan mavzu va unga tegishli savollar bo‘yicha ayrim olimlar, mutaxassislar fikriga baho berish, shuningdek, o‘z fikrini bayon etish va uni asoslash, o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish, me`yoriy hujjatlar bilan tanishish, o‘rganilayotgan kurs ishi subyektining ma’lumotlariga asoslanib mavzuga oid aniq tahliliy ishlarni bajarish asosiy vazifa bo‘lib hisoblanadi.
Ishning ushbu qismi 3 yoki 4 ta paragraf(reja)dan iborat bo‘lib, bunda asosan mavzuning mohiyati, uning nazariy va huquqiy asoslari, ushbu mavzuga doir amaldagi holat, asosiy ko‘rsatkichlar tahlili, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, mavzuda nazarda tutilgan masalalarni rivojlantirish yo‘nalishlari, takomillashtirish masalalari yoritiladi (3-ilova).
Kurs ishi mavzusiga oid ma’lumotlarni tahlil qilish asosida umumiy xulosalardan kelib chiqqan holda talaba o‘zining mustaqil, aniq tavsiyalari va takliflarini ishlab chiqishi hamda ularni iqtisodiy asoslash bo‘yicha o‘zining fikrlarini keltirib o‘tishi mumkin.
KURS ISHINING XULOSA QISMI:
Kurs ishning “Xulosa” qismida kurs ishi sifatida o‘rganib chiqilgan mavzuga oid xulosaviy fikrlar beriladi, mavzuda ko‘rsatilgan muammolarning yechimi, kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llari, mavzu yuzasidan qo‘llash mumkin bo‘lgan, mustaqil ishlab chiqilgan tavsiyalar va boshqa g‘oyalar asoslangan tartibda keltiriladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
Kurs ishida foydalanilgan manbalar - qonunlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, o‘quv va maxsus adabiyotlar, statistik to‘plamlar, ilmiy ishlar nomi to‘liq holda quyidagi ketma-ketlikda keltirilishi zarur:

  • Normativ-huquqiy hujjatlar:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari.

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari;

  • Darslik va o‘quv adabiyotlari;

  • Davriy nashrlar, statistik to‘plamlar va hisobotlar;

  • Internet saytlari.

O‘zbekiston Respublikasining bir xil darajadagi (hujjatni ishlab chiqaruvchi organ bir xil bo‘lganda) me’yoriy-huquqiy hujjatlar hujjat tasdiqlangan vaqt ketma-ketligida joylashtiriladi. Prezident asarlari ham xuddi shunday ketma-ketlikda, ya’ni chop etilgan muddatiga qarab joylashtiriladi. Ilmiy adabiyotlar ro‘yxatini tuzishda har bir adabiyot nomidan avval mualliflar familiyalari to‘liq, ismi va otasining ismining bosh harflari ko‘rsatiladi. Adabiyotlar ro‘yxatida har bir adabiyot muallifining familiyasi bo‘yicha alifbo tartibida joylashtiriladi. Shu bilan birga, adabiyotlar ro‘yxatiga kiritilgan darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya, jurnal, gazeta kabi manbalarning chop etilgan yili, qayerda chiqarilganligi va nashriyotining nomi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Har bir adabiyotni yozishda albatta o‘sha adabiyot qaysi tilda (o‘zbek, rus, ingliz yoki boshqa tillar) va qaysi yozuvda (lotin yoki kiril) chop etilgan bo‘lsa o‘sha tilda va yozuvda yozish lozim. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan yoziladigan kurs ishlari uchun namunaviy adabiyotlar ro‘yxati 4-ilovada keltirilgan.


ILOVALAR:
Agar talaba kurs ishida foydalangan asosiy va zarur me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda mavzuga bilvosita taaluqli bo‘lgan ayrim chizma va jadvallarni kurs ishiga kiritmoqchi bo‘lsa kurs ishining ilova qismiga kiritadi. Ilovalar soni chegaralanmagan va u ishning umumiy hajm me’yoriga ta’sir etmaydi.

Yüklə 195,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə