O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “MA’mun universiteti” ntm “ijtimoiy-gumanitar fanlar” fakulteti


I. KURS ISHIGA QO‘YILADIGAN UMUMIY TALABLAR



Yüklə 195,97 Kb.
səhifə3/13
tarix28.11.2023
ölçüsü195,97 Kb.
#133070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
USLUBIY KO\'RSATMA (2)

I. KURS ISHIGA QO‘YILADIGAN UMUMIY TALABLAR
Kurs ishi yozishning maqsad va vazifalari
“Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo‘yicha yoziladigan kurs ishi tanlangan mavzu bo‘yicha umumiy yaxlitlikka ega bo‘lgan nazariy, ilmiy va amaliy fikrlarni aks ettiruvchi ishdir. Kurs ishining talab darajasida bajarilishi va muvaffaqiyatli himoya qilinishi fanni har tomonlama kengroq va mukammal o‘zlashtirilishiga imkoniyat yaratish bilan bir qatorda, talaba uchun o‘z ustida mustaqil ishlashiga hamda ilmiy ish yo‘nalishida bajarilgan dastlabki qadam yoki pog‘ona bo‘lib hisoblanadi.
Kurs ishi yozishdan maqsad - talabalarning “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan olgan nazariy va amaliy bilim hamda ko‘nikmalarini kengroq, mukammal o‘zlashtirishlari uchun yordam berishdan iborat. Kurs ishi talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ilmiy izlanish bo‘lib, aniq mavzu bo‘yicha tayyorlanadi.
Kurs ishi talabaning ilmiy jihatdan yetukligi, fan bo‘yicha chuqur bilimga va amaliy ko‘nikmalarga egaligini namoyon qilishi zarur. Talaba kurs ishida o‘rganiladigan mavzuning nazariy jihatlarini, aniqlangan muammolarini, qo‘yilgan ilmiy va amaliy vazifalarini tahlil qilish hamda muammolarni hal etishni mantiqiy rejaga muvofiq amalga oshirishi talab etiladi.
Kurs ishi yozishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha mavjud iqtisodiy adabiyotlarni chuqur tahlil etish;

  • Kurs ishida talaba amaliyotga doir ma’lumotlarni muayyan tizimga keltirilgan holda rasmiylashtirish;

  • O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha talaba olgan nazariy va amaliy bilimlarini bir tizimga solish hamda ularni mustahkamlash;

  • Talaba iqtisodiy yo‘nalishning aniq bir sohasi bo‘yicha olgan bilimlarini yanada chuqurroq o‘zlashtirish va kengaytirish;

  • Talabani nazariy jihatdan ilmiy xulosa qilish va mustaqil fikrlashga o‘rgatish;

  • Iqtisodiy sohalar bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish;

  • Fanga taaluqli bo‘lgan me’yoriy-huquqiy bazani o‘rganish;

  • Talabani amaliy hisobot materiallarni ilmiy jihatdan asoslab va ular to‘g‘risida mustaqil xulosaviy fikrlashga o‘rgatish;

  • Talabani nazariy, amaliy va ilmiy yo‘nalishda olgan bilimlarini umumlashtirgan holda mustaqil g‘oya hamda takliflarni ishlab chiqishga jalb etish;

  • Talabani tanlagan mavzu bo‘yicha yakuniy xulosaga kelish, taklif va tavsiyalarini asoslab berishga o‘rgatish va boshqalar.


Yüklə 195,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə