O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “MA’mun universiteti” ntm “ijtimoiy-gumanitar fanlar” fakulteti


III. KURS ISHIGA RAHBARLIK QILISH VA TAQRIZ BERISH



Yüklə 195,97 Kb.
səhifə7/13
tarix28.11.2023
ölçüsü195,97 Kb.
#133070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
USLUBIY KO\'RSATMA (2)

III. KURS ISHIGA RAHBARLIK QILISH VA TAQRIZ BERISH
Kurs ishi ta’lim muassasasining tegishli hujjati bilan tasdiqlangan professor-o‘qituvchilar rahbarligida bajariladi. Ilmiy rahbarlarni tayinlash professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Kurs ishini yozishdan avval talaba mavzu bo‘yicha tegishli adabiyotlarni yig‘ib kurs ishi rejasini tuzadi va ilmiy rahbarga tasdiqlatib oladi. Ilmiy rahbar talabaga kurs ishini yozish davomida maslahat berib boradi, qanday yangi adabiyotlardan foydalanishi mumkinligi, rejalarda qanday ma’lumotlarni kiritishi lozimligi bo‘yicha tavsiyalar qiladi.
Kurs ishi belgilangan tartibda tayyorlangandan so‘ng, talaba ishni ta’lim muassasasi tomonidan ko‘rsatilgan muddatlardan kechikmagan holda kafedradan ro‘yxatdan o‘tkazishi va ilmiy rahbarga topshirishi shart.
Tayyor bo‘lgan kurs ishiga ilmiy rahbar tomonidan 2-5 ish kuni ichida taqriz yoziladi. Kurs ishi himoyasini tashkil etish uchun kamida uchta professor-o‘qituvchidan iborat komissiya tarkibi kafedra mudiri tomonidan tuziladi.
Taqriz olingandan so‘ng, kurs ishi himoyaga tavsiya etilgan bo‘lsa, talaba kurs ishi himoyasi bo‘yicha komissiya a’zolari oldida kurs ishi mavzusini og‘zaki himoya qiladi. Agar kurs ishiga ilmiy rahbar tomonidan himoyaga tavsiya etilmagan taqriz berilsa, talaba tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklar tegishli muddatda bartaraf etilib va to‘ldirilib qayta ijobiy taqriz olish uchun ilmiy rahbarga ro‘yxatdan o‘tkazilib topshiriladi va ijobiy taqriz olingach kurs ishini himoya qilishga ruxsat beriladi.
IV. KURS ISHI BO‘YICHA BAHOLASH MEZONLARI
Talabalarning bilim saviyasi, amaliy ko‘nikma va malakalari natijalari nazorat qilishning kredit tizimi asosida, kurs ishi bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi baho orqali ifodalanadi.
Iqtisodiy fanlardan kurs ishi bo‘yicha talabalarning bilimlarini baholashda quyidagi namunaviy mezonlarni inobatga olish maqsadga muvofiq.


Yüklə 195,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə