O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “MA’mun universiteti” ntm “ijtimoiy-gumanitar fanlar” fakulteti



Yüklə 195,97 Kb.
səhifə5/13
tarix28.11.2023
ölçüsü195,97 Kb.
#133070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
USLUBIY KO\'RSATMA (2)

Kurs ishining obyekti sifatida mamlakat yoki korxonalarning qaysi sohasi yoxud qanday ko‘rsatkichlari o‘rganilayotganligi bayon etiladi.
Kurs ishining maqsadida kurs ishini yozish natijasida talaba qanday natijaga erishishni ko`zlaganligi yoritilishi lozim.
Kurs ishining vazifalariga esa talaba o‘z maqsadiga erishish uchun nimalar qilmoqchi, ya’ni tanlagan mavzusi bo‘yicha yozayotgan kurs ishida nimalarni kengroq yoritmoqchiligi yoziladi.
NA’MUNA
Misol uchun “Soliqlarning davlat budjeti daromadlari tarkibida tutgan o‘rni” mavzusidagi kurs ishining kirish qismini quyidagicha ifodalash mumkin.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Mamlakatimiz budjetining 90%dan ortig‘i soliqlar evaziga shakllanadi. Biroq ayrim soliq turlarini budjetga kelib tushishida ayrim qiyinchiliklar hamda munozarali vaziyatlar mavjud. Bunday muammolarni hal etish ushbu sohani mukammal o‘rganishni taqozo etadi va bu kurs ishi mavzusining dolzarbligini bildiradi.
Kurs ishining ob’yekti bo‘lib biror mamlakat yoki viloyat (shahar, tuman) budjeti hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi soliq to‘lovlarini samarali hisoblash va uni undirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqarishdan iborat.
Kurs ishining maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar bajarilishi rejalashtirilgan:

  • Soliqlarning davlat(mahalliy) budjetida tutgan o‘rnini nazariy jixatdan yoritish;

  • Davlat (mahalliy) budjeti daromadlari tarkibida yetakchi o‘rinni egallagan soliq turlari va ularni hisoblash tartibi bilan tanishish;

  • Davlat(mahalliy) budjet daromadlarini shakllanishidagi soliqlarning ulushini yillar hamda soliq turlari bo‘yicha qiyosiy tahlil qilish;

  • Soliq hisoblash va ularni budjetga to‘lovi bo‘yicha muammolarni o‘rganish, tahlil qilish va ilmiy xulosa chiqarish;

  • Soliqlarni hisoblash hamda ularning undirilishini samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va boshqalar.


Yüklə 195,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə