O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə101/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Aybsizlik prezumsiyasi tamoyili. “Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda oshkora ko`rib chiqib, uning aybi aniqlamaguncha, u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o`zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlab beriladi”10. “Jinoyat sodir etishda ayblanayotgan har bir kishi uning aybdorligi unga o`zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta'minlanadigan sudda oshkora ko`rib chiqish yo`li bilan qonuniy tartibda belgilanmagunigacha aybdor emas deb hisoblanishi huquqiga ega” dir.
Ushbu tamoyil faqat ishlarni jinoyat sudida ko`rib chiqish asosida amal qiladi, aybsizlik prezumsiyasi inson huquqlari sohasidagi nufuzli xalqaro hujjatlar: inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (11-modda). Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risidagi xalkaro pakt (14-modda). Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to`g`risidagi Yevropa Konvensiyasi (6-modda 2-qism) qoidalariga muvofiq keladi. Odil sudlovni amalga oshirishning ushbu Konstitutsiyaviy tamoyili ayblanuvchining nafaqat jinoyat protsessidagi shu bilan birga, u subyekt sifatida qatnashadigan barcha ijtimoiy munosabatlaridagi huquqiy maqomini belgilaydi. Hatto, ayblanuvchi hibsda saqlanayotgan bo`lsa, sud hukmi qonuniy kuchga kirgunga qadar uning mehnatga oid, ommaviy va boshqa huquqlari hamda erkinliklari saklanib koladi.
Umuman olganda, ushbu Konstitutsiyaviy me'yor bevosita amal kiladigan me'yor bo`lib, sudning qonuni kuchga kirgan ayblov hukmi bo`lmagan taqdirda har qanday shaxs bilan aybdor bilan muomala qilgandek muomalada bo`lishini ta'qiqlaydi. Biroq ushbu ayblanuvchi (gumon qilinuvchi) jinoyat sodir qilganligi to`g`risida asosli gumon mavjud bo`lganida, bunday shaxsning ayrim huquqlari (masalan, erkin yurish, yozishmalar, pochta va telegraf, habarnomalarini olish va yuborish huquqlari) qonunda nazarda tutilgan tartibda cheklanishi mumkin. Qonuniy kuchga kirgan oqlov hukmi aybsizlik prezumsiyasi tamoyiliga muvofiqligining aybsiz, deb e'lon qilinishini bildiradi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 113-moddasiga ko`ra, barcha sudlarda ishlar ochiq ko`riladi. Ishlarni ochiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yo`l qo`yiladi. “Har bir kishi har qanday jinoiy ayblovni, unga qo`yilayotgan jinoiy ayblovni ko`rib chiqishda yoki qandaydir fuqarolik jarayonida uning huquqlari va majburiyatlarini belgilashda ishning qonun asosida tashkil etilgan vakolatli, mustaqil va holisi sud tomonidan adolatli va oshkora tartibda ko`rib chiqish huquqiga ega” dir.
“Sudlar to`g`risida”gi qonunning 7-moddasi sudlov ishlarini yuritishning oshkoralik tamoyilini nazarda tutadi. Ushbu modda mazmunida shunday xulosa kelib chiqadiki, «oshkoralik» tamoyili «sudda ishlarning ochiq ko`rishi» atamasining sinonimi sifatida ishlatiladi. Bu tamoyil, shuningdek FPKning 10-moddasi, XPKning 8-moddasi va JPKning 19-moddasi bilan ham tartibga solinadi.
Uning mohiyati shundan iboratki, u yoki bu sud ishi bo`yicha protsess ishtirokchisi bo`lmagan fuqarolarning ham ishining ko`rib chiqishida, sud muhokamasi paytida ishtirok etish imkoniyati ta'minlanadi. Bu sud faoliyatining yaxshilanishiga ko`maklashadi, uni vujudga keltiradigan masalalarning hal etilishiga ko`proq ma'suliyat bilan yondashishga majbur qiladi, fuqarolarni qonuniylikni mustahkamlash ruhida tarbiyalashga ta'sir ko`rsatadi, tevarak atrofdagilar uchun profilaktik ahamiyat kasb etadi va shu tariqa, jamoatchilikning odil sudlov ustidan nazorat yuritishning o`ziga xos shakli hisoblanadi.
Sud ishlarini yuritish tili tamoyili. 1966 yilgi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risidagi xalqaro paktning 14-moddasi 3-qismiga ko`ra, “Har bir kishi unga qo`yilgan har qanday jinoiy ayblovning ko`rib chiqilishida, agar u sud jarayonida qo`llanilayotgan tilni tushunmasa yoki bu tilda so`zlamasa, bepul tarjimon xizmatidan foydalanish huquqiga egadir”.
“O`zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o`zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joyidagi ko`pchilik aholi so`zlashadigan tilda olib boriladi. Sud ishlarini olib borayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to`la tanishishi va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so`zlash huquqi ta'minlanadi”.11
Sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon xizmatidan foydalanish imkoniyati kafolatlanadi. Tarjimon esa o`z navbatida, ishning ko`rib chiqilishida o`z vazifalarini aniq va to`liq amalga oshirishga majbur. Bunday majburiyatning bajarilmasligi jinoiy javobgarlikka tortishga ham sabab bo`lishi mumkin. Tarjimonning ayblanuvchiga (gumon qilinuvchi, sudlanuvchiga) ko`rsatiladigan xizmatlari har doim ham bepul bo`ladi.
Huquqiy muhofaza qilish organlarining mansabdor shaxslari protsess ishtirokchilariga ularning huquqlarini va jumladan, tarjimon xizmatlaridan foydalanish o`zining ona tilida so`zlash, bayon etish huquqi borligini tushuntirishlari shart. Tergov va sud hujjatlari ham bunday shaxslarga ular tushunadigan tilga tarjima qilingan holda topshiriladi. Bundan tashqari sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxsga dastlabki tergovda va ishning sudda ko`rib chiqilishida majburiy tartibda himoyachining ishtirok etishi ta'minlanadi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining himoyalanish huquqi bilan ta'minlanishi tamoyili: “Ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta'minlanadi. Tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat ko`rsatadi. Advokaturani tashkil etish va uning ish tartibi qonun bilan belgilanadi”12.
Har bir kishi unga qo`yilayotgan har qanday jinoiy ayblovni ko`rib chiqishda o`zi tanlagan himoyachi ishtirokida sudlanish va o`zini shaxsan yoki o`zi tanlagan himoyachi orqali himoya qilish, mabodo u himoyachiga ega bo`lmasa, u bunday huquqqa ega ekanligi haqida habardor qilinishi va odil sudlov manfaatlari talab qilgan hollarda uning uchun himoyachi xizmatlariga pul to`lash imkoniyati bo`lmaganida har qanday holda bepul tartibda tayinlangan himoyachiga ega bo`lish huquqiga egadir
Bu tamoyil Konstitutsiyaning 116-moddasidan tashqari «Sudlar to`g`risida»gi qonunning 10-moddasi va JPKning 20-moddasida ham mustahkamlab qo`yilgan. Ushbu me'yorlar jinoiy javobgarlikka tortilayotgan shaxslarda himoyalanish huquqi borligini nafaqat e'lon qiladi, balki ayni bir vaqtda, bu huquqning kafolatlanganligini ham alohida ta'kidlaydi. O`zbekiston Respublikasida Sudlar ushbu tamoyillarga asoslangan holda ish yuritib qonunga itoatkorlik ruhida faoliyat ko`rsatadilar.
3. O`zbekistonda sudyalarning konstitutsiyaviy –huquqiy maqomi
Sudyalarning huquqiy holati, ularning huquq va majburiyatlari, saylanish tartibi, tayinlanishi va lavozimini egallashi, ular mustaqilligining kafolatlari, shuningdek ularning moddiy va ijtimoiy ta'minoti Konstitutsiyasi va “Sudlar to`g`risida”gi qonun normalarida belgilab qo`yilgan. O`zbekiston Respublikasi “Sudlar to`g`risida” gi qonunning 61-moddasiga ko`ra, sudyalar oldiga bir qancha talablar qo`yiladi. Bularga:
Yigirma besh yoshdan kichik bo`lmagan, oliy yuridik ma'lumotga, yuridik ixtisos bo`yicha kamida uch yillik mehnat stajiga ega bo`lgan hamda malaka imtihonini topshirgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi tumanlararo, tuman (shahar) sudi, xo`jalik sudi sudyasi bo`lishi mumkin. Oliy yuridik ma'lumotga hamda yuridik ixtisos bo`yicha kamida besh yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya bo`lib kamida ikki yillik mehnat stajiga ega bo`lgan va malaka imtihonini topshirgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi, O`zbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyasi bo`lishi mumkin.
Oliy yuridik ma'lumotga hamda yuridik ixtisos bo`yicha kamida yetti yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya bo`lib kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo`lgan va malaka imtihonini topshirgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo`jalik sudi sudyasi bo`lishi mumkin. Haqiqiy harbiy xizmatni o`tayotgan, ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy unvonga ega bo`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi harbiy sud sudyasi bo`lishi mumkin.
Yigirma besh yoshdan kichik bo`lmagan, fuqarolarning yashash yoki ish joyidagi yig`ilishlarida ochiq ovoz berish yo`li bilan ikki yarim yil muddatga saylangan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi xalq maslahatchisi bo`lib, sudlarda ishtirok etishlari mumkin.
Haqiqiy harbiy xizmatni o`tayotgan, saylov kunida o`n sakkiz yoshga to`lgan, harbiy qismlar harbiy xizmatchilarining yig`ilishlarida ochiq ovoz berish yo`li bilan bir yarim yil muddatga saylangan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi harbiy sud xalq maslahatchisi bo`lishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo`jalik sudi sudyalari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimnomasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi sudyalari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisining O`zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan saylanadi yoki tayinlanadi.
Viloyat sudlari, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari sudyalari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo`yicha oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan, xo`jalik sudlari sudyalari esa O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Harbiy sudlar sudyalari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo`yicha oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Sudyalar besh yil muddatga saylanadi yoki tayinlanadi.
Konstitutsiya va qonun sudyalarga asosiy talablardan tashqari, qator qo`shimcha talablar ham o`rnatilganligini ta'kidlash lozim:
-sudyalar hokimiyat vakillik organlarining deputatlari bo`lishi mumkin emas;
-sudyalar siyosiy partiyalar va harakatlarning a'zosi bo`lishi mumkin emas;
-sudyalar ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to`lanadigan boshqa biron-bir faoliyat turlari bilan shug`ullanishi mumkin emas;
O`zbekiston Respublikasi “Sudlar to`g`risida”gi qonunning 65-moddasiga ko`ra sudyalar quyidagi huquqlardan foydalanadilar:

  •  mansabdor shaxslar va fuqarolardan odil sudlovni amalga oshirish bilan bog`liq bo`lgan o`z farmoyishlarining bajarilishini talab qilish;

  •  mansabdor va boshqa shaxslardan odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan axborot olish;

  •  uyushmalarga birlashish huquqiga ega.

  •  Sudyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo`lishi mumkin.

Sudyalar fuqarolik, xo`jalik va jinoyat ishlarini, ma'muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlarni ko`rish chog`ida O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va boshqa qonunlariga so`zsiz rioya qilishlari, fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha'ni, qadr-qimmati va mol-mulki, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini ta'minlashlari, beg`araz va adolatli bo`lishlari shart.
Sudyalar sudyalarning maslahat sirini hamda yopiq sud majlislari o`tkazish chog`ida olingan ma'lumotlarni oshkor qilishga haqli emas. Sudyalar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputatlari bo`lishi mumkin emas.
“Sudlar to`g`risida”gi qonunning 70-moddasiga ko`ra , sudyalar o`z faoliyatlarida daxlsizlik huquqlaridan foydalanadilar.
Sudyaning shaxsi daxlsiz. Sudyaning daxlsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan transporti va aloqa vositalariga, xat-xabarlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga taalluqlidir.
Sudyalarning shaxsiy xavfsizligini ta'minlash maqsadlarida ularga tegishincha O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy xo`jalik sudi raisi, adliya vaziri tomonidan belgilanadigan ro`yxat bo`yicha o`qotar qurol beriladi. Zarur hollarda tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratadi.
Sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo`zg`atilishi mumkin.
Sudya tegishincha O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining yoki O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi mumkin emas.
Sudya sudyalarning tegishli malaka hay'atining roziligisiz ma'muriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Sudyaning turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan transportiga kirish, ularni ko`zdan kechirish, ularda tintuv o`tkazish yoki ulardan ashyoni olish, telefondagi so`zlashuvlarini eshitish, sudyani shaxsan ko`zdan kechirish va uni shaxsiy tintuv qilish, shuningdek uning xat-xabarlarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni ko`zdan kechirish, olib qo`yish yoki olishga faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi prokurorining, viloyat, Toshkent shahar prokurorining, O`zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining ruxsati yoki sudning qarori bilan yo`l qo`yiladi.
Tumanlararo, tuman (shahar) sudi, okrug va hududiy harbiy sud sudyasiga nisbatan jinoyat ishi yuqori turuvchi sud sudloviga, boshqa sudlar sudyalariga nisbatan esa O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishlidir.
Sudda o`z vazifalarini bajarayotgan davrda xalq maslahatchilariga sudyalar daxlsizligining barcha kafolatlari tatbiq etiladi.
“Sudlar to`g`risida”gi qonunning 71-moddasiga muvofiq, sudyalarning vakolatlari quyidagi hollarda to`xtatilishi mumkin:

  •  Sudya jinoiy javobgarlikka tortilgan bo`lsa;

  •  sudya o`z lavozimiga zid faoliyat bilan shug`ullanayotgan bo`lsa;

  •  sudya tibbiy yo`sindagi majburlov choralariga tortilgan yoki sud qarori bilan uning muomala layoqati cheklangan bo`lsa;

  •  sudya sud qarori bilan bedarak yo`qolgan deb topilgan bo`lsa.

  •  Sudyaning vakolatlari bu vakolatlarni to`xtatishga sabab bo`lgan asoslar bekor bo`lgunga qadar to`xtatiladi.

Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga baho berish maqsadida sudyalarning malaka hay'atlari vaqti-vaqti bilan sudyalarning malaka attestatsiyalarini o`tkazib turadi.Sudyalarga har yili o`ttiz olti ish kunidan iborat haq to`lanadigan ta'til beriladi,shu bilan birga sudyalarning hayoti va sog`lig`i davlatning maxsus muhofazasida bo`ladi hamda respublika budjeti mablag`lari hisobidan davlat tomonidan majburiy tartibda sug`urta qilinadi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə