O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Davlat organlari tizimida prokuraturaning o`rni



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə103/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

1. Davlat organlari tizimida prokuraturaning o`rni
2. O`zbekiston Respublikasi Prokuratura organlarininng asosiy yo`nalishlari va prinsiplari
3. O`zbekiston Respublikasi Prokuratura organlarining tizimi
4. Prokuror nazorati hujjatlari
1. Davlat organlari tizimida prokuraturaning o`rni
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “qonunning ustuvorligi huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qat'iyan hukumronligini nazarda tutadi. Hech bir davlat organi, hech bir xo`jalik yurituvchi va ijtimoiy siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, hech bir kishi qonunga bo`ysunish majburiyatidan xolos bo`lishi mumkin emas, qonun oldida hamma barobardir” deb ta'kidlagan edi.76[69] Jamiyatni demokratik rivojlantirishni strategik maqsad va vazifalariga mos keluvchi huquqni muhofaza etuvchi idoralardan biri prokuratura zimmasiga yuklatilgan.
Prokuratura konstitutsiyaviy huquqning muhim instituti bo`lib, u faoliyatini qonunning ustunligini har tomonlama qaror toptirishga, huquq tartibotni mustahkamlashga, O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan, oliy qadriyat darajasida ko`tarilgan inson va fuqarolarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy shaxsiy huquqlari hamda erkinliklarini, shuningdek davlat mustaqilligini, ijtimoiy davlat tuzumini, siyosiy va iqtisodiy tizimlarni, milliy guruhlar va hududiy tuzilmalarning huquqlarini g`ayriqonuniy tajovuzlardan muhofaza qilishni ta'minlashga qaratilgandir.
“Prokuratura” so`zi lotin tilidan olingan bo`lib, “yordamlashaman”, “ko`maklashaman” ma'nosini bildiradi.2
Prokuratura tushunchasi va mohiyatiga aniqlik kiritishda prokuratura faoliyati xususiyati, prokuratura tizimining davlat mexanizimlarida tutgan o`rni, shuningdek vazifalaridan kelib chiqish kerak. Prokuratura o`z vakolati doirasida davlat funksiyalarini amalga oshirishda, davlat amaliyotining mustaqil tarmog`ini tashkil etuvchi qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi va qonunchilik va huquq tartibotni ta'minlashda ishtirok etadigan huquqni muhofaza etadigan organdir.
O`zbekiston Respublikasining prokuratura organlarining konstitutsiyaviy huquqning muhim instituti sifatida shunda ko`rishimiz mumkinki, uni konstitutsion norma bilan alohida mustahkamlanganligidir. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXIV MAVZUi prokuraturaga ajratilgan bo`lib, bu MAVZU o`z ichiga 118, 119, 120, 121- moddalarni qamrab oladi.
Konstitutsiyaning 118- moddasida “O`zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo`ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi” deyilgan. Bu konstitutsion normaga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi prokuraturasi, Bosh prokuror rahbarlik qiladigan prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimiga egadir. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlari o`z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo`ysunib amalga oshiradilar. Prokurorlar o`z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko`zlovchi boshqa jamoat birlashmalariga a'zolikni to`xtatib turadilar.

Fransiyada prokuratura organlari sud organlari tizimiga kiradi, AQShda esa prokuratura Adliya vazirligi qoshida tashkil etilgan,






Prokuratura organlarining asosiy vazifalari bo`lib quyidagilar hisoblanadi: O`zbekiston Respublikasi xududida qonun ustunligini ta'minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini, konstitutsiyaviy tuzumni ximoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasidan iboratdir.
Prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asoslari bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O`zbekiston Respublikasi «Prokuratura to`g`risida»gi qonuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Xukumat qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining amaldagi buyruqlari, ko`rsatmalari, nizom va yo`riqnomalari va boshqa qonun va qonun osti hujjatlari bilan belgilangan.
Prezident I.A.Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq oltinchi sesiyasidagi ma'ruzasida shuni alohida ta'kidlaganki, jinoyat va jinoyat protsessual kodekslariga kiritilayotgan qo`shimcha va o`zgartirishlar jinoiy ishlarga taalluqli qonunlarni erkinlashtirish va demokratlashtirish sari tashlangan muhim va ma'suliyatli qadamdir. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov «Prokuratura to`g`risida» gi qonun loyihasini talabchanlik va sinchkovlik bilan, prinsipial nuqtai nazardan ko`rib chiqish g`oyat muhim. Prokuratura qonunni uning talablarini qat'iy himoya qiluvchi idora hisoblanadi. U huquqiy islohatlarni o`tkazishda, huquqiy davlat, demokratik jamiyat qurish ishida hal qiluvchi o`rin tutadi.3 deb ta'kidlagan edilar.
Yangi tahrirdagi prokuratura to`g`risidagi qonunda, prokuraturaning butun faoliyati jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlashga yo`naltirilgan, qonun buzilishlarini tezkor ravishda bartaraf etadigan, qonunchilik va huquq tartibotni mustahkamlash borasidagi jamiyat talablari qondirilishiga javob beradigan prokuratura organlari davlatimiz va jamiyatimizga kerak ekanligi isbotlandi.
Ma'lumki 2004 yil 11 martda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq xo`jaligida islohatlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunlar ijrosini ta'minlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida» gi farmoni chiqdi. Bu farmonga ko`ra, qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishga qaratilgan qonunlar va ular asosida qabul qilingan me'yoriy hujjatlarning og`ishmay ijro etilishini ta'minlash, shuningdek xo`jalik yurituvchi subyektlar hamda davlat manfaatlarini himoya qilish borasida prokuratura organlari faoliyatini kuchaytirildi.
Prokuratura davlat torganlari tizimida muhim o`rin tutadi. Konstitutsiyaning 83-moddasiga muvofiq, Respublika Bosh prokurori qonunchilik tashabbusiga ega. Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida ishtirok etish huquqiga ega.
Prokuratura organlarini moliyalashtirish va moddiy-texnika ta'minoti respublika budjeti mablag`lari hisobidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Prokuratura organlari xodimlari «Prokuratura to`g`risida»gi qonunga ko`ra daxlsizlik huquqidan foydalanadilar.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə